10 Aug 2026, 20:21 UTC5 views1 reactionsread 12 August 2026 Dadamga
Assalom otajon sog'-u salomat?
Qadringiz bilmabman oldinlar g'oyat.
Ulg'ayib qoldim deb ko'tarib ovoz,
Nodonliklarni ham qilganman biroz.
Bugun dilim bo'lsin ochil dasturxon
Sizga aytay borin, qolmasin armon.
Siz bor taraf qiblam, aziz padarim
Tola sochingizcha emasdir qadrim.
Sizdan o'rnak olsa hamma otalar
Baxtliroq bo'lardi barcha bolalar.
O'rnashib o'tirib oling ohista
Kamina siz uchun bitgan qasida.
Old…
👍1
8 Aug 2026, 17:47 UTC9 views3 reactionsread 12 August 2026 Onamga
Mana uch yil to'ldi uyimdan uzoq.
Tog'lar orqasida sizni qoldirib
Yuzimda kulgiyu qalbimda firoq
Anchayin qo'yganman o'zim oldirib.
Navqiron ko'zlarimdan yo'qolgan nur.
Ko'zlarim nuri siz edingiz ona
Yiqilgan paytimda aytilmaydi "tur"
Yonimda yo'q axir sizday parvona.
Sanoqsiz bo'libdi yuzizda ajin
Qarilik eshik qoqibdi sizga ham.
Lek hamon qo'lingiz o'shanday mayin
Diydoriz shirin-u diydoringiz kam.
Esizdami…
❤3
6 Aug 2026, 23:08 UTC15 viewsread 12 August 2026 So'ngi kun
Daraxtning sarg'aygan hazonin
Yuzimga surtaman avaylab.
Tabibning buyurgan darmonin
Tatmasdan qo'yganman ataylab.
O'qiyman oftobda "Sasha"ni,
Muz qalbimni eritarmi deb.
G'am orasidan izlab nash'ani
Bo'ldimku men ich-etimni yeb.
Yuzda kulgu, lekin dilda-chi?
Buni hatto bilmam o'zim ham.
Boshda ming dard lekin qilda-chi?
Qilga havas qiladi tanam.
Asta keldi qadam tovushlar
Bir qarasam yonimda shamol.
Yod…
3 Aug 2026, 06:21 UTC19 viewsread 12 August 2026 Shahar
Shahar ko'chalari yaxshimas ona.
Qushlar kuylamaydi bizda tarona
Faqat mashinaning qichqiriqlari
Bu yerlar men uchun misli g'amxona.
Erkin chiqolmaydi tongda quyoshi.
Tabbassumdan ko'proq erur ko'zyoshi.
Qaygadur shoshadi, tinmas odamlar,
Minglab tashvishi bor, o'zi bir boshi.
https://t.me/broabumuslim
2 Aug 2026, 07:55 UTC20 views1 reactionsread 12 August 2026 Bomdod
Bomdod. So'fi aytarkan azon,
Dong qotgancha uxlar olomon.
Qon tomirdan tayyorlab sirtmoq
O'z joniga qasd qilgan iymon.
Qalbni yuving u kirlab ketgan.
Yuz yuz emas u toshday qotgan.
Iblis bilan urushtirib may.
"Vijdoni poklar" ko'payib ketgan.
https://t.me/broabumuslim
👍1
2 Aug 2026, 07:54 UTC20 viewsread 12 August 2026 Ishqni bilur Majnunlar bor Xisravi yo'q.
Bir o'limmas sevgining ham darmoni yo'q.
So'zlarimga inongin sen ey pariro'y,
Shoir so'zlar bo'lsa uning yolg'oni yo'q.
https://t.me/abu_blogg
28 Jul 2026, 17:44 UTC23 views1 reactionsread 12 August 2026 Eslash
Derazadan boqib turaman
Qanday go'zal, g'amsiz va sokin.
Jimjitgina orom oladi...
Xotiralar shu dam jo'sh urib
Bolaligim kelib qoladi.
Orzularim bir tomon turib
Armonman deb uvvos soladi.
Qalbim edi shunchalar jo'shqin
Lov-lov yonar bir olov edi.
Birdan hayot yubordi toshqin
Hatto uning qolmadi kuli.
https://t.me/broabumuslim
👍1
26 Jul 2026, 22:24 UTC232 viewsread 12 August 2026 Sevgini tarannum qilolmas ko'nglim
Yolgonni rost deya ayta olmaydi
Shodlikni ko'pitib gapirolmas tilim
Dardkashlarga qarab kul deya olmaydi.
https://t.me/abu_blogg
26 Jul 2026, 22:24 UTC26 views1 reactionsread 12 August 2026 Bu foniy dunyoda emasmiz boqiy
Har birimizni kutib turadi ajal.
Biz bir osiymizku hayolan dohiy
Allohni eslaymiz faqat tashvish mahal.
https://t.me/abu_blogg
👍1
25 Jul 2026, 20:29 UTC32 viewsread 12 August 2026 Yoshlikdagi orzular armon.
Armonlarni yuribman olib.
Gul umrni qilganman xazon.
Xazonlarim olyapman terib.
Poklikka hech qilmasman da'vat,
Qalbim bilan to'lganman kirga.
O'z-o'zimga o'qirman la'nat
Vijdon bolalik-la o'lgan birga.
Yoshlikda men sodda ekanman,
Kattalarga mazza der edim.
Faqat o'zgalar sotmas ekan,
Bugun o'zligimdan pant yedim.
Aldar ikki ko'z-u, so'zlar ham,
Tabbasumga aslo ishonma.
Hamma ishing a'lo b…
24 Jul 2026, 10:48 UTC28 views3 reactionsread 12 August 2026 Biz
Hayvonni hayvon deb urildi yerga
Aslida undanda battarroqmiz biz
Nafsni deb botirib o'zimiz kirga
Hech narsaga yurak etmay qo'ygan jiz.
Musulmonman deya solamiz uvvos
Namozda shaymasmiz ammo besh mahal
Zakotni ko'z-ko'zga qilamiz holos
Quloqlar kar Azon yangragan mahal.
https://t.me/broabumuslim
❤3
22 Jul 2026, 21:40 UTC24 views2 reactionsread 12 August 2026 Muhabbat
Yumulsa bas ko'zlarim oldida sening
la'l misol yanog'ing bo'lar namoyon.
So'rama qanchalar deya sevging
har narsada bor lek unda yo'q poyon...
Tunning sukunati menga begona
Har onda jaranglar so'zlaring seni
Majnun ham lol qolar muhabbatim bor
Bir ipsiz o'zingga bog'lading meni.
Qanday afsun qilding, senmi afsungar?
Shunchalar ishqingda qilsa devona.
Bariga tayyorman so'rasang agar,
Farhoddek tog'ni ham qi…
❤2
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @broabumuslim. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.