5 Aug 2026, 15:23 UTC244 views4 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @sitorabonu_audiolarPhoto
Assalomu alaykum, azizlarim!
Oyina.uz da "So‘zmunchoq" loyihasi doirasida chop etilgan she'riy to‘plamlar bo‘yicha yozgan maqolam chop etilibdi. So‘zmunchoqchilarni ham tabriklayman!
Maqolani shu yerni bosib o‘qisangiz bo‘ladi
@sitorabonu_audiolar
🔥2❤1🥰1
27 Jul 2026, 14:24 UTC658 views21 reactionsread 7 August 2026 Photo
***
Oy qarmoqqa tushdi, negadir osmon
Bir Barchinsiz qolgan elga oʻxshaydi.
Yo Alpomish yurgan yurtlari tomon
Yo sevgisiz qolgan dilga oʻxshaydi.
Oy qarmoqqa tushdi, kim tutdi uni
Qoʻrquvda yashagan kunlari kammi?
Nega baliqchilar chiqarmas unin,
Nega ishi boʻlmas butun olamni?
Oy qarmoqqa tushdi,
ma’yusdir koʻzi –
Hamma har tarafda asraydi jonni.
Hamma har tarafga tortib oʻzini
Yakkalatib qoʻydik, axir osmonni.
O…
❤13🕊4👍2👏2
26 Jul 2026, 15:36 UTC519 views26 reactionsread 7 August 2026 Photo
***
Oqshom xayol surgan qiz,
Xayolidek yer shari,
oyni argʻimchoq qilib
Musichalar sayrashar.
Endi bu qushchalar ham
Oq yoʻl bilan yozar xat.
Oqqa boʻyalar osmon
Oh, bu qanday muhabbat!
Sachrab tushar koʻzimdan,
Simillab turgan roʻyo.
Rang kiradi siyohga
Siyohga doʻnar dunyo.
Yulduzlarga oʻtindim,
Uchmagil bundoq azim.
Bunda yozish xatardir
Oʻsha xatni azizim.
Kel, sen meni oʻzing yoz
Kel, sen meni oʻzing chiz!
I…
❤15🕊4👍2🔥2😢2👏1
26 Jul 2026, 08:41 UTC426 views36 reactionsread 7 August 2026 Photo
#kundalikdan
Koʻzyoshini oʻzi artib, yana oynaga qarab kipriklarini boʻyay olgan, yuziga upa sura olgan qizdan qoʻrqish kerak emas. Shunchaki uni sevish kerak!
Zero, undan qoʻrqib boʻlishgan…
@Nilufar_Ergasheva
❤20🕊7👍3💯2🔥2😢1😭1
1 Jul 2026, 05:26 UTC≈2,160 views45 reactionsread 7 August 2026 Video
Bu barcha soʻz ahlining tashabbusi edi aslida!
Kecha 30-iyun Yoshlar kunida “Kitobxonlik” pavilyonida Prezidentimizga 2 ta katta loyiha taklifini yetkazdim. Bu takliflar men suhbatlashgan, men tanigan ijodkor akalarim, opalarimning ham yuragidagi gʻoyalar edi. “Adabiy turizm” taklifi anchadan berib oʻylantirib kelardi hammamizni. Xalqaro adabiyot festivali ham aynan bizda oʻtkazilishi kerak deb hisoblayman. Davlat r…
❤29🔥6🥰4👍3💯1🕊1🤩1
30 Jun 2026, 15:14 UTC≈1,000 views19 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @soz_loyihasiPhoto
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi, “Soʻz” loyihasi ishtirokchisi Nilufar Ergasheva Oʻzbekistonning adabiy xaritasini yaratish orqali adabiy turizmni rivojlantirish hamda “Burhoniddin Margʻinoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasida oʻzbek ijodkorlarining yirik nazm va navo kechasi, sheʼriy oqshomlar kabi ommaviy badiiy konsert dasturlarini tashkil etish taklifini bildirdi.
Manbaa:
https://president.uz/oz/lists…
❤9👍6🔥3💯1
30 Jun 2026, 13:23 UTC782 views29 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @oyinauzPhoto
Prezident bilan uchrashuvda yoshlar qanday tashabbuslarni ilgari surdi?
“Soʻz” loyihasi ishtirokchisi Nilufar Ergasheva Oʻzbekistonning adabiy xaritasini yaratish orqali adabiy turizmni rivojlantirish hamda “Burhoniddin Margʻinoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasida oʻzbek ijodkorlarining yirik nazm va navo kechasi, sheʼriy oqshomlar kabi ommaviy badiiy konsert dasturlarini tashkil etish taklifini bildirdi.
Bataf…
🔥14❤11👍3👏1
26 Jun 2026, 19:00 UTC980 views38 reactionsread 7 August 2026 Video
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
✍️ Iqbol Mirzo
@Nilufar_Ergasheva
❤21🔥10💯4🥰3
24 Jun 2026, 10:56 UTC896 views13 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @Bashorat_OtajonovaPhoto
***
Aёл тушларини тонгларга сепди,
Дон тергандек териб еди чумчуқлар.
Шундан бери тонг отмади ҳеч,
Овозини излаб юради қушлар
Aёл тушларини анҳорга сепди,
Ушоқ деб ўйлади содда балиқлар.
Шундан бери таъми ўзгарди сувнинг
Балиқлар анҳорни денгиз деб ўйлар.
Aёл тушларини ҳавога сочди,
Беватан чақмоқлар қошига келди,
Беватан шамоллар қошига келди,
Беватан ёмғирлар қошига келди.
Aёл тушларини Одамга айтди,
Одам индама…
❤10💯1🔥1🕊1
Showing the 9 most recent of 9 posts we hold for @Nilufar_Ergasheva. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.