8 Aug 2026, 06:11 UTC112 views26 reactionsread 9 August 2026 Photo
Mudom shu dardlarga mahkum etilgan,
Yagona bir inson men bo‘lsam kerak.
Peshonamga baxtmas, dard deb yozilgan,
Eng so‘nggi armonim sen bo‘lsang kerak.
Mudom shu hasratda ishq deya yongan,
Devona-yu telbang men bo‘lsam kerak.
Ishq-u muhabbatga beparvo bo‘lgan,
Sevishni unutgan sen bo‘lsang kerak.
Mudom muhabbat deb satrlar bitgan,
Sog‘inchini yozgan men bo‘lsam kerak.
Men emas, o‘zga bir parisin kutgan,
Yuragim xato…
custom 536191595920650033110custom 53619302872174040588custom 53774646470561180548
6 Aug 2026, 10:33 UTC149 views23 reactionsread 9 August 2026 Photo
Ehtimol tark etgan bizni muhabbat
Shunchaki u endi o'tmishda qolgan.
Eshigimiz qoqib kelganda hasrat,
Taqdir vido kuyin baralla cholgan.
Ehtimol tark etgan bizni muhabbat,
Ayrilmoqlik uchun sevgandik go'yo.
Balki bu biz uchun bo'lgandir hikmat,
Shirin hayolotlar shunchaki ro'yo...
Ehtimol tark etgan bizni muhabbat,
Zarracha qilmasdan bizlarga shafqat...
©Mohira
custom 537746464705611805411custom 53619159592065003316custom 53619302872174040586
5 Aug 2026, 06:58 UTC174 views27 reactionsread 9 August 2026 Photo
Begona ko'zlarga nigoh tashlamay,
Pok qalbim sen uchun asraganimda,
Taqdir peshonamga nomingni bitmay,
Bir umr kutganim sen bo'lmasang-chi?
Gap-so'zlarga kulib, parvo ham qilmay,
Isming o'zgalardan qizg'onganimda.
Birga bo'lish baxti nasib aylamay,
Bir umr kutganim sen bo'lmasang-chi?
Senla hayollarim ro'yo bo'lsayu...
She'rlarim sohibi sen bo'lmasang-chi?
©Mohira
custom 537746464705611805412custom 53619302872174040588custom 53619159592065003317
4 Aug 2026, 18:16 UTC202 views26 reactions1 Starread 9 August 2026 Photo
Nigohing sovibdi bu nedan darak,
Nechun visolimga oshiqmay qo'yding?
Yoki dunyoyingni qildingmi bo'lak,
Maktublar yozishni to'xtatib qo'yding?
Esingdami,ikkimiz qilgan orzular,
U paytlar butkul o'zgacha eding.
Nahot yakun topdi bizning bahorlar,
So'ngida eng yaqin begona bo'lding.
Qaysi janonalar ko'nglingni oldi,
Ayt,qanday yurakni makon aylading?
To'g'risi,sevging ham ko'nglimdan qoldi,
Mening sof ishqimdan manfa…
custom 536193028721740405813custom 53774646470561180548custom 53619159592065003315
3 Aug 2026, 13:41 UTC212 views24 reactionsread 9 August 2026 Photo
Yolgʻiz qolgan paytingizda kimnidir eslab, beixtiyor tabassum qilib qoʻysangiz yoki koʻnglingiz yorishib ketsa, demak o‘sha inson bilan orangizda begʻaraz muhabbat bor.
Ikrom Sharif.
custom 537746464705611805413custom 53619159592065003316custom 53619302872174040585
2 Aug 2026, 08:42 UTC264 views20 reactionsread 9 August 2026 Photo
Ketgan ketaversin, eshiklar ochiq,
Omonat devorlar nurab ketadi.
Ko‘ngilda qolmoqlik ko‘ngilga bog‘liq,
Bizga qolganlarning o‘zi yetadi.
Ketgan ketaversin, choramiz qancha,
Ketmoq istadimi, niyatga yetsin.
Muqaddas o‘ringa talabgor ancha,
Shartta ko‘nglimizni bo‘shatib ketsin.
Ketgan ketaversin, qol degan nomard,
Qish ketsa, o‘rniga keladi bahor.
Qancha ishonganlar bermadimi pand,
Bizning Xudodan ko‘p umidimiz bor.…
custom 53774646470561180549custom 53619302872174040586custom 53619159592065003315
31 Jul 2026, 12:51 UTC561 views26 reactionsread 9 August 2026 Photo
Choliqushining shu she'rlaridan ilhomlanib:
Qaniydi,
Iymanib kulgancha,
So'zlaring o'zimga aytsayding.
qaniydi,
Ko'zimga tik boqib,
Bir umr yonimda qolsayding.
Tushlarim ro'yobga chiqarib,
Azizim,"Men keldim" desayding.
Qaniydi,
Armonsiz qoldirib,
Bir umr meniki bo'lsayding
Robbimning eng go'zal tuhfasi bo'lib,
Jannatda hamrohim bo'lsang,
qaniydi..
©Mohira
custom 537746464705611805414custom 53619159592065003316custom 53619302872174040586
29 Jul 2026, 05:58 UTC419 views34 reactionsread 9 August 2026 Photo
Sevdik... Sevilgandik telbanomodek,
Baxtdan sarxush bo‘lib kezdik samolar.
Qara, jim ketyapmiz devonalardek,
Gullamasdan so‘ndi bizning bahorlar.
Ayb na sendayu, na yoki menda,
Taqdirning hukmiga ko‘ndik ikkimiz.
Azizim, hastahol, majruh ko‘nglimda,
Mangu yashayverar o‘sha sevgimiz.
Ko‘namiz, axir, bu azaliy qismat,
Birga bo‘lish baxti etmadi nasib.
Balki bu oxirgi, oxirgi suhbat,
Ketamiz sukunat qa’riga singib...
…
custom 536191595920650033115custom 536193028721740405810custom 53774646470561180549
27 Jul 2026, 07:17 UTC411 views19 reactionsread 9 August 2026 Photo
Inson insonga muhtoj…
Eng boshidan buyon.
Havvo Odam alayhissalom uchun yaratilganidan buyon…
nusxalandi
custom 537746464705611805411custom 53619159592065003314custom 53619302872174040584
25 Jul 2026, 04:56 UTC432 views34 reactions2 Starsread 9 August 2026 Photo
Bir o'tinch istayman,azizim,
Dardlarimga darmon bo'lib kel.
Sukunatdan berib bir ovoz,
Menga shirin qahva damlab ber.
Tashvishlardan bezdi yuragim,
U: «Ketaylik, bo'ldi, yetar», der.
Zarra bo'lsa senga keragim,
Menga shirin qahva damlab ber.
Bir maskanda uzoq suhbatlar,
Faqatgina biz uchun bu yer.
Nima desa desin odamlar,
Menga shirin qahva damlab ber.
©Mohira
custom 537746464705611805413custom 536191595920650033112custom 53619302872174040589
23 Jul 2026, 06:20 UTC452 views25 reactions1 Starread 9 August 2026 Photo
Ayriliq onlari... Vido onlari...
Ko'zlarimga boqqancha turasan kulib,
Mening yuzimda ham ajib tabassum.
Ich-ichimdan yoshlar oqmoqda sizib.
Oxirgi boqishlar... Yuragim vayron.
Parvoyi falak sen ,deysan:
«Baxtli bo'l!»
Yuzingda tabassum, men esa hayron,
Deyman: «Yaxshi boring, tilayman oq yo'l.»
Orqaga bir boqmay ketib borarsan,
Sukutga berkinib kuzataman jim.
Ortingda iztirob qoldi, sezmaysan,
Dilimdan alamlar oqad…
custom 537746464705611805410custom 53619302872174040588custom 53619159592065003317
21 Jul 2026, 16:25 UTC448 views22 reactions2 Starsread 9 August 2026 Photo
Bevaqt esib kelding, shabboda,
Menga aytar soʻzlaring bormi?
Yomon xabarmasmi, mobodo,
Yorginamning joni omonmi?
Soʻyla, meni eslayabdimi?
Suratiga tikilyapman koʻp.
Sendan meni soʻrayabdimi?
Sogʻinganim aytib qoʻyma, xoʻp.
Tunov kuni tushimga kirib,
Menga masrur jilmayib qoʻydi.
Sokin nigohlar ila boqib,
Koʻzlariga sehrlab qoʻydi.
Yana esib kelgin, shamoljon,
Yorginamdan xabarlar olib...
©Mohira
custom 537746464705611805410custom 53619159592065003317custom 53619302872174040585
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @fikrlar_ustaxonasi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.