7 Aug 2026, 02:34 UTC25 views3 reactionsread 7 August 2026 #Yangiijod
***
Chuvalashib yotar xayolning ipi,
Tugunni uzmoqqa pichoq topilmas.
Buzilib ketadi koʻngil tartibi,
Bir quchib, oʻnglashga quchoq topilmas.
Qavat-qavat boʻlar koʻksimda armon,
Tizim-tizim boʻlar kiftimda togʻlar.
Osmon bagʻridaman, fikrimcha, hamon,
Kimdir qanotlarim qoʻyadi bogʻlab.
Chuvalashib ketar ogʻir qadamlar,
"Kel! Yur!" deb chorlovchi bormi biror yoʻl?
Duch kelsa-da qancha yaqin odamlar,
Yelk…
❤🔥2💔1
6 Aug 2026, 10:44 UTC65 views7 reactionsread 7 August 2026 Dildan suhbat quramizmi?
https://t.me/QuestionUz_Robot?start=bd0fa67a64774f
Ustiga bosing va koʻnglingizdagi gapni yozing, savollar boʻlsa ham marhamat. Yaxshi xabarlarni kanalga joylaymiz. (Kimdan xabar kelgani koʻrinmaydi😉)
👉@Xushnud_BEK1 — Biz hali boshidamiz!
❤🔥4🔥2❤1
5 Aug 2026, 05:02 UTC106 views15 reactionsread 7 August 2026 Photo
Koʻzimda yosh,
Soʻzimda yosh,
Koʻnglimda yosh,
Odamizod bu dunyodan oʻtib borar...
Usmon Azim
Bugun Oʻzbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova 75 yoshda dunyodan koʻz yumdilar. Ustozni Olloh rahmatiga olsin.
👉@Xushnud_BEK1
😢13❤1💔1
4 Aug 2026, 09:58 UTC126 views16 reactionsread 7 August 2026 Photo
#Yangiijod
***
Buyogʻi ishq boʻlar, buyogʻi sevgi,
Oyogʻi sinadi hijronlarimning.
Ming yilki kelgandim oʻzimni yengib,
Endi sarhadi yoʻq suronlarimning.
Buyogʻi ishq boʻlar, boʻlar muhabbat,
Vulqonlar hasadda oʻtli koʻnglimga.
Ming yilki jununvash kezgandim faqat,
Yana bir telbavor chiqdi yoʻlimdan.
Saroblar oqyotgan tomirlarimga
Joʻshqin tuygʻularni koʻchirdi bir kaft.
Ming yilki sovuqqon satrlarimga
Yovvoyi tulp…
❤🔥7👍5💔2❤1🔥1
2 Aug 2026, 10:03 UTC150 views12 reactionsread 7 August 2026 #Yangiijod
***
Gujum barglarini oʻynar garmsel,
Saraton simirar zaxkashlar suvin.
Zamin borgan sari qizgʻin, olovfeʼl,
Quyosh soyalarni yuradi quvib.
Paykallar oralab yurgan obdorning
Ketmonin damida yaltirar hayot.
Shaharda sheʼr istab yurgan bedorning
Bu holat tushiga kirmaydi hayhot.
Traktor qar-qarlab oʻtadi shomda,
Javzoning charchogʻin olar issiq choy.
Ukam oʻtin tashlab beradi tomdan,
Onam supamizga solib q…
❤🔥8🥰2❤1🔥1
1 Aug 2026, 15:33 UTC142 views9 reactionsread 7 August 2026 File
#musiqa
Agar dilga dil qovushsa — jannat boʻlar...
Demak, Yerda jannat qurmoq oson emas.
✍ Mansur Jumayev
🎤 Gulbahor Erqulova
Koʻzni yumib eshitadigan ijro boʻlgan.
👉@Xushnud_BEK1 — Biz hali boshidamiz!
🔥6❤2❤🔥1
30 Jul 2026, 14:59 UTC175 views14 reactionsread 7 August 2026 Qarsaklar
Sen ishonding bu qarsaklarga
Va kekkayding bamisli xoda.
Sotding, sotib qoʻyding oʻzingni,
Yana — juda arzon bahoda.
Farosating yetmadi, afsus,
Bu qoʻllar qarsillab tolmaydi.
Taltaytirib otar osmonga,
Lekin — hech vaqt ilib olmaydi.
Matnazar Abdulhakim
👉@Xushnud_BEK1 — Biz hali boshidamiz!
🔥7❤3❤🔥3💯1
28 Jul 2026, 02:02 UTC256 views6 reactionsread 7 August 2026 Assalomu alaykum barchaga!
Bugun siz uchun yangi imkoniyat:
"KUTILMAGAN QO‘NG‘IROQ" — mehrni ovozga aylantiruvchi kanal endi faol!
Yaqinlaringizni kutilmagan qo‘ng‘iroq bilan xursand qiling.
Tug‘ilgan kun, bayram yoki shunchaki mehr ifodasi —
biz sizga unutilmas lahzalar taqdim etamiz
📲 Aloqa uchun:
👤 @Robiyabonu_A
https://t.me/AbdullahadovaRobiyabonu
Har so‘zda muhabbat, har lahzada mehr!
🔥5❤1
27 Jul 2026, 06:29 UTC235 views11 reactionsread 7 August 2026 Photo
#tugʻilgan_kun
Bugun 27-iyul shoir Xurshid Abdurashid tavallud topgan kun. Shoirga uzoq umr, sihat-salomatlik, hayot va ijod yoʻllarida ulkan zafarlar tilaymiz.
***
Seni sogʻinmayman. Qarorim qatʼiy.
Sabrim hali yetar sensiz yashashga.
Senda ham zorlik yoʻq, koʻzingdan sezdim
Men tomon bir bora kulib qarashga.
Oʻrtada sevgi yoʻq.
Yuraklar boʻm-boʻsh
Koʻzlarim sendan ham boshqani koʻrar.
Yurakmi...
Yurak ham emas b…
❤🔥6👍3❤2
27 Jul 2026, 02:50 UTC199 views12 reactionsread 7 August 2026 Assalomu alaykum barchaga!
Kanalga yangi qoʻshilgan obunachilarimizga xush kelibsiz deymiz. Albatta, bu kanal siz uchun manfaatli boʻladi degan umiddamiz.
Kechagi efirimiz ham juda ajoyib boʻldi. Oʻzimizning ijoddan va yoqtirgan sheʼrlarimizdan oʻqidik. Berilgan savollarga qoʻldan kelgancha javob berdik.
Menga eng katta faxr bergan narsa bu kanalni kuzatuvchilar orasida ozarbayjonlik qardoshlarimiz ham bor ekan. M…
❤🔥6👍5❤1
Live stream finished (1 hour)
Live stream started
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @Xushnud_BEK1. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.