14 May 2025, 00:16 UTC126 views7 reactionsread 12 August 2026 Ketar bordir...
Bilib qo'yki, kelibsanmi,
Biror bir kun ketar bordir.
O'lmog'ingni bilibsanmi,
Ajal domi tutar bordir.
O'zing haq deb yashar erding,
Noming inson atar erding,
Axloqing ne bo'lar eding,
Bor-budingni yutar bordir.
Do'stni do'st deb bilarmisan,
Yoki manfaat bilarmisan,
O'lmayman deb bilarmisan,
Har odamki o'tar bordir.
Yashash go'zal, orom erur,
Olgan albat bir kun berur,
Har kim rizqin asta terur,
T…
👍4❤2👏1
4 Jul 2024, 16:00 UTC106 viewsread 12 August 2026 Yozmoqqa urindim to'rt satr misra
Dardlarim daryodek toshgani uchun.
So'z kelmay bir nima yozolmay qoldim
Aqlim dunyolardan shoshgani uchun.
Ne deyay jigarlar go'yo begona
Pul deya dushmanlar bo'ldi do'stona
Bugun xatlab ko'cha chiqsam ostona
Yiqildim, alamim toshgani uchun...
Sabrlar sinaldi, sindi ko'ngillar
Har tomon boshladi oldinda yo'llar
Haq-nohaq talashib o'tdi bu yillar
To'xtadim, sochga oq tushgani uchun.…
22 Sept 2023, 10:28 UTC112 viewsread 12 August 2026 ҚИЗЛАРИМГА
Дуо айлай – эй Яратган Парвардигор
Икки дунё ёруғ қилсин юзларимни.
То ҳаётман, айтадурман такрор-такрор,
Минг ўғилга алишмасман қизларимни.
Тақдир менинг сўқмоғимдан йўл очса ҳам,
Ҳар бир босган қадамимдан гул очса ҳам.
Бошгинамдан кунда тилло, зар сочса ҳам,
Минг ўғилга алишмасман қизларимни.
Сабр қилдим, ожизларга Тангри ёрдир,
Гарчи қисмат қилмишидан сочим қордир.
Қизларимдан бўлак яна кимим бордир?…
19 Sept 2023, 06:36 UTC65 viewsread 12 August 2026 Чўчқалар ғингшийди, чордона қуриб,
Улар билан суҳбат қурмаганимга.
Дунё ташвишини бир четга суриб,
Дунёнинг кайфини сурмаганимга.
Эшаклар – норози, сўзимда туриб,
Келганда, ўрнимдан турмаганимга.
Ҳурмати учун гоҳ елиб- югуриб,
Хизматини қилиб юрмаганимга.
Маймунлар ҳайрондир, баъзан, қон қусиб,
Кулгим келмаганда кулмаганимга.
Арзимас дардларим қимматга тушиб,
Қувончимни текин пуллаганимга.
Итлардан балога қолдим, …
22 Feb 2023, 21:15 UTC97 viewsread 12 August 2026 Qizgina...
Shamollardan qizg'onganim, qizgina,
Yuragimdan sog'inganim, qizgina.
Yomg'ir yog'sa, yuraklari shuvillab,
Yuviladi oppoqqina yuzgina,
Mehribonim, qizbolajon, qizgina...
Arzimasmi, sevdim desang yuzimga,
Ishongin-da, sevdim degan so'zimga.
Tikilganlar qancha erur izimga,
G'ururlangan, qizsan ex essizgina,
G'ururligim, qizbolajon, qizgina!..
Paymonamni to'ldirmigin, azizam,
Orzularim o'ldirmagin, azizam,
…
21 Mar 2022, 16:13 UTC133 viewsread 12 August 2026 Har boshki, aziz boshdir
Xatolar - ko'zu yoshdir
Umr bu - sabr-bardoshdir...
Yashasak, yashay olsak!
21 Mar 2022, 16:07 UTC122 viewsread 12 August 2026 Boshimni ursam toshga,
Dard to'lar yana boshga,
Kiraman keksa yoshga
Yashasam, yashay olsam...
21 Mar 2022, 16:03 UTC113 viewsread 12 August 2026 Poll
Ushbu she'rni davom ettiraymi?
- Ha84%
- Yo'q16%
Shares as published. No per-option vote count is published by Telegram, so none is shown.
21 Mar 2022, 16:00 UTC119 viewsread 12 August 2026 Boshimni g'amlar buksa,
Ko'zlarim yoshlar to'ksa,
Netay yov belim buksa?
Yashasam, yashay olsam...
21 Mar 2022, 15:59 UTC120 viewsread 12 August 2026 Yashasam, yashay olsam,
Yuzlardan osha olsam,
Dardlardan g'olib bo'lib,
Yashasam, yashay olsam...
28 Jan 2022, 04:44 UTC140 viewsread 12 August 2026 #nazm #monolog
Erk yodi singari xaroba vujud
yaqinlashib soʻrar mendan –
lahaddan:
ayt, sening ham ketging keladimi hech,
bu Ketmoq istagi nomli shahardan?
Sharpalar sukutin yelkalab borgum,
manozil mavhumdir – yitgan, toʻzgʻigan.
Ruhimni chorlaysan,
men esa bu dam
bir poklik izlayman hirschil koʻzingdan.
Bir poklik izlayman,
bari noravo,
bilasan, azaldan qulga xosdirman.
Ishon, lek shubhalan,
bil, lek bildirma –
a…
6 Sept 2021, 21:37 UTC149 viewsread 12 August 2026 Tunda turing, ko'zni ochingiz,
Tahajjudga quvvat topingiz.
Neki istak bo'lsa Xudodan,
Bayon aylang qilib ziyoda.
Ijobati Haqqa havola,
Toatni siz qiling ishq ila.
Ham suyukli banda bo'lursiz,
Eng sevikli tanda bo'lursiz.
Dardingizni aritgay Alloh,
Mo'jizaga bo'lursiz guvoh.
©Sabriy.
2021 yil 7-sentyabr, seshanba, 2:36.
@SHOIRSABRIY
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @ShoirSabriy. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.