23 Jan 2026, 03:22 UTC428 views5 reactionsread 7 August 2026 Photo
#Olam
Qish, yog‘ayotgan qorlar, oppoq ko‘chalar, sirpanchiq yo‘llar — barcha-barchasi oqil kishini tafakkurga chorlaydi, Xoliqni qudratini, bandani ojizligi eslatadi. Kishini Mavlosi bilan ko‘p-ko‘p bog‘lanishga undaydi. Ko‘rmaysizmi, piyodani qor ustida yurayotib "Xudoni qudratini qara-ya" deyishini-yu, haydovchining "Ey Xudo, O‘zing asra" deb manziliga eson-omon yetib olishni takror-takror so‘rashini.
Alloh taolo…
❤4👍1
17 Aug 2025, 17:08 UTC851 views15 reactionsread 7 August 2026 #Odam
Hayotimni shu davrigacha ko‘p amin bo‘lganim, jamiyatga qo‘shilib, o‘z yo‘lingizni boshlab olayotganingizda — xoh bu maktab, kollej yoki universitet bo‘lsin — agar o‘z ichki olamingizni, ruhingizni tarbiyalab olmasangiz, bunga harakat ham qilmasangiz, oldiga bir oliy maqsad qo‘ygan inson sifatida hayotingizda ko‘p qiynalasiz.
Samimiy insonlar atrofimizda juda oz. Ishonavering, hattoki o‘zimiz ham ko‘pincha sa…
❤12👍3
3 May 2025, 11:22 UTC≈1,050 views18 reactionsread 7 August 2026 Photo
#Olam
Ona mushukning mo‘jizaviy teginishi
Ona mushuk bolalarini bo‘ynining orqa qismidan tishlab ko‘tarib yurishini hech kuzatganmisiz? Bu shunchaki ajoyib ko‘rinish emas — bu yaratilishdagi haqiqiy mo‘jiza!
Mushuk bolalarini shu tarzda ko‘targanda, ularda tabiiy refleks yuzaga kelib, tinch va harakatsiz holatga tushadi. Bu instinktiv javob ularni tashish paytida xavfsiz va osoyishta qolishini ta’minlaydi.
Bilasiz…
❤11👍7
31 Jan 2025, 16:31 UTC≈1,400 views9 reactionsread 7 August 2026 Photo
#Odam
Singan yurak sindromi haqida eshitganmisiz?
Ushbu sindromning rasmiy nomi takotsubo kardiyomiyopatiya (yoki takotsubo sindromi) bo‘lib, sakkizoyoq ovlashda qo‘llaniladigan qozon shaklidagi an’anaviy yapon quroli sharafiga shunday nomlangan.
Takotsubo kardiyomiyopatiya nisbatan noyob bo‘lishiga qaramay, kuchli hissiy yoki jismoniy stressga duch keladigan kishilar ushbu holatga ko‘proq moyil bo‘lishadi.
Yurak…
👍8❤1
29 Oct 2024, 16:12 UTC≈1,630 views11 reactionsread 7 August 2026 Photo
#Odam
Dakriostenoz — burun-ko‘zyosh yo‘lining yopilib qolishi yoki yaxshi rivojlanmaganligi natijasida yuzaga keladigan tug‘ma yoki orttirilgan holat bo‘lib, ko‘z yoshlarini ortiqcha yig‘ilib qolishiga olib keladi. Ushbu holat yunoncha dákryon ("yosh") va stenósis ("torayish") so‘zlaridan olingan.
Maza qilib yig‘lash ham ne’mat ekan! :)
👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!
❤6👍3😢2
13 Oct 2024, 18:06 UTC≈1,530 views8 reactionsread 7 August 2026 Photo
Boshqa suyaklar bilan bo‘g‘im hosil qilishdan behojat tilosti suyagi haqida gap ketganda hakim zotlarni quyidagi so‘zini eslayman:
Odamlarni qo‘lidagi narsadan noumidligingni izhor qilib tur. Haqiqiy boylik, behojatlik — shudir.
👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!
❤4👍4
1 Oct 2024, 17:10 UTC≈1,290 views9 reactionsread 7 August 2026 Video
#Odam
Ko‘cha-ko‘yda shu mashinani ko‘rib, ovozini bir kunda necha marotaba eshitamiz? Ko‘p.
Shu mashinaga ishi tushgan kishilar salomatlik, ofiyatni bu dunyodagi haqiqiy baxt, boylik deb biladilar.
Shundoq ko‘z oldimizda bizdagi bor tinchlik, salomatlik, ofiyatga muhtojlar bor!
👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!
❤6👍3
22 Sept 2024, 16:46 UTC≈1,320 views17 reactionsread 7 August 2026 Video
VIDEO: #Odam
● O‘z yuragini ko‘rmagan, ammo uni urayotganini biladi.
● O‘pkasini ko‘rmagan, ammo nafas olayotganini sezadi.
● Oshqozonini ko‘rmagan, ammo ovqati hazm bo‘layotganiga ishonchi komil.
● Buyragi-yu, ichak-chavoqlarini ko‘rmagan, ammo ularni faoliyati kundek ravshan.
● Jigarini ko‘rmagan ammo, sariq kasal emasmi, demak yaxshi ishlayapti.
O‘z tanasi ichidagi ko‘rmagan a’zolarni faoliyatiga ishonadi, atrof…
❤13👍4
6 Sept 2024, 04:47 UTC≈2,360 views8 reactionsread 7 August 2026 Video
#Odam
Ko‘zning qorachig‘i va rangdor pardasiga yaqindan nazar
Ulamolar ixlosga ishora qilib aytadilarki, qalb ko‘zi (basiyrat) — tanadagi ko‘z kabidir. Unga biron nima kirgudek bo‘lsa (bezovta qilib) ko‘rishga xalaqit beradi.
(Ya’ni qalb ko‘ziga ham biron illat aralashib, kirgudek bo‘lsa, bir ishni ixlos bilan qilishga bermaydi, uni ketkazadi, natijada qalb xastalanadi).
👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!
👍5❤3
4 Sept 2024, 17:07 UTC≈1,040 views9 reactionsread 7 August 2026 Video
#Odam #Olam
Inson ba’zida qizg‘in ketayotgan dunyo ishlaridan biroz ortga qadam tashlab yolg‘iz tafakkur qilishga, bu dunyo mohiyatini yodga olishga ehtiyoj sezadi.
Har safar to‘xtovsiz yurayotgan mashinalar qatnovini ko‘rsam, o‘zimni shahar markazida his qilaman. Bir damga to‘xtayman. "Shukr qilmaymizmi?" yodimga tushadi..
Tungi tafakkurga nima yetsin!
👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!
❤9
28 Aug 2024, 07:12 UTC≈1,030 views8 reactionsread 7 August 2026 #Odam
Kunlar qisqargan kuz va qish mavsumida, quyosh nuri ozligi miyaning gipotalamus qismi o‘z vazifasini bajarishiga ta’sir qiladi. Bu o‘z o‘rnida tanamizdagi melatonin, serotonin kabi gormonlarning miqdori, tananing ichki soati o‘zgarishiga olib keladi.
Melatonin — uyqu gormoni. Uning tanamizda ishlab chiqarilishi ko‘zimizga tushayotgan yorug‘lik darajasiga bog‘liq. Yorug‘likda kamayib, qorong‘ilikda ko‘payadi…
👍5🤩3
27 Aug 2024, 03:17 UTC887 views15 reactionsread 7 August 2026 Photo
#Tashakkur
O‘zlariga hech aytmagan bo‘lsam-da insoniyatga, mo‘min-musulmonlarga, xalqimga, xususan ayol-qizlarga xizmat qilaman, jamiyatdagi bir bo‘shliqni to‘ldiraman deb kunini tuniga ulab, jidd-u-jahd, sabr-u-matonat bilan o‘qiyotgan bo‘lajak tabibalar — ayol-qiz kursdoshlarimga, shu yo‘lni bosib o‘tib xizmatga belini bog‘lagan ustozalarimga hurmatim cheksiz.
Ertaga biz o‘z yaqinlarimizni olib borishni ravo ko‘r…
👍8❤7
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @OdamOlam. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.