6 Aug 2026, 09:39 UTC48 viewsread 6 August 2026 Abdulla Oripov
RUHIM
Vujud deganlari asli nimadir?
Dayr dengizida yurgan kemadir.
Bir kun bir qoyaga urilgay kema,
Ruhim, sen vujudning g‘amini yema.
Yuksak fazolarda aylagil parvoz,
Senda na ohang bor va na bor ovoz.
Senga na bo‘ronlar kor qila olur,
Seni na yo‘qotib, bor qila olur.
Sen misli kamalak — yuksak va so‘lmas,
Kamalakni esa parchalab bo‘lmas.
✍1969
Signed Mohigul Olimjonova
5 Aug 2026, 06:32 UTC75 viewsread 6 August 2026 Abdulla Oripov
MЕHRI ORTIQ ERUR...
Otaning qarg‘ishi bamisoli o‘q,
Tegadi, bir fursat kutmaydi derlar.
Garchi padar kabi bo‘lsa-da ulug‘,
Onaning qarg‘ishi o‘tmaydi derlar.
Asli yomonlikdan asrasin Xudo
Va yana asrasin javob-zahridan.
Ona shundayin bir qalbi keng siymo,
Mehri ortiq erur doim qahridan.
Signed Mohigul Olimjonova
1 Aug 2026, 14:50 UTC127 viewsread 6 August 2026 Abdulla Oripov
AVGUST
Bearmon suzdim men ummon bag‘rida,
Zerikkan chog‘imda nabiralar do‘st.
Olis Amriqoning chet bir shahrida,
Xayr-xo‘sh qilaman sen bilan, Avgust.
Mevalar g‘arq pishgan yurtimda hozir,
Kunduz jazirama, salqindir tunlar.
Ishkomlar hosilin ko‘targay bazo‘r,
Tugab ketgandir ham gurvak qovunlar.
Men bugun musofir, sargashta sayyoh,
Balki qumloqlarga singmish so‘zlarim.
Sen ham sog‘indingmi, ey ona…
Signed Mohigul Olimjonova
29 Jul 2026, 15:14 UTC395 viewsread 6 August 2026 Abdulla Oripov
BAYRAM
Toki tirik ekan dunyoda odam,
Unga hamroh erur goh shodlik, goh g‘am.
Ertang ne bo‘lishin bilmasman ammo,
Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram.
Yordan ayri kechsa — har lahza abas,
Vafosiz do‘stni ham do‘stim dema, bas.
Keng jahon sen uchun bo‘lmasdan qafas,
Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram.
Demagil, chopqirdir omadim manim,
Hech qachon belanmas loylarga sha’nim.
Ustingdan yozmas…
Signed Mohigul Olimjonova
24 Jul 2026, 12:59 UTC191 viewsread 6 August 2026 ABDULLA ORIPOV
FASLARIM
Yetaklashib qator va qator,
Yo'ldan o'tdi yetmish besh bahor.
U bahorlar meniki edi,
Bolam, bari seniki endi.
Yo'ldan o'tdi yoz bilan kuz ham,
Ular menga bo'lganlar hamdam.
Ikkovi ham meniki edi,
Egalik qil, seniki endi.
Ortda qoldi chamanlar, bog'lar,
Yo'l so'ngida ko'rindi tog'lar.
Muzliklarga borib yetdim men,
Faqat qishni ola ketdim men.
2016-yil 13-sentyabr
Xyuston
Signed Mohigul Olimjonova
16 Jul 2026, 14:22 UTC≈1,330 viewsread 6 August 2026 ABDULLA ORIPOV
POLIZ QO'RIQCHISI
Chaylamiz bor edi,
Dalada edik,
Jayralar o'ch bo'lar qovun-tarvuzga.
Har holda, cho'chitib turadi dedik ,
Qo'riqchi o'rnatdik bir kun polizga.
O'risning xochidek butani chopdik ,
Yerga qadab qo'ydik оyoq-dastakni.
Qaydandir eski bir shlyapa topdik,
Egniga kiygizdik yag'ir po'stakni.
G'aroyib qo'riqchi bo'lgandi paydo,
Dovdirar, tushsa gar shaytonning ko'zi.
Uzoqdan qorasin ko'rgan…
Signed Mohigul Olimjonova
16 Jul 2026, 00:27 UTC233 viewsread 6 August 2026 ...Aqlim tanidimu qoshimda shu kun,
Jasur akalarim safini ko‘rdim.
Ularning bari ham botir va durkun,
Men ular safiga she’r bilan kirdim.
Endi men eslayman ko‘zlarimda nam,
O‘sha davralarning otash sehrini.
Qo‘msab talpinaman gohi-gohi dam,
Jasur akalarim ajib mehrini.
Shunday paytda o‘zing aylagil shafqat,
Aka bo‘la qolgil menga, tabiat....
Abdulla Oripov "Tabiat" she’ridan parcha
Signed Mohigul Olimjonova
16 Jul 2026, 00:27 UTC226 viewsread 6 August 2026 Photo
Photo, posted without a caption
Signed Mohigul Olimjonova
15 Jul 2026, 14:43 UTC227 viewsread 6 August 2026 Forwarded from @yozuvchilar_uzPhoto
Ta’ziya
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli a’zolari O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning akasi, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Oʻsimlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi professori Abdurazzoq Oripovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Janoza namozi 2026-yil 16-iyu…
Signed Y.Kamalovna
4 Jul 2026, 16:40 UTC296 viewsread 6 August 2026 Bulut
Tiniq ko'l bag'ridan parcha oq bulut
Suzib chiqdi bir vaqt maviy osmonga.
Shamol qanotida yo'l oldi xushnud
Oshyonidan uzoq-uzoq tomonga...
Qaylarga shoshardi?! Bilmas edi u
Oshib o'tdi cho'llar, tog'lardan yiroq
Va bir kun kezishlar jonga tegdi-yu,
Qaytmoq bo'ldi shunda ortiga, biroq,
Biroq... yo'l bermadi shamollar haydab
Yig'lab bitdi bulut, sel bo'ldi ko'z yosh.
So'ng irmoq bo'ldi-yu, bilmaydi qayda...
Mak…
Signed Mohigul Olimjonova
3 Jul 2026, 07:48 UTC326 viewsread 6 August 2026 Abdulla Oripov
SIZDAN NIMA KЕTDI
Garchi, yashamadim beiqbol, nigun,
Garchi, davralarim nurlik, otashlik,
Nega, mening dilim, titraysan nechun,
Nechun yuragimni tirnaysan, g‘ashlik.
Ne bu, erta ketgan yoshligimmi bu,
Yoki do‘stlarimdan orttirgan hasrat?
Ne bu, qandayin his, qandayin tuyg‘u,
Qanday nomsiz mehr, ismsiz nafrat?
Qirq yil ham o‘tibdi misli bir damdek,
Qolgani ne kechar — menga noayon.
Vayrona tagida …
Signed Mohigul Olimjonova
3 Jul 2026, 04:46 UTC432 viewsread 6 August 2026 Абдулла Орипов
ЁШЛИГИМ
Олис қишлоғимнинг кўчаларида,
Тупроқни чангитиб юрган ёшлигим.
Жанубнинг юлдузли кечаларида,
Ухламай хаёллар сурган ёшлигим.
Орзулар қайгадир чорлади бир чоқ,
Ортда қолиб кетди у азиз тупроқ.
Кимгадир шогирду кимгадир ўртоқ,
Шеър билан суҳбатлар қурган ёшлигим.
Танидим юртимни, қадим элимни,
Алишер сўзлаган сулув тилимни.
Ва лекин ёвларим тўсиб йўлимни
Не забун кунларни кўрган ёшлигим.
Дун…
Signed Mohigul Olimjonova
Showing the 12 most recent of 18 posts we hold for @a_oripov. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.