1 May 2026, 12:31 UTC145 views3 reactionsread 7 August 2026 Photo
"Epic Games" onlayn magazinida "Hogwarts Legacy" o'yinini tekinga olishingiz mumkin! Ushbu aksiya 3-maygacha davom etadi, ungacha o'yinni akkauntingizdagi kutubxonaga qo'shib qo'yishga shoshiling!
Gaming kompyuteri yo'qlar ham Epic Gamesda akkaunt ochib, o'yinni olib qo'yishlari mumkin, keyinchalik tekinga o'ynash uchun!
Bu postni Garri Potterga qiziqadigan tanishingizga yuboring))
@TheCyberAli
🔥3
23 Apr 2026, 21:55 UTC199 views3 reactionsread 7 August 2026 Nihoyat, uzoq kutilgan Assassins Creed: Black Flag o'yinining remeyki rasman e'lon qilindi. Reliz sanasi shu yilning 9-iyul sanasiga belgilangan. O'yinning standard versiyasi narxi $60, Delux varianti esa $70 etib belgilangan.
https://www.youtube.com/watch?v=7hkFaTypP1Q
custom 54045972954947405793
29 Mar 2026, 16:07 UTC272 views5 reactionsread 7 August 2026 Photo
Orada biroz muddat tanaffusdan so'ng, "O'yin ichida" loyihasini yana davom ettirsak.
Bu safar Playstation konsollaridagi eng mashxur franshizalardan biri bo'lgan "Uncharted" seriyasining 4-qismi, "A Thief's End" (O'g'rining yakuni) o'yinining syujet qismi hikoyasi bilan tanishamiz:
https://youtu.be/l9fAfzbHDjY
custom 54339911497254322033👍1🔥1
24 Feb 2026, 17:28 UTC354 viewsread 7 August 2026 Photo
Insomniac kompaniyasi ishlab chiqayotgan "Wolverine" video-o'yini nihoyat, 15-sentyabrda reliz qilinishi e'lon qilindi.
Bu o'yin adashmasam 2020 yoki 2021-yilda prodakshnda ekani e'lon qilingan edi.
@TheCyberAli
15 Feb 2026, 09:59 UTC344 views2 reactionsread 7 August 2026 Photo
😎 Salkam 2 hafta davom etgan tanaffusdan so'ng, nihoyat, "O'yin ichida" loyihasining navbatdagi qismini tayyorladim. Bu safargi videoni tayyorlashga kutganimdan ko'ra uzoqroq vaqt ketdi va shu bilan birga, video ham oldingilaridan ko'ra uzunroq bo'ldi.
Bu safar, "🎮Marvel's Spider-Man" video-o'yinining 1-qismidagi voqealar bilan tanishamiz. Videoni youtubeda tomosha qiling:
https://youtu.be/woqV6ntqCLM
@TheCyberAli
custom 54183475473935381582
13 Feb 2026, 00:48 UTC279 viewsread 7 August 2026 Photo
Bir necha soat oldin bo'lib o'tgan "Playstation"ning "State of Play" taqdimotida PS uchun taqdim qilinadigan bir qator yangi o'yinlar e'lon qilindi. Ularning orasida "God of War" original trilogiyasining remeyki ham bor.
Trilogiya remeyki necha yildan keyin taqdim qilinadi, bunisi hozircha qorong'u, lekin quvonarlisi, ko'pchilikning talab va xohishlarini inobatga olgan holda, bu ishga bel bog'lashgani va Kratos uchu…
2 Feb 2026, 10:03 UTC289 views5 reactionsread 7 August 2026 Photo
Youtubedagi navbatdagi videoda bu safar "Mafia" video-o'yinining hikoyasi bilan tanishamiz. 2002-yilda reliz qilingan va 2020-yilda remeyk chiqarilgan o'yinda bosh qahramon Tommi Enjeloning hayotini o'rganamiz.
https://www.youtube.com/watch?v=3LnX4DTAFfs
Videoga layk bosishni, kanalga obuna bo'lishni va bu postni kompyuter o'yinlariga qiziqadigan tanishlaringizga ulashishni unutmang))
@TheCyberAli
custom 54339911497254322034👍1
25 Jan 2026, 09:01 UTC361 views4 reactionsread 7 August 2026 Photo
Youtubeda ham yangi loyiha boshladim. Ushbu loyihada video-o'yinlarning syujet qismini hikoya qilib beraman. Bu orqali ushbu o'yinni o'ynamasdan turib ham undagi voqealarni bilib olishingiz mumkin bo'ladi.
https://youtu.be/BJCrY8cDMTs
P/s: bu uslubda 1-marta video tayyorlashim. Kamchiliklari bo'lsa, chidaysizlar endi😑
@TheCyberAli
custom 54046632103578300334
22 Jan 2026, 00:06 UTC359 views1 reactionsread 7 August 2026 Photo
2020-yilda e'lon qilingan remeyk proyekti butunlayga to'xtatildi.
Ubisoft kompaniyasi keyingi yillar uchun moliyaviy taqsimotni qayta-ko'rib chiqish chog'ida 6ta proyektni bekor qildi, 2ta shahardagi studiyani yopdi va 7ta o'yin relizini keyinroqqa qoldirdi.
Surilgan proyektlar oradida "Assassin's Creed: Black Flack" o'yinining remeyk versiyasi ham bor edi.
@TheCyberAli
👍1
18 Jan 2026, 23:25 UTC318 viewsread 7 August 2026 Photo
Internetdagi gap-so'zlarga tayanadigan bo'lsak, Rockstar va Take-Two kompaniyalari saraton bilan kurashayotgan bemorga GTA6ni ertaroq o'ynash imkonini berishga rozi bo'lishgan.
LinkedIndagi foydalanuvchi oila a'zosi saraton bilan bir necha yildan beri kurashishini, umri 6-12 oy qolganini va GTAning ashaddiy muxlisi bo'lgani uchun o'yinni oldindan o'ynab ko'rish imkoniyatini berishlarini so'ragan. Va keyingi postda …
17 Jan 2026, 09:34 UTC252 viewsread 7 August 2026 Photo
"Epic Games" magazinida "Detroit: Become Human" o'yinini chegirma bilan $5ga sotib olishingiz mumkin ekan.
O'yin juda chuqur syujetga ega, ekshndan ko'ra ko'proq kino ko'rib o'tirgandek his qilasiz. Bundan tashqari o'yin sizning tanlovlaringiz asosida bir necha xil yakun topishi, voqealar rivoji ham turlicha bo'lishi mumkin. Shu sababli ham bir necha marta qayta o'ynab ko'rishga arziydigan o'yin bu.
UPD: Steamda o'…
16 Jan 2026, 17:45 UTC233 viewsread 7 August 2026 Photo
🎮 Amazon Prime tomonidan suratga olinadigan "God of War" serialida Kratosni Ryan Hurst ijro etadigan bo'ldi.
Aktyor bundan oldin "The Walking Dead" va "Sons of Anarchy" seriallari orqali tanilgan edi. Shuningdek, "God of War: Ragnarok" video-o'yinidagi Thor obrazini ham anan Ryan Hurst ijro etgan.
Serialni suratga olish ishlari shu yilning bahorida boshlanishi rejalashtirilgan.
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @TheCyberAli. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.