27 Jan 2026, 17:00 UTC79 viewsread 10 August 2026 Xudo meni jazolamoqda.
Yaqin-yaqingacha Xudosizlik, gumon va shubhalarni yelkamda olib yurganim uchun o'zim kabilar bilan jazolayabti. Ahvolimni qisqa va aniq qilib tushuntiradigan bo'lsam, Bulgakovning Berliozi(Usta va Margarita) kabi arosat o'tidaman. Ha, men shunga va bundan ortig'iga loyiqman!
Ichim shu darajada alam, kir va g'uborga to'lib ketgan. O'zim kabilar basharamga o'yna tutib turishibti. Men aksimga qaro…
Signed Maftuna Umrzoqova
9 Jun 2025, 03:01 UTC240 viewsread 10 August 2026 Photo
Sen esa har yili o'lik tug'ulaverasan-tug'ulaverasan
Odamlar hammasini teskari qilishadi. Tezroq katta bo'lishni istashadi, ulg'aygandan keyin esa bolalikni qo'msashadi. Sog'liklarini pulni deb yo'qotishadi, keyin esa pulni sog'ayish uchun sarflashadi. Kelajak haqida o'y surishadi, shuning uchun hozirni o'tkazib yuborishadi, natijada ham kelajak, ham hozirdan mosuvo bo'lishadi. Xuddi hech qachon o'lmaydiganday yasha…
Signed Sarafroz
3 Feb 2024, 16:52 UTC642 viewsread 10 August 2026 Kuchli og'riq! Adabiyotga qaytishni istayman. Chunki unda qondirilmagan chanqoqlarim bor.
Shu kunlarda o'zimni to'lg'oqdan azoblanayotgan ayoldek his qilyabman. Nima bo'lsa ham muddatidan oldin tug'ulmasin...
Signed Sarafroz
31 Dec 2023, 12:14 UTC671 viewsread 10 August 2026 2023-yilni shifoxonada yotib sarhisob qilyabman. Ushbu yilda hayotimdagi eng katta xatoni qildim. O'zimni unutib, o'zgalar uchun yashamoqchi bo'ldim, atrofdagilar qistovi bilan tumushga chiqdim. Ammo barbir eplolmadim. 2024-yilda shu xatoyimni tuzatishni rejalashtirdim.
Aslida, meni tug'ulishimni o'zi katta xato edi. Endi umrim davomida shu xatoni tuzatishga urunib yashayman...
Signed Sarafroz
29 Nov 2023, 16:26 UTC674 viewsread 10 August 2026 Forwarded from @dil_siniqlari
* * *
Ўзинг асра, Худойим, сўнмоқда икки қуёш,
Бири кўкда, бирови чап кўксимда жонталош.
Улар каби кечира оламанми ўзимни?
Бул икки қуёш менинг оғдирди-ку эсимни.
Кўз қамашмас нурлардан сўнади иккови ҳам,
Қай бирин тафти баланд — аввал топгуси барҳам.
Signed Maftuna Umrzoqova
16 Oct 2023, 14:11 UTC568 viewsread 10 August 2026 Kelin bo'lib, tush ko'rishga ham qo'rqadigan ishlarni qilyabman.
Kir yuvyabman, uylarni chinni qilyabman,qishloq muallimchasi bo'lib, ishga birib kelyabman orada. O'zim o'ylaganimdan chqqon qiz ekanman. Ota uyimdagilar yashash shu deyishdi, men ham ularni so'zini yashab beryabman. O'zimni ko'mganimga ancha bo'ldi.
Signed Maftuna Umrzoqova
16 Oct 2023, 14:07 UTC520 viewsread 10 August 2026 Aytgancha, turmishga chiqdim. Uzulishlar bilan bo'ladigan stress jonga tegdi, davomiysi kerak edi. Yigitni ta'riflaydigan bo'lsam, tanlab-tanlab o'qimagan, oddiy jaydari qishloq bolasiga tegdim. To'g'ri, ja boladek bo'lmasada, ko'rganlarim ichida soddadil va bug'ubor muhabbati bor. Bugun 16-kun, hozircha sabr-kosam to'lmadi. Lekin bularni bari tugaydi, men bilan birga tugaydi, bu aniq va oz qoldi...
Signed Maftuna Umrzoqova
16 Aug 2023, 16:18 UTC481 viewsread 10 August 2026 Photo
орадан неча йил ўтди, шеър актуаллигича қолди
@kishanbandim
Signed Sarafroz
14 Jun 2023, 16:32 UTC481 viewsread 10 August 2026 File
File, posted without a caption
Signed Sarafroz
14 Jun 2023, 16:32 UTC488 viewsread 10 August 2026 Photo
«Сени бутун ёз бўйи севаман» – бу ҳархолда ишончли гап, бутун умр севаман дейишдан кўра.
У мойчечакка ўхшарди.
Баъзан севарди, баъзан севмасди.
Қаерингиз оғриса – жим бўлинг, йўқса айнан ўша ерга зарба берадилар.
Мен ҳақимда нима ҳам билишинг мумкин, бир мартаям ёнимда тунамаган ёки бирга ичмаган бўлсанг?
Марина Цветаева
@mittihaqiqatlar
Signed Sarafroz
9 Jun 2023, 14:51 UTC390 viewsread 10 August 2026 Bir silkitib qo’ydi bu hayot,
Bir silkinib yig’ladim bunda…
@Муслимбек Мусаллам
Signed Sarafroz
8 Jun 2023, 20:06 UTC403 viewsread 10 August 2026 Photo
An'anani buzmay
Signed Sarafroz
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @Sarafroz17. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.