6 Aug 2025, 08:06 UTC≈2,660 views10 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @AkademnashrPhoto
Aleksandr Dyuma: “Dunyodagi eng yaxshi sovg'a — kitob. Kitobdan yana boshqa sovg'a bormi? Ha, boshqa kitob”.
“Izlam” to‘plami: 370 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo | +998994331677
📍 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
📘 @akademnashr | #izlam
❤7❤🔥3
21 Jul 2025, 13:55 UTC≈2,710 views3 reactionsread 6 August 2026 Forwarded from @AkademnashrPhoto
#yangi_nashr 💥
📘 Somerset Moem: Oy va chaqa
📖 Fragment va mundarija
Britaniyalik taniqli adib Somerset Moem qalamiga mansub ushbu asarda bir san’atkor taqdiri orqali odamzodni asrlar davomida o‘ylantirib kelgan ko‘plab savollarga javob topishga harakat qilinadi, san’atga oshno qalblarning puchmoqlariga nazar tashlanadi.
Ingliz tilidan Alisher Otaboyev tarjimasi. Shuningdek, kitobning mualliflik huquqi "Akademnash…
❤3
28 Jun 2025, 21:46 UTC≈2,690 views8 reactionsread 6 August 2026 ERTAK
Sarviqomatimsiz yashayman,
Yashayman men qora ko’zimsiz.
Gul yuzimsiz yashayman endi,
Yashayman men mening o’zimsiz.
Yonib keldi. Yoqdi. So’ng ketdi,
Tashrifidan pushmon yeganim.
Yomon sog’intirdi o’zini
Bir bor ekan, bir yo’q ekanim.
Endi meni mendan izlamang,
O’z-o’zimga bo’lmayman maskan.
Xayoliga ketdim bosh olib,
Ketdim endi borsa-kelmasga…
Matnazar Abdulhakim
@dengizgaketamiz
❤7❤🔥1
28 Jun 2025, 21:45 UTC≈2,470 views6 reactionsread 6 August 2026 MANZARA
Gullarga ko’milgan kunlar birpasda
Bizlarni qoldirib kechayotirlar.
Gullar ko’milmoqda… daraxtlar asta
Kelinlik libosin yechayotirlar.
Ulardan ko’z uzib bo’lmaydi endi,
Qorachiqlar yashil baxtga to’ladi.
Meva tugmoqdalar ohistagina,
Daraxtlar hademay ona bo’ladi…
Matnazar Abdulhakim
@dengizgaketamiz
❤6
28 Jun 2025, 21:45 UTC≈2,150 views4 reactionsread 6 August 2026 TARADDUD
Sen farishta — osmon farzandi,
Belanchak yer oshyoning sening.
Sig’mas senga o’limning haddi,
Yo’qdir cheking, poyoning sening.
Semurg’lar ham bog’lay olmas bahs,
Inson degan kalom — ta’rifing.
Pok bo’lsang bas, ozod bo’lsang bas,
Yo’l azobi — ojiz harifing.
Lekin uzoq shaylanasan sen,
Taradduding topmas nihoya.
Yetmay qolgan bu ishga o’tmish,
Kelajak ham qilmas kifoya.
Matnazar Abdulhakim
@dengizgaketa…
❤4
28 Jun 2025, 21:44 UTC≈2,130 views9 reactionsread 6 August 2026 Photo
BAXT
Mukammal bu go’zalligingni
Yonib qilgim keladi ta’rif,
Biroq, ne qilayki, qoshingda
Eng qudratli kalomlar g’arib.
Visolingni qilsam-da havas,
Mehrim izhor etmadim hech vaqt.
Sen bilan bir havodan nafas –
Olish o’zi menga katta baxt.
Bir qayrilib tashlasang nigoh,
Yurak to’lar so’nmas ziyoga…
Seni bir bor ko’rish-chun faqat
Kelib ketsa arzir dunyoga.
Matnazar Abdulhakim
@dengizgaketamiz
❤🔥6❤3
28 Jun 2025, 21:42 UTC≈1,910 views13 reactionsread 6 August 2026 Ba’zan hosil bo‘lar muddao,
O‘zim bilan o‘zim so‘zlashsam...
(c)
@dengizgaketamiz
❤11💯2
16 Jun 2025, 11:51 UTC≈2,230 viewsread 6 August 2026 Forwarded from @janobsatirik
Ilk yakkaxon konsertim — EPIZOD youtubeda!
Do‘stlar, bu videoni tomosha qiling. Albatta, youtubening o‘zida ko‘proq izohlar qoldiring. Yaqinlaringizga ham shu linkni yuborib qo‘ysangiz xursand bo'laman. Maroqli tomosha.
https://youtu.be/rOJiRrqNS_U?si=vcFkKXynZw86ORqI
16 May 2025, 09:47 UTC≈2,890 views10 reactionsread 6 August 2026 Photo
Sizni tuxum oldin paydo bo‘lganmi yoki tovuqmi, degan savol hayajonga soladimi, demak, siz jonivorlar avval qanday bo‘lsa, hozir ham shundayligicha – o‘zgarishsiz qolgan, deb o‘ylaysiz. Qanday bema’nilik.
* * *
Hamma narsa kuzatishga qurbimiz yetmay qolgan yerda tugaydi.
* * *
Agar yer yuzida hamma narsa a’lo bo‘lganda, a’lo narsaning o‘zi bo‘lmasdi.
* * *
Tun chog‘i qalin o‘rmonda adashib qoldim. Qo‘limdagi ojizg…
❤4💯3😢3
16 May 2025, 09:46 UTC≈2,150 views18 reactionsread 6 August 2026 Photo
Ishonchsizlik – falsafa tomon qo‘yilgan birinchi qadam.
Deni Didro
@dengizgaketamiz
❤12❤🔥4😇2
15 May 2025, 11:32 UTC≈2,230 views16 reactionsread 6 August 2026 Bordi-yu falon soʻm olgan zar toʻning,
Bariga ozgina tegar boʻlsa gard.
Rasvo boʻlishin ham oʻylamay qoʻling,
Erinmay qoqilab tashlagaysan shart.
Ammo nima uchun qizarmas beting?
Behuzur boʻlmaysan diqqating ortib.
Axir loy boʻldi-ku qalbning bir cheti,
Nega uni darrov olmaysan artib?
Jaloliddin Sayyid
@dengizgaketamiz
💔9❤4❤🔥3
12 May 2025, 15:12 UTC≈2,100 viewsread 6 August 2026 Forwarded from @AkademnashrVideo
🔖 “Urgʻochi isyonga”
🎙 Shahriyor Shavkat
🛒 “Izlam” to‘plami chegirmada
Xarid: t.me/akademsavdo
📘 @akademnashr | 📺 “Qaqnus” koʻrsatuvidan
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @dengizgaketamiz. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.