12 Jul 2026, 15:22 UTC256 views2 reactionsread 12 August 2026 Kechinma
Bolang ham o‘zingga o‘xshasin desa,
Duo qilar payti dadam va onam.
Kimligim bilaman deyman ichimda,
Menga o‘xshamasin umuman bolam.
Ularning duosi yaxshi ma‘noda,
Yaxshi tomonimni ko‘rgani uchun.
Mening malomatim o‘zimdan faqat,
Aslim juda yomon bo‘lgani uchun.
© Mirjalol Solijonov
@d_y_satr @by_Isroil
👍2
26 Apr 2026, 21:19 UTC50 views2 reactionsread 12 August 2026 Rost gap
Tuqqaningga rost gap yoqmasa,
Xotinni-ku gapirmayoq qo'y.
Ro'stgo'y erning har kuni-aza,
Yolg'onchining butun umri to'y.
Sen yoringga to'qib tashla bayt,
Parivash de, ata sarvinoz.
Rost gapingni majlislarda ayt,
To'g'ri so'zni gazetaga yoz.
Pista ko'mir qovursa yoring,
Sen o'shani oh-oh deb yegin.
Tashakkur ayt sovursa boring,
Zahar sochsa "asalim" degin.
To'lib ketsang tog'larga baqir,
Sado bersin nolalari…
❤2
25 Apr 2026, 11:22 UTC38 viewsread 12 August 2026 ARSLON CHORLAGANDI...
Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni,
Bizda ham bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshiga bizni,
Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.
Jami tiriklikka tanish shu xatar,
Qumursqa yaralgan yoppa talarga.
Do'stim, alam qilar, arslon bexabar,
Yem bo'lib ketsak shu qumursqalarga.
© Abdulla Oripov
@d_y_satr
14 Mar 2026, 03:58 UTC54 viewsread 12 August 2026 Forwarded from @Ravshan_HaqmurodVideo
Ishonmay qoʻyganman baxt-u iqboliga..
@Ravshan_Haqmurod
22 Feb 2026, 20:09 UTC52 viewsread 12 August 2026 Video
Oyiga 10 million topishim kerak!
@d_y_satr
7 Feb 2026, 19:23 UTC56 views1 reactionsread 12 August 2026 Video
Ummon sokin oqadi lekin,
Eshitmadim ariq tinganin.
Dono bilan tortishsa nodon,
Hech ko'rmadim dono yenganin.
Rozi bo'lib har ne taqdirga,
Hayr kutib, oldim yengil tin
Qarshi chiqsa kimdur shu sherga,
Aytib qo'yay unga yengildim.
© Xayrulla Hamidov
@d_y_satr
👍1
4 Feb 2026, 14:02 UTC44 views3 reactionsread 12 August 2026 MEN SEN BILAN QARIMOQCHIMAN
Suyangani xassadan kechib,
O‘zim senga qaramoqchiman...
Sevaman deb qasamlar ichib,
Men sen bilan qarimoqchiman...
Yuzimizga tushsa ham ajin,
O‘shanda ham jonim berib jim,
Seni chindan sevganim uchun,
Men sen bilan qarimoqchiman...
Chol-u kampir bo‘lib yuramiz,
Farzandlarga boshdek turamiz,
Birga rohatini ko‘ramiz,
Men sen bilan qarimoqchiman...
Sochlaringga oralasa oq,
Hiralashsa agar…
❤1🔥1🥰1
14 Jan 2026, 08:40 UTC46 views1 reactionsread 12 August 2026 NIYAT
Onamni aldadim soppa-sog‘man deb,
Otamni aldadim: “Pulim bor doim”.
Og‘amni aldadim: “Borarman, nasib”...
Men seni nima deb alday, Xudoyim?!
G‘unchani gul dedim – kuldi, quvondi,
Bulbul deb aytganim chumchuqmi, bilmam,
Bunda baxt bor dedim, erkam ishondi...
Robbim, endi meni yolg‘onchi qilma!
© Mansur Jumayev
@d_y_satr
👍1
18 Dec 2025, 18:53 UTC54 views1 reactionsread 12 August 2026 Photo
Qulog‘imga shivirlar havo:
– Sotib olgin o‘zingga po‘stin.
Maosh asta kuylaydi navo:
Havo uncha sovuqmas do‘stim.
© Bobur Bobomurod
@d_y_satr
👍1
14 Dec 2025, 19:20 UTC55 viewsread 12 August 2026 O‘ris bo‘ldik rusdan ziyoda,
Muslim bo‘ldik arabdan ortiq,
Birni topsak yorug‘ dunyoda,
O‘n karrani qilamiz tortiq.
Ichdik, chekdik Sho‘ro yurtida,
O‘zdik barcha o‘g‘alalardan ham,
Yuzsizlikda oshmasak bo‘ldi,
Ovrupalik tog‘alardan ham...
© Erkin Vohidov
@d_y_satr
20 Oct 2025, 04:17 UTC65 viewsread 12 August 2026 Pech yonardi xona chetida,
Raqs tushardi uchqunlar shodon.
Dirgizlashib uyga kirardik,
Biz besh bola qor oʻynab obdon.
Hoʻl etiklar tortardilar saf,
Qoʻlqoplarga qurilardi dor.
Oʻsha eski uy devorida,
Hali hanuz ikkita mix bor.
Koyir edi har safar onam,
Jahlin bosib turgandek arang.
Paypogʻing hoʻl, koʻylaklaring nam,
Dadang kelsin, koʻrasan hammang!
Yolgʻon edi tugulgan mushti,
Jahli edi tez ketar mehmon.
Issiq s…
12 Oct 2025, 17:40 UTC32 viewsread 12 August 2026 Forwarded from @by_isroilVideo
#dada
DADA
Kibrlanib ketdim o'zimdan zotan.
Yoki hayot meni mag'rur sanadi.
"Faxriy yorliq" olsam qishloqda otam.
Mahallani kezib faxrlanadi.
Bo'lganim yaxshiydi mehnatlarga shay.
Shaharda yurgancha bamisli erka.
Dada ko'proq nafim tegarmidiyay.
Siz bilan loy kechsam yelkama yelka..
Qanday farzand bo'ldim? bag'ringiz tilsam..
Ovqat yemaysizu g'amimni yeysiz..
Oyda,yilda bir bor qo'ng'iroq qilsam..
Yo'talib ey o'g…
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @d_y_satr. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.