15 Jul 2026, 15:16 UTC238 views19 reactionsread 8 August 2026 Turk tilidagi sütlaç, güllaç, kokoreç so’zlari
Osh so’zidagi boshqa so’zlarga qo’shilib, sh tovushi ch tovushiga aylangan so’zlar boshqa turkiy tillarda ham talaygina. Misol uchun Turkiyada o’zimizning shirguruch / sutli osh ovqatini sütlaç deyishadi. U ham sütlü aş > sütlaş > sütlaç bo’lgan. Yoki ramazon oyida iftorlarda sevib iste’mol qilinadigan güllaç ham “güllü aş” birikmasidan yasalgan. Asosan qo’yning ichagi,…
🔥14👍3👏2
15 Jul 2026, 15:14 UTC235 views7 reactionsread 8 August 2026 Bugun osh deganda ko‘z oldimizga faqat palov kelsa-da, qadimda bu so‘z har qanday taomni anglatgan. Vaqt o‘tishi bilan ajdodlarimiz pishirgan ko‘plab yeguliklar nomiga shu osh so‘zi qo‘shilib, singib ketgan. Masalan tilimizda:
Ko‘mach: Issiq kulga ko‘mib pishiriladigan non.
Asli: Ko‘mma osh ➡️ Ko‘mmash ➡️ Ko‘mach
Qirmoch: Qozon tubiga yopishgan, qirib yeyiladigan eng shirin qism.
Asli: Qirma osh ➡️ Qirmash ➡️ Qirmo…
🔥7
15 Jul 2026, 15:12 UTC218 views6 reactionsread 8 August 2026 Photo
Qozon boshidagi sirlar: -moch qo‘shimchasidagi yashirin o’tmish
Turkiy xalqlar, xususan, o‘zbeklar oshpazlik san’atida naqadar usta bo‘lishganini bilsangiz kerak. Bizda taomlar shunchaki masalliqlari bilan emas, balki ularning pishirilish usuli, tayyorlanish jarayonidagi harakatlar bilan nomlanadi. Masalan, xamirni kessangiz – kesma, cho‘zsangiz – cho‘zma lag‘mon bo‘ladi. Go‘shtni qiymalasangiz – qiyma, bo‘laklasang…
🔥6
26 Jun 2026, 17:17 UTC391 views12 reactionsread 8 August 2026 Oyoq va adoq
Qiziq fakt: oyoq so’zining qadimgi “d”li shakli o’zbek tilida qo’llaniladi. Albatta, boshqa ma’noda. U ham bo’lsa, adoq / odoq so’zlari bo’lib, “oxir, nihoya” ma’nolarini bildiradi. “Quvonchimning adog’i yo’q” deganda nihoyatda quvonganini tushunamiz. Bu so’z ham oyoq so’zining o’zi va eski shaklidan boshqasi emas. Mana shunday qadimgi so’zlarni ham arxaik, ham o’zgargan shaklini saqlab qolgani bilan o’…
👏7👍5
25 Jun 2026, 13:52 UTC395 views9 reactionsread 8 August 2026 Albatta, ikkala so’z bir xil o’zakdan kelib, bitta so’zdan yasalmagan. Lekin ikkalasida yasalish uslubi va olgan qo’shimchasi bir xil. Bilamizki, tana a’zolarining o‘zagi ko‘proq fe’llarga borib taqaladi. Ya’ni biror ishni qiluvchi organ, o’sha ish uchun ishlatiladigan fe’ldan yasaladi.
Yurak so‘zining kelib chiqishi bo‘yicha asosiy ilmiy taxmin shu: “Yurmoq” fe’lidan: Qadimgi turkiy tildagi yuri- yoki yorı- (yurmo…
👍8👏1
25 Jun 2026, 13:49 UTC286 views7 reactionsread 8 August 2026 Photo
“Yurak” va “oyoq”ning mushtarakligi
Futbol bo'yicha milliy terma jamoamiz ikkita o'yinda borini berib, chin “yurakdan” harakat qildi. To‘g‘ri, mag‘lub bo‘ldik, ammo yigitlarimiz kurashishdi. Futbolda jismoniy kuch, ya’ni oyoq qanchalik muhim bo‘lsa, matonat – yurak ham shunchalik zarur.
Bular ikkovi bir-biriga shunchaki bog‘liq emas, bu so‘zlarni bog‘lovchi boshqa mushtaraklik ham bor. U ham bo‘lsa bu ikki so‘zning …
👍6👏1
18 Jun 2026, 11:33 UTC631 views15 reactionsread 8 August 2026 Photo
Adabiy manbalarda qarabtep deb ham nomlanayotgan lankani xitoyliklar "jianzi", koreyslar "jegichagi", mo'g'ullar "teveg" nomi bilan o'ynaydi. Turkiy xalqlarda esa ozarbayjonliklarda "çipolik", turkmanlarda "para", uyg'ularda "tepküç", qirg'izlarda "langa", oltoyliklarda "tebek" deb ataladi. O'zbek shevalarida turli nomlar bilan ham atashadi.
👍10🔥4👏1
18 Jun 2026, 11:21 UTC600 views12 reactionsread 8 August 2026 “Devonu lug’atit-turk”da bu o’yin haqida shunday ma’lumot beriladi: “Qo‘rg‘oshin eritilib, g‘ildirak, g‘altak shakliga keltiriladi. So‘ng bolalar unga ip shaklidagi echki yungini aylantirib bog‘lab tepib o‘ynaydi.”
G’ildirak shaklidagi qo’rg’oshinga yungni aylantirib bog’lab, uni tepib o’ynaladigan o’yin ekani haqidagi ushbu qayddan xuddi futbol nazarda tutilgandek tuyilishi mumkin. Lekin aslida qo’rg’oshin eritilish…
🔥11👏1
18 Jun 2026, 10:52 UTC496 views11 reactionsread 8 August 2026 Photo
Tepuk o’yini: futbolni
ajdodlarimiz o’ylab topganmi?
O’tmishda ajdodlarimiz tepuk deb
nomlangan bir o’yin o’ynagan. Nomidan anglashilganidek bir nimani tepish asosiga qurilgan o’yin bu. Xitoy va turkiy manbalarda yung parchalarini qattiqlashtirib, uni tepish orqali o’ynalishi ta’kidlanadi. Bu ma’lumotga asoslangan ko’pchilik sport tarixchilari, ba’zi turkologlar bu o’yinni “futbolning qadimgi turkiy shakli” deb talq…
👍9👏1🔥1
28 Feb 2026, 14:30 UTC≈1,540 views20 reactionsread 8 August 2026 O’z yurtimizda yetishadigan xurmo mevasining esa aslida arab xurmosiga (tamr, naxl) aloqasi yo’q. Ular umuman boshqa daraxtlar, turlari ham boshqa. Zero Arabiston yarim orolidagi xurmo bog’larini ko’rsangiz, daraxtining palma daraxti singari ekanini, mevalarini uzumga o’xshab shingil-shingil solishini ko’rasiz.
O’zimizning xurmo esa dona-dona meva qiladi, qishda yaproqlarini to’kadi. Ular botanik jihatdan boshqa dar…
👍16👏4
28 Feb 2026, 08:36 UTC≈1,840 views22 reactionsread 8 August 2026 Arabiston tomonlarga borgan hojilar bilishadi. Haj va umraga borishda ellikboshilar shu ogohlantirishni mutlaqo berib o’tadilar: “Xurmo so’zini ishlatmanglar, arabchada xurmo deyilmaydi, tamr deyiladi. “Xurmo” so’zi arab tilida yomon ma’noga ega.” Ba’zilari uning arabchada “yengiltak ayol” ma’nosini bildirishini ham qo’shib ketadi. Lekin aslida arab tilida bu ma’noga keluvchi so’z “xurmo” emas, “hurmo”dir, ya’ni yums…
🔥12👍7👏3
28 Feb 2026, 08:32 UTC680 views16 reactionsread 8 August 2026 Photo
Xurmo
Ro’zayi ramazon muborak bo’lsin. Bu muborak kunlarda har bir dasturxonning boshida xurmo bo’lishi ma’lum. Xurmo uch samoviy dinda (musulmonlik, xristiyanlik, yahudiylikda) ham muhim o’rin tutuvchi yegulikdir. Qur’oni karimda 23 o’rinda xurmo va u bilan bog’liq so’zlar kelgan. Arabiston yarim orolining asosiy o’simligini tashkil etuvchi ushbu mevaning ko’plab turlari bor bo’lib, ular orasida eng mashhuri “ajva x…
👍15👏1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @etimologiya_burchagi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.