5 Aug 2026, 19:06 UTC13 views1 reactionsread 11 August 2026 🦉
Eski fransuz tilida kakku qushi "cucu" deb atalar ekan. Koʻchma maʼnoda xiyonatga uchragan erni ham anglatgan. Kakku qushuning baʼzi turlarida urgʻochi kakkular tez-tez juftini almashtirib turar ekan-da, shunga shunday deyishgan ekan. ))
Ingliz tilidagi "cuckold" (xotini xiyonat qilgan er) soʻzi ham shu "cucu"dan kelib chiqqan ekan.
@acupofme_muniranorova
😁1
5 Aug 2026, 15:59 UTC14 viewsread 11 August 2026 🦉
Nick Walmsley "telbaroq/esi yoʻqroq" soʻzini ingliz tiliga "cuckoo" (oʻsha biz bilgan kakku qush) deb tarjima qilibdi. Menga juda yoqdi bu tarjima. "Cuckoo" soʻzining koʻchma maʼnosi: "esi yoʻq/gʻalatiroq/sal esdan ogʻgan".
Asl matnda ona 12 yashar oʻgʻliga bir odamni tasvirlayotib "Telbaroq odam boʻlsa kerak-da," deydi. Bu holatda juda mos variant tanlangan, menimcha. Chunki onalar bolalari bilan gaplashayotgand…
5 Aug 2026, 12:15 UTC15 viewsread 11 August 2026 #tarjima
Berganning betiga qarama.
"Never look a gift horse in the mouth" desa boʻlarmikan? 🤔
@acupofme_muniranorova
30 Jul 2026, 09:47 UTC28 viewsread 11 August 2026 #tarjimonlarga
"Necha yosh deb oʻylaysan (uni)?"
"Necha yosh berasan (unga)?" degan gap uchun
"How old do you think he is?" ning oʻrniga
"How old do you take him to be?" ni ham ishlatsangiz boʻladi.
take smb/smth to + verb = deb oʻylamoq, faraz qilmoq.
@acupofme_muniranorova
26 Jul 2026, 08:54 UTC40 views1 reactionsread 11 August 2026 💔
Bir insonni toshboʻron qilib oʻldirish uchun xalq qanchalik yovuz va vahshiy boʻlishi kerak?
😢1
24 Jul 2026, 12:01 UTC36 views4 reactionsread 11 August 2026 Photo
Kitoblar oxirida shrift haqida mana shunday maʼlumotlarni qoldirishlarini yaxshi koʻraman. Bir tomondan, har bir shriftning yaratilish tarixi, uning ortida turgan insonlarni bilishga qiziqsam, boshqa tomondan uni yaratgan muallifni tilga olib, unga ehtirom koʻrsatishlarini alohida hurmat qilaman. Chunki har bir shrift ortida kimningdir yillab qilgan mehnati yotadi. Misol uchun, mana shu rasmda tilga olingan Scala shr…
❤4
20 Jul 2026, 16:33 UTC135 viewsread 11 August 2026 💬 Shaxsiy fikrim:
"Facebook"da koʻzim tushib qoldi: "The Noble Laureate Award" nomli xalqaro mukofotga arizalar qabul qilinayotgan ekan. Dunyoda taniqli va nufuzli mukofotlar nomiga juda oʻxshash nom tanlash adabiy sohada ishonchsizlik belgisi hisoblanadi. Xalqaro adabiyotda va professional muhitda oʻz oʻrniga ega boʻlishni istagan tashkilotlar/loyihalar va hokazolar, avvalo, oʻz brendi, oʻziga xos nomi va munosib n…
19 Jul 2026, 15:42 UTC41 viewsread 11 August 2026 Ha, aytgancha, kitobini kimgadir oʻqishga berib turib, soʻng kimga berganini eslay olmaydiganlar uchun ham alohida boʻlimi bor ekan. 😅
19 Jul 2026, 14:55 UTC190 viewsread 11 August 2026 Photo
Qay bir kuni Muhiddin kitoblarining hisobini yuritish uchun qulayroq vosita izlayotgani haqida yozib qoldi. Kimlardir Excel dasturidan foydalanar ekan, baʼzilar Telegramda kitobning nomini yozib borishini aytgan. Shu muammoga yechim sifatida biror bir ilova bormikan deb qiziqib izlab koʻrgan edim, bir emas bir nechtasi chiqib keldi. Oralaridan Handy Library nomidagisini yuklab oldim. Javoningizdagi kitoblarning ISBN …
16 Jul 2026, 14:41 UTC38 views1 reactionsread 11 August 2026 😞
Bilaman, sen uchun parcha non qahat...
Rimga nega kelding, tunislik bola?
(Abdulla Oripov)
@acupofme_muniranorova
❤1
15 Jul 2026, 00:02 UTC44 views4 reactionsread 11 August 2026 Photo
🧳
Orzu qilaman: bir kun kelib bizda ham adabiy turizm paydo boʻladi, rivojlanadi. Bizning adabiyotni ham dunyo sevib oʻqiydi. Ijodkorlarimiz va ular yaratgan asar qahramonlarining izini izlab kelishadi kitobsevar sayyohlar.
@acupofme_muniranorova
👍4
11 Jul 2026, 13:19 UTC44 viewsread 11 August 2026 File
Qoʻshiqni tinglab koʻrishni istaganlar uchun
Showing the 12 most recent of 15 posts we hold for @acupofme_muniranorova. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.