9 Aug 2026, 04:21 UTC25 views3 reactionsread 9 August 2026 Photo
Tabassuming yodimda hamon...
Tabassuming yodimda hamon,
Yodimdadir xandon ko‘zlaring. Kulgularing eslayman bu on, Unutilgan yolg‘on so‘zlaring.
Atirgulning bargiday qizil,
Alvon edi tabassuming ham.
Ey, ko‘zlari xandon urgan qiz,
Nahot sendan qoldi faqat g‘am?!
Men bilaman, eng so‘nggi palla,
Jonsiz qolib, sirg‘alsa qo‘lim,
Sening, sening tabassuming-la
Ko‘zlarimga boqadi o‘lim.
Xurshid Davron
🍓2❤1
7 Aug 2026, 16:10 UTC52 views5 reactionsread 9 August 2026 Baxt bu — sensan,
baxtsizlik bu — men,
Ketmoqdaman, qochoqqa yoʻyma.
Men oʻzimni topib kelguncha,
Sen oʻzingni yoʻqotib qoʻyma.
Vohid Luqmon
❤4💔1
7 Aug 2026, 05:51 UTC105 views6 reactionsread 9 August 2026 Photo
BIZ UCHRASHMADIK
Tong chogʻi tun bilan kunduz uchrashdi,
Tunda armon bilan yulduz uchrashdi,
Bahor bilan kuzak — baxtxush uchrashdi,
Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
Bulut zamin bilan yigʻlab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilgʻab uchrashdi.
Visol hijron bilan minglab uchrashdi,
Yoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
Oʻlik zil tuproqni otdi koʻtarib,
Gʻofil tiriklarni topdi axtarib,
Yoʻqlik va borliqni orala…
❤3❤🔥3
5 Aug 2026, 15:04 UTC75 views4 reactionsread 9 August 2026 Hayot girdobiga tushaman har kun,
Garchi men yodingga tushmayman qaytib...
💔3❤1
5 Aug 2026, 12:57 UTC71 views6 reactionsread 9 August 2026 METRO
Quloqchindan yangrar musiqa,
Kuylanadi eski bir retro.
Bu gapimdan chiqarma siyqa,
Seni menga eslatar metro...
Manzil esa Novzaga yetar,
Kichik ko‘ngil bo‘ladi katta.
Seni ruhing ko‘rinib ketar,
Novza degan metro bekatda...
Metrodagi,
– eng shirin xisku!
Shamollarday dilga yelasan.
Yer ustida uchrashganmiz-ku
Xayolimga nega kelasan?!
Almashardik
onda-sonda
xat,
Isming yashar ko‘ngil qarida.
Isming
bilan ata…
❤6
4 Aug 2026, 18:19 UTC72 views3 reactionsread 9 August 2026 Oy
arshi aʼloning
faromush farishtalar
yopmay ketgan tuynugi.
Faxriyor
❤3
2 Aug 2026, 06:59 UTC175 views10 reactionsread 9 August 2026 ...She’r o‘qima —
Dunyoning torligini bilib qolasan.
...She’r o‘qima —
Yurakning borligini bilib qolasan!...
She’r o‘qima, deyapman senga!
Bu bozor dunyoda
Sotilmaydigan bo‘lib qolasan axir!..
Usmon Azim
❤6😁2❤🔥1🍓1
2 Aug 2026, 06:50 UTC116 views6 reactionsread 9 August 2026 Osmon bitta emas,
Har yulduzning o‘z
Osmoni bor.
Usmon Azim
❤5🍓1
1 Aug 2026, 09:59 UTC140 views4 reactionsread 9 August 2026 “Sen bormisan, orzumdagi ishq?!”
Senga bagʻishlayman
kechalarimni,
kunlarimni senga beraman...
Huzuringda boʻlmoqlik uchun
osmonlardan
yurib kelaman!
Ishq yogʻdudir yurakka oqqan,
qaydan bilsin
zulmat sochganlar?
Bizni anglar,
bizni koʻrarlar
koʻzni yumib,
dilni ochganlar!
Ovozingni eshitib turay!
Tuproqlarga berma jismingni...
Bu dunyoda borligingni ayt,
ismingni ayt
menga...
Ismingni!..
Zebo Mirzo
❤3🍓1
31 Jul 2026, 09:59 UTC145 views6 reactionsread 9 August 2026 Photo
Viqorlisiz o‘zgalar bilan,
Mag‘rurlikning go‘zal arshida.
Ammo ma’yus tortasiz, erkam,
G‘ussalisiz mening qarshimda.
Bosh egasiz mungligʻ bir tarzda,
O‘tirgaysiz unutib o‘zni.
Men bilan hech tushmaysiz bahsga,
Aytolmaysiz keskin bir so‘zni.
Umrim uzra uzun chaqinsiz,
O‘zi yonib topgan qanoat.
Yuragimga juda yaqinsiz,
Hayotimdan olissiz faqat.
Usmon Azim
❤🔥3❤2🍓1
30 Jul 2026, 17:39 UTC115 views5 reactionsread 9 August 2026 Ikki dilda bir sir asradik,
Fosh qilmadik shamollarga ham.
Xayollarda birga yashadik,
Ikki tanda chekdik bitta gʻam...
Orifjon Komil
🍓4💘1
30 Jul 2026, 11:31 UTC116 views8 reactionsread 9 August 2026 YURAKKA
O‘zi yaratdiyu seni tabiat,
Lekin tinchimadi sen yaralgandan.
Bu tor siyna ichra bandisan abad,
Tabiatning senga rashki kelgandan.
Balli! Asirlikda kechgach umring ham
Hikmatlar tikloldi fazodan yuksak.
Sig‘dirolmas edi ko‘ksiga olam,
Ozod o‘ylaringni bir-bir sanasak.
Qanday moʻjizalar ko‘rardi bashar,
Beqafas yaralgan bo‘lsayding agar.
Omon Matjom
❤4🍓4
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @chegaraa_siz. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.