7 Aug 2026, 04:59 UTC10 viewsread 11 August 2026 GO‘ZALLIK HAQIDA SHE'R
Qiz o‘ynar.
Kemaning yelkanlaridek
Uning etagidan bo‘ronlar qo‘par.
O‘ynar –
Köylagining shabbodasida
Qulab ketmasaydi bu qadim shahar.
Ohangi titraydi o‘tlug‘ qo‘shiqning,
Shosh-Qo‘qon yo‘liga arava tushdi.
Qovurg‘am ostida bedor oshiqning
Qafasga urilib qonaydi mushti.
Mana, Og‘riyotgan yurakni tutdim,
Suzyapman,
Kelyapti oq-oydin she’rlar.
Yelkam,
Ko‘zlarimga urilib sinar
Bir menga atalga…
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
5 Aug 2026, 16:28 UTC11 viewsread 11 August 2026 File
Sevishni bilmadim , azizam
Bilarding , bilganing yetardi.
Bir umr begona boʻlding-ku ,
Arazlab qolganing yetardi...
Shuhrat Ahmedov
@diliston
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
28 May 2026, 07:05 UTC35 viewsread 11 August 2026 File
“Mehribonim, men sizni topdim…”
Xazonrez bog’larning, kuzli, ayozli,
Huvildoq tunlari yomg’ir, shamolli,
Xo’rlikdan ivigan umidlar ichra,
men sizni topdim.
Topdim, derazamga kakliklar qo’ndi,
Sayradi, sayradim jon chiqar qadar.
Do’l yoqqan qahraton yolg’iz kechalar
Bebahor gulladim, barg yozdim samar,
men sizni topdim,
Mehribonim,
Bu ne ko’rgilikdir, bu qanday savdo?
Bu shirin jonimdan o’kinmay topdim,
Bu ne saodatdi…
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
28 May 2026, 06:47 UTC28 viewsread 11 August 2026 File
Biz bahorga oshiq bo'ldik, kuzdan uzr,
Xazonlarda qolib ketgan qizdan uzr.
Bizdan har ne o'tgan bo'lsa, o'tdi mayli,
Tug'ilmagan qo'shiqlarim sizdan uzr.
Meni o'tdan cho'g'ga solgan yurt tuyg'usi,
Tushsiz o'tgan mening uyqum qush uyqusi.
Kuylarimdan kelsa deyman rayhon isi,
Tug'ilmagan qo'shiqlarim sizdan uzr,
Aytilmagan qo'shiqlarim sizdan uzr.
O'ksimasin zardob to'la ko'ngilchagiz,
Daryo-daryo ko'zyoshim bor tug…
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
13 May 2026, 16:02 UTC38 viewsread 11 August 2026 Photo
Men butun borligimni, barcha topganlarimni abadiy yoshlikka hech ikkilanmay almashaman. Abadiy yoshlikni esa umuman ikkilanishsiz senga...
@diliston
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
11 Apr 2026, 16:07 UTC44 viewsread 11 August 2026 File
Bizga bahor begonadir borgan sari,
Ko‘nglimiz ham vayronadir borgan sari.
Shodon yelib yurar edik avvallari,
Endi umr g‘amxonadir borgan sari.
Tolibdimi yashamoqdan jismu jonim,
Tan ichra dard pinhonadir borgan sari.
Shifo so‘rab borsam manzil makonlarga,
Topar joyim hilxonadir borgan sari.
Do‘sti yor ham yiroqlashib sekin,sekin,
Adovatlar xufyonadir borgan sari.
Izlanaman,yig‘lanaman ruhim kuyar,
Yolg‘iz Xudo h…
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
11 Apr 2026, 16:05 UTC34 viewsread 11 August 2026 File
BIR QIZ YIG'LAR
Bir qiz yig'lar buloq boshida,
Ma'yus majnuntollar qoshida.
Ko'ngil ohi ko'zin yoshida :
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Tovoniga tushgan kokillar,
Qizginaga qo'shilib yig'lar.
Bir so'z dilga sanchadi tig'lar-
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Dildan ko'chib ketsa xayollar,
Yomonga yo'q ekan jazolar.
Y…
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
31 Mar 2026, 12:10 UTC36 viewsread 11 August 2026 File
UZR
Maylimi, oy chiqqan shu oydin kecha
nafas olaversam yutinib, xursand,
maylimi, dunyoning bitta burchida
men ham vaslingizni qo‘msab o‘tirsam.
Kecha siz o‘tganda harir ko‘ylakda
ergashgan shamolning boshi aylanib,
telbadek uvillar hanuz yo‘lakda –
men ham shu yo‘llarda yursam maylimi?!
Maylimi, sog‘insam va toshsa ko‘nglim,
yig‘lasam maylimi, maylimi kulsam?!
O‘ksitmasmikinman sizni, sevgilim,
agar …
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
29 Mar 2026, 12:34 UTC38 viewsread 11 August 2026 MEN TUG‘ILDIM
1962-yil, 2-yanvar
Men tug‘ildim.
Kimdir quvondi,
Kulbasida g‘am chekib birov.
“Endi yurtga to‘y beraman”, deb
Ko‘kragini ko‘tardi otam.
Zamharir qish tish qayragan chog‘,
Bir kishiga ko‘paydi dunyo.
Yo‘q, o‘rnidan qo‘zg‘olmadi tog‘,
O‘zanidan chiqmadi daryo.
Otam — xursand, uyalar onam,
Men yig‘lardim, hamma kulardi.
Tog‘a o‘rnidan qo‘zg‘olmasa ham,
Bir silkinib qo‘ysa bo‘lardi...
Ko‘zlarimni hayratl…
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
28 Mar 2026, 15:56 UTC34 viewsread 11 August 2026 File
Yolg‘izlik eltdimi botin sehrga,
Yohud dilga yetdi bahorgi olam –
Yashil navdalarga boqib mehr-la,
Bahorni avaylab – yig‘ladi odam.
Dunyoni buzmasdan yig‘ladi beun,
Betitroq – ko‘ngilga berib ixtiyor.
“Xudoyim, ijoding bunchalar butun,
Birga nafas olgan yurak baxtiyor!
Goho o‘zim bilan, o‘zga bilan goh,
Dunyongni bilmasdan – bahslashdim o‘jar.
Ko‘zim ochiq chog‘da, Parvardigoro,
Zarramni qoldirmay olsang…
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
28 Mar 2026, 15:50 UTC32 viewsread 11 August 2026 File
Sen yashar ko‘chadan mastona yurdim,
Toliga suyanib entikdim-turdim.
Sen ko‘rgan makonni ko‘nglimga solib,
Eng yorug‘, eng toza bir dunyo qurdim.
Sen yashar ko‘chaning toshlari ko‘pdir,
Toshiga to‘kilgan yoshlari ko‘pdir.
har bitta toshidan seni so‘rasam,
Bekitgan dardingning foshlari ko‘pdir.
Sen yashar ko‘chada bir yil kun bo‘ldi,
So‘ngra asrlardan uzun tun bo‘ldi.
Sog‘inchning holidan bir bor xabar ol -
Tun ichra …
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
26 Mar 2026, 15:42 UTC33 viewsread 11 August 2026 File
Man yurarman yona-yona,
Ishq bo‘yadi mani qona,
Na oqilman, na devona,
Kel, ko‘r, mani ishq nayladi.
Goh esarman yellar kabi,
Goh to‘zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko‘r, mani ishq nayladi.
Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o‘ylab yig‘larman,
Kel, ko‘r, mani ishq nayladi.
Yo qo‘lim ol qoldir mani
Yo vaslingga qondir mani
Ko‘p yig‘latding, kuldir mani
Kel, ko‘r mani ishq naylad…
Signed 𝑺𝒂𝒏'𝒂𝒕𝒊𝒚 ™
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @diliston. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.