6 Aug 2026, 15:31 UTC69 views4 reactionsread 6 August 2026 Video
Suyunaman cho‘chib uyg‘onganimdan,
Bolalik - yoshligim tushar yodimga...
Zulmat hidi kelar ko‘nglim, tanimdan,
Bir qatim nur kerak, nur hayotimga!
Quruq jismim qolgan, ketgan g‘ayratim,
O‘zim o‘t qalbimga bo‘ldimmi zomin?
Hech kimni sevmasman, o‘lgan hayratim,
Xudo rahmat qilsin, yoshligim. Omiyn!
Qandoq bolaydim-a, oydin tasavvur,
Tong kabi musaffo, rangin tuyg‘ular.
Xayol surish qolgan, ketmish tafakkur,
Endi bos…
❤2👏1🔥1
5 Aug 2026, 07:44 UTC153 views10 reactionsread 6 August 2026 Menimcha shunday she'r va shunday ijroni ko'proq odam ko'rishi kerak. Bu uchun o'z kanallaringizda ulashib qo'ysangiz barcha uchun manfaatli bo'lar edi
💋3🔥3❤2👏2
5 Aug 2026, 07:13 UTC161 views8 reactionsread 6 August 2026 Video
MAKTUB
Tongda maktub yozdim.
Boshqa gapim yoʻq,
Ammo yana senga yozgim keladi.
Ayriliq savdosi tobora quyuq,
Telbarib, aqldan ozgim keladi.
Dunyo – gʻam boʻyicha zoʻr mutaxassis,
Hijronga saxiy-u, visolga xasis,
Barmoqlaring tekkan har bitta aziz
Buyumga labimni bosgim keladi.
Sogʻinch – olov, derlar...
Yutyapman ichga,
Ey, toqati qalin, qoshi ingichka!
Bir payt paltong turgan kiyimilgichga
Chidolmay oʻzimni osgim…
❤5💋2❤🔥1
4 Aug 2026, 08:45 UTC622 views10 reactionsread 6 August 2026 Tun yarimda soyiri gulzor eding kimlar bilan?
Bulbul uyg‘onguncha sen bedor eding kimlar bilan?
Lolaga may to‘ldirib, gulshanda soqiy muntazir,
Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?
Bog‘da rayhon bargi birlan o‘ynashar erdi sabo,
Suvdagi gul ichra sen ham bor eding kimlar bilan?
Oshig‘ing gul bog‘ladi jon rishtasiga sen uchun,
Qaysi gulni hidlading sen, yor eding kimlar bilan?
Garchi ushshoq ahliga yo‘…
❤7🎄2🔥1
3 Aug 2026, 04:58 UTC341 views8 reactionsread 6 August 2026 MЕN SЕNI BILARDIM
Men seni bilardim,
Baxt edi oting!
Bilardim vujuding olovdan bunyod,
Seni tilagandim, bir yorug‘ kundan,
Seni suygan edim o‘zimdan ziyod!
Qanotlari kuygan tutqun qush kabi,
Xurpaygan yurakning shevasi eding,
Yulduzlar ko‘zidan o‘g‘irlab olib,
Ekkan xasratimning mevasi eding.
Men seni bilardim,
Ishq edi oting!
Ming yillar asradim qarog‘larimda,
Bugun ostonangda turibman nurab,
Ishqni bandi etib ti…
❤5🔥2👍1
2 Aug 2026, 16:05 UTC256 views8 reactionsread 6 August 2026 “Ишдаги ишқ” фильми. 1977-йил
...Уятчан, иболи қаҳрамоним о,
Чапдаст қочиб қолдинг исноддан тайин.
Узоқ рол уйнадим бир ўзим танҳо,
Шерик кўмагига муҳтож бўлмайин.
Сен қуриб кеткур ёрдамингга бил,
Эҳтиёж сезмадим бирор бир марта.
Аста қочиб қолдинг қолдирдинг ғофил.
Пардалар ортида тинч соялардай,
Мен эса алаҳлаб, бўлиб шармисор,
борардим халойиқ турар бепарво.
Ўшандоқ шармисор ўшандоқ абгор,
Ўшандоқ ролдаман бир ў…
❤5👍1💅1🔥1
1 Aug 2026, 16:34 UTC315 views14 reactionsread 6 August 2026 Porla, mening yulduzim, yuksak,
Sovuq nurlar taratib ko‘kdan.
Qabr panjarasi ortidan
Sado bermas hech tirik yurak.
Avgust tuni tovlanib, javdar,
Ham to‘ldirib dala bag‘rini.
Uchib ketolmagan turnalar
Chekkan ohi ila og‘rinib.
Boshginamni tutganda baland,
Daraxtlarga, qirlarga boqib,
Hayolimni bir kuy etar band
Vatan sog‘inchini uyg‘otib.
Yakuniga umr ertagin,
Ko‘ngil sezar, qoldi juda kam.
Qabriston bag‘ridan erta…
❤5🔥5👏4
1 Aug 2026, 14:49 UTC266 views10 reactionsread 6 August 2026 Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyub jon-u jahon o‘rtar,
Bu ishq sirrin bayon qilsam taqi ul xonumon o‘rtar.
Kishiga ishq o‘tidin zarraye yetsa bo‘lur giryon,
Bo‘lub besabr-u betoqat, yurak-bag‘ri chunon o‘rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub-yondim firoqingda,
Oting tutsam, «Nigoro» debki, zavqidin zabon o‘rtar.
Qayu til birla, ey jono, seni vasfing bayon aylay,
Tilim lol-u ko‘zum giryon, so‘ngaklarim nihon o‘rtar.
Na qattiq…
❤4🔥4🥰2
1 Aug 2026, 03:22 UTC242 views13 reactionsread 6 August 2026 Тонг чоғи тун билан кундуз учрашди,
Тунда армон билан юлдуз учрашди,
Баҳор билан кузак — бахтхуш учрашди,
Тошлар учрашдилар, биз учрашмадик.
Булут замин билан йиғлаб учрашди,
Шамол куртакларни илғаб учрашди.
Висол ҳижрон билан минглаб учрашди,
Ёшлар учрашдилар, биз учрашмадик.
Ўлик зил тупроқни отди кўтариб,
Ғофил тирикларни топди ахтариб,
Йўқлик ва борлиқни оралаб, ғариб —
Бошлар учрашдилар, биз учрашмадик.
Сарху…
🔥6❤3😢3💋1
30 Jul 2026, 11:57 UTC299 views17 reactionsread 6 August 2026 Rashk
Seni o‘zimdan ham qizg‘onib, ammo
Gullarga beribman quchoqlaringni.
O‘zim tishlamayin bir bora hatto,
Zirakka beribman quloqlaringni.
Qizg‘onib, qizg‘onib nurli yuzingni
Quyosh nurlariga silatib qo‘ydim.
Sochingni o‘ynagan shamolni bugun
Qalbimga qamab, so‘ng uxlatib qo‘ydim.
Qo‘lingdan tutmadim hech qachon, biroq
Qaro munchoqlarga ushlatib qo‘ydim.
Izhorga atagan jur’atimni men
Senga bir qarashga ishlatib q…
❤5🔥5💋3😢3💘1
30 Jul 2026, 03:31 UTC387 views20 reactionsread 6 August 2026 * * *
Men xudo emasman,
Menga baribir,
Shart emas qarshimda bermog'ing javob.
O'zim vasl jannatin tilanib axir,
Ishq degan do'zaxda chekyapman azob.
Balki ko'p dillarga bergandirsan zeb,
Avvalgi gunohlar o'zing bilgan sir.
Ishontir yaxshisi farishtaman deb,
Men xudo emasman,
Menga baribir.
© @Anvar_Obidjon
🔥8❤5❤🔥5💯1🕊1
28 Jul 2026, 16:23 UTC417 views18 reactionsread 6 August 2026 Ogʻrindim.
Yigʻladi dalalar sim-sim,
Yaproqlar koʻksidan toʻkildi qoni.
Sen baxtsan, bu dunyo gʻamdir azizim,
Men qaygʻu ichidan topganman seni.
Koʻksim dashtlarida yovvoyi hislar,
Tilim uchlarida sen degan qoʻshiq.
Koʻksini quyoshga tutadi tog'lar,
Ey togʻim, nur ista, menga peshvoz chiq!
Sen - mehr!
Qoʻllarni senga Xudoyim
Bir mayin sochlarni silashga bergan.
Men -sehr!
Qoʻllarni menga Xudoyim
Senga shodliklarni …
❤8🔥4👏3🕊2😢1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @atorudniki. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.