8 Aug 2026, 04:54 UTC36 views1 reactionsread 8 August 2026 Photo
VAQT
Baxt hech aytmayapti qaydaligini,
Va boshqa ehtiyoj maydaligini.
Bilib ham bo‘lmaydi naydaligini,
Chiroq qo‘yilmagan ko‘chalar kabi.
Topgan qo‘shig‘ini kuylaydi zamon,
Tuproqlarga singib ketmaydi kamon.
Boradigan joyim ayonmas hamon,
Chiroq qo‘yilmagan ko‘chalar kabi.
Halol odamlarning kissasi menman,
Katta yozuvchining qissasi menman.
G‘ariblikning zarur hissasi menman,
Chiroq qo‘yilmagan ko‘chalar kabi.
8.…
🔥1
Signed Baraka BOQIY
6 Aug 2026, 03:06 UTC75 views2 reactionsread 8 August 2026 Photo
YAPROQ
Seskanib ketaman o‘ylasam agar,
Tilim tutilyapti bo‘ylasam agar.
Xavotir kuydirar so‘ylasam agar,
Diydang qattiqligi chiqsaydi yolg‘on.
Aytishdi, kuylashdi, tinmay eshitdim,
Gumon tulporiga minmay eshitdim.
Anglab yetgunimcha sinmay eshitdim,
Diydang qattiqligi chiqsaydi yolg‘on.
Bastim quriyotgan archa qatori,
Sheʼrim unitilgan parcha qatori.
Yashagim keladi barcha qatori,
Diydang qattiqligi chiqsaydi yolg…
👍1🔥1
Signed Baraka BOQIY
1 Aug 2026, 14:44 UTC145 views3 reactionsread 8 August 2026 Photo
YO‘L
Qo‘qon holvasidek shirinsan Dunyo,
Yashagim keladi to‘yib, miriqib.
Goho yaramdagi yirinsan Dunyo,
Ayniqsa, ketganda ichim siriqib.
Ko‘cha bolasidek feʼlimdagi sir,
Qaysarlik jonimni timdalab ado.
Otilganda chaloq kamondagi tir,
Moziy taraflardan chiqyapti sado.
Ko‘rib bo‘lmagandek tunda birovni,
Ojiz qolganimdan yozmadim sheʼrni.
Topdim sochlarimga tushgan qirovni,
Ko‘nglim xushlamasa tepmadim yerni.
1.08.2…
👍2❤🔥1
Signed Baraka BOQIY
30 Jul 2026, 18:18 UTC125 views6 reactionsread 8 August 2026 Photo
ORZU
Sezyapsanmi ko‘nglim, hali o‘lmadim,
Qaysi ko‘chalarda qanday to‘lmadim.
Arg‘imchoqda uchib sarxush bo‘lmadim,
Shundayin bolalik nasib etmadi.
Ishonmasang, ana, tugunimni yech,
Ko‘plab narsalarni tushunyapman kech.
Momom ertaklarda yashamadi hech,
Shundayin bolalik nasib etmadi.
Nafaslar olyapman tizimga qarab,
Sheʼrimni yozyapman qizimga qarab.
Muzqaymoq ko‘rmadim izimga qarab,
Shundayin bolalik nasib etmadi…
👍5👏1
Signed Baraka BOQIY
30 Jul 2026, 15:14 UTC139 viewsread 8 August 2026 Voice message
KATTA O‘G‘LIMGA
✍ Baraka BOQIY
🎤 Sayyora RAHIMIY
https://t.me/baraka_boqiy
Signed Baraka BOQIY
30 Jul 2026, 15:11 UTC121 viewsread 8 August 2026 Voice message
YO‘RIQ
✍ Baraka BOQIY
🎤 Sayyora RAHIMIY
https://t.me/baraka_boqiy
Signed Baraka BOQIY
28 Jul 2026, 20:25 UTC117 views4 reactionsread 8 August 2026 Photo
YO‘RIQ
Borgim kelmayverar baʼzi to‘ylarga,
Sohiblari taklif etganida ham.
Asir tusholmadim go‘zal o‘ylarga,
Kimdir murodiga yetganida ham.
Hasad sahrosida kezmadim zinhor,
Toshlar parchalandi ursam to‘shimni.
Maʼsum imolarni sezmadim zinhor,
Omochi og‘irdir mening qo‘shimni.
Shunga kechirasiz, tushunmasam goh,
Tortmasin taʼbingiz ko‘nglimdek xira.
Juda chuqurlashdi ichimdagi choh,
Hushdan tashqarida o‘ylamang sira…
❤🔥2👍2
Signed Baraka BOQIY
24 Jul 2026, 14:14 UTC180 views6 reactionsread 8 August 2026 Photo
KATTA O‘G‘LIMGA
Yaxlit yaratgandi Tangri Odamni,
Zerikib, berildi mayda hislarga.
Butlanmay yuribdi o‘shandan buyon,
Aldanib, qaydagi mavhum islarga.
Afsus, yashayapmiz dunyoda shunday,
Havvoga nisbatan ehtiyoj ila.
Bundagi bundaydir, undagi unday,
Avvalo o‘zingga qanoat tila.
Ehtimol o‘qirsan ushbu sheʼrimni,
Aqling to‘lishganda, etganda nasib.
Baribir yashirdim nima derimni,
Muhimi, o‘tmagin dunyodan sasib.
24.…
👍5❤1
Signed Baraka BOQIY
22 Jul 2026, 07:29 UTC208 views9 reactionsread 8 August 2026 Photo
Photo, posted without a caption
🔥5👍4
Signed Baraka BOQIY
22 Jul 2026, 06:12 UTC226 views8 reactionsread 8 August 2026 Photo
Photo, posted without a caption
🔥5👍2👏1
Signed Baraka BOQIY
21 Jul 2026, 07:24 UTC199 views5 reactionsread 8 August 2026 Photo
UZR
Har gal qishlog‘imga qaytganlarimda,
Tafakkur qilaman cho‘ponga doir.
Shu gapni kimgadir aytganlarimda,
Dag‘dag‘a qiladi ichimda shoir.
Yo‘lning chetidagi xayolkash choldek,
Alik ololmadim salomlarga goh.
Tuyuladi ko‘nglim istagan boldek,
Nafsim adashganda tushayotgan choh.
Oldinlari qo‘rqqan bo‘lsam qandayin,
Endi yolg‘izlikni xohlayman shunday.
Aslida g‘alati yo‘qdir mandayin,
Yashay boshlayapman qorilgan un…
👍5
Signed Baraka BOQIY
19 Jul 2026, 14:28 UTC136 views8 reactionsread 8 August 2026 Photo
DIYDORGACHA
Sabrim xususida yolg‘on so‘zladim,
Chunki, chidolmagan paytlar bo‘zladim.
Bo‘stonning ichida cho‘lni ko‘zladim,
Kuchim yetarmikin diydorgacha to?
Quvvati buyugim, aylamagin shol,
Angorimga qarab ochmasinlar fol.
Aynimayin, so‘rab qo‘yguningcha hol,
Kuchim yetarmikin diydorgacha to?
Borayapman, bo‘ri olgandayin is,
Chalg‘isam, tafakkur eshigida qis.
O‘zing istagancha etayapman his,
Kuchim yetarmikin diy…
👍6❤🔥1👏1
Signed Baraka BOQIY
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @baraka_boqiy. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.