31 Jul 2026, 15:14 UTC266 views4 reactionsread 6 August 2026 Hamma kitoblarni ham o'qib, nimadir o'rganmasligimiz tabiiy hol.
Bir kitob boshidan yoqmadimi yoki foydali narsa o'rganolmaymanmi, shartta o'qishni to'xtataman.
O'qib, vaqtimga achingan kitoblarim ko'p. Ayniqsa, zamonaviy turk adabiyoti.
Instagramda savol bilan yangi video joyladim. O'qib, vaqtingizga achingan kitobingiz qaysi, deb.
Siz ham videoga izoh qoldiring, toki boshqa kitobsevarlar ham o'sha kitobni o'qib…
❤2🔥2
19 Jul 2026, 20:07 UTC625 views22 reactionsread 6 August 2026 O'smirlik vaqtimda adabiyot jinnisi edim. Besh yildan beri hech narsa yozolmayman.
Farzand kutayotgan, lekin homilador bo'lolmayotgan ayoldek his qilaman o'zimni. Xunuk o'xshatish bo'ldi, O'zi asrasin.
Yozishni xohlayman, ammo qaniydi ikki qator jumla yozolsam.
Qalbga ilhom kelmasa ham qiyin.
@gullayotganyurak
💔15❤4❤🔥3
19 Jul 2026, 20:03 UTC560 views8 reactionsread 6 August 2026 SADOQAT
Sog'inch
(Zulfiya tilidan)
Navqiron, gullagan yoshlik chog'imda
Ochilding qalbimda bamisoli gul.
Ko'zlaring ko'zimga to'qnash kelgan payt
Men butun dunyoni unutdim butkul.
She'rim nihol bo'lsa, bo'larding bog'bon
Nazm-la band bo'lar edi hayolim.
Ohori to'kilmas satrlaringda
Aks etib turardi sevgim, jamolim.
She'ring jarangidan uyg'onib har tong
Qalbimda yonardi misli olov, cho'g'.
Kutaman.....
Tong sahar us…
❤🔥6❤2
19 Jul 2026, 20:02 UTC401 views11 reactionsread 6 August 2026 EHTIYOTKOR BALIQLAR
Komil so'rar: - Baliqlar
Nega chiqmaydi suvdan?
Cho'kib ketadi axir,
Hovuz chuqur-ku juda.
- Ular suvning ostida,
Ehtiyot bo'lib yashar.
Yomg'ir yog'sa ustimiz
Ho'l bo'lmasin deyishar.
Iroda Xolbekova
@gullayotganyurak
🔥6❤5
19 Jul 2026, 19:58 UTC406 views12 reactionsread 6 August 2026 ATIR
Mittigina Donoxon
Savol berar Azimga.
- Nega dadangning atrin
Sepib tushding rasmga?
- Bilasan-ku, dadamning
Juda ham nozik didi.
Rasmdan ham atirning
Kelib tursinda hidi.
✍️Iroda Xolbekova
@gullayotganyurak
🔥8❤4
19 Jul 2026, 19:57 UTC380 views10 reactionsread 6 August 2026 Uyga vazifa
- Har kuni darslarimni qilib bersang, seni "sevgilim" deb chaqiraman, - deganding dab-durustdan. Yo'q, desam ham baribir "seni sevib qoldim", deya injiqlik qilib turaverding. Hozir butun umrlik darsingni tayyorlab bersam ham buning foydasi yo'q. Baxtli boʻl!
©Iroda Xolbekova
@gullayotganyurak
💔6❤4
19 Jul 2026, 19:57 UTC347 views8 reactionsread 6 August 2026 Mening dadam...
- Dadamning kasbi - ota, - deya javob berdi u. Qizaloqning "dadam o'lgan", deyishga tili bormadi. Dugonasi: - Mening dadam katta korxonada direktor. Seniki-chi? - deya qaltis savol bergandi.
©Iroda Xolbekova
@gullayotganyurak
💔5❤3
10 Jul 2026, 19:27 UTC840 views26 reactionsread 6 August 2026 Ulg'ayib, katta bo'lib, maydalashib ketdim. Kattalar rostdan ham g'alati xalq ekan.
Avval kitoblardagi qahramonlarning hislari haqida o'ylardim. Har bir personajning hissini yashab, his qilib ko'rishga harakat qilardim. Mandayam shu holat bo'lib qolsa o'zimni qanday his qilarkanman, degan fikr miyamda aylanardi.
Hozir bu kiyimimni kecha kiygandim, sal g'ijim bo'libdi, anov g'alati qaramayaptimiiiii.
Avval Interste…
💯15❤9❤🔥2
10 Jul 2026, 19:20 UTC640 views9 reactionsread 6 August 2026 File
Interstellar kinosini birinchi marta ko'rganimdagi hisni o'sha birinchi martadek yana qayta his qilish qiyin...
@gullayotganyurak
🔥5❤2💅2
10 Jul 2026, 19:16 UTC618 views15 reactionsread 6 August 2026 Kechasi soat 12 dan keyin miyamga keladigan o'ylar:
- Balki piramidalarni rostdan ham odamlar qurmagandir?
- Quyosh rostanam 1,2 mlnta Yerni o'ziga sig'diroladimi?
- Bermud uchburchagiga tushib etsa chiqib ketishni rostan iloji yo'qmi?
- Qora tuynuklar balki o'tish yo'lagidir.
Qiziq....
@gullayotganyurak
🔥10❤5
7 Jul 2026, 13:27 UTC704 views18 reactionsread 6 August 2026 Avvalgi o'zini alohida olami bor Irodani sog'inaman.
Meni avvaldan kuzatadiganlar biladi: har xil mavzuda kitoblar o'qirdim, ingliz, rus tillarida maqolalar o'qib tahlil qilardim, badiiy tarjimalar qilardim, she'r, hikoya, maqolalar yozardim. O'zimcha ilmiy ishlar boshlab ko'rganman maktab paytimda. Zerikib qolsam sovundan gullar yasab o'tirardim. Qiziq kinolar ko'rardim, multfilm ko'rib yig'lab o'tirardim. Teatrlar…
❤11💔4❤🔥3
7 Jul 2026, 13:11 UTC618 views3 reactionsread 6 August 2026 Photo
Shu kitoblarni izlayapman. Kimda elektron varianti bo'lsa yoki qayerda sotilishini bilsangiz, topishvorsez xursand bo'lardim.
❤3
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @gullayotganyurak. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.