14 Feb 2025, 02:29 UTC852 views8 reactionsread 10 August 2026 Vatan sog‘inchi
(Bobur tilidan)
Sog‘indim bog‘dagi qushlar xonishin,
Chamanning kamalak tovlanishini.
Moviy osmoningda yulduz yonishin,
Go‘zal vodiylarda tong otishini.
Xotiramda doim o‘sha minorlar,
Uning haybatini tark etmagan sha’n.
O‘sha imoratlar, qal’a, devorlar,
Mening hayotimda iz solgan – Vatan!
Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo,
Madhini bitmoqqa ojiz qalamim.
Uning sog‘inchi ham qalbimga ziyo,
Vatandan ju…
👍5❤3
9 Feb 2025, 04:11 UTC783 views2 reactionsread 10 August 2026 NAVOIY RUHI
Necha asr oʻtgan boʻlmasin,
U qoldirgan tugamas meros.
Necha qasr oʻti soʻnmasin,
Uning tafti hamon beqiyos.
Karvonlarning izi qolmadi,
Lekin uning qalam izi bor.
Dovonlarning muzi qolmadi,
Navoiyning olam soʻzi bor.
Tunda balki porlamas quyosh,
Lek shoirning soʻnmas ziyosi.
Har kimda ham tugaydi bardosh,
Uning yashar komil dunyosi.
Cheksiz emas balki koinot,
Hadsiz erur ammo tafakkur.
Bir kun oʻtar b…
🕊2
9 Feb 2025, 04:10 UTC508 views2 reactionsread 10 August 2026 NURLI SIYMO
Kitobimni asta varaqlab,
Ko‘zim tushdi nurli siymoga.
Ong, shuurim ketdi charaqlab,
O‘yga cho‘mdim boqib samoga.
Navoiyda yuksak iste'dod,
Adabiyot mulki behisob.
Jaholatdan dunyoni ozod
Qilar undan qolgan har kitob.
Asrlarkim, aziz, mo‘tabar,
Yod etamiz u zot nomini.
Asarlari olamni bezar,
Taratgancha dur in'omini.
Quyosh kabi nur sochar hamon,
Yulduzlardek behisob, sirli.
Mana shuncha o‘tsada zamon,…
🕊2
8 Feb 2025, 19:52 UTC414 views2 reactionsread 10 August 2026 JADIDLAR YURTI
Bu yurt qadimlikda Rimdan ulug‘roq,
Hatto ehromlarning umridan uzun.
Mardlik, jasurlikda To‘maris, Shiroq,
Dunyo afsonasi bo‘lganda bugun.
Olamni mahliyo aylagan doim,
Buxoriy, Beruniy tug‘ilgan diyor.
Oftob ziyosidan ziyodroq ilm,
Bu o‘lka bag‘rini yoritgan bisyor.
Fozillar yetishib chiqqan bu zamin,
Xalqlar muallimi bo‘lmish Farobiy.
Abadiy tarixga muhrlab nomin,
Turkiy til shuhratin yoygan Navoiy…
🕊2
14 Jan 2025, 08:40 UTC444 views3 reactionsread 10 August 2026 Vatanni asraylik!
Bir so‘z bor men uchun aziz, mo‘tabar,
Pichirlab aytsam ham jimirlar tanim.
Onamdek mehribon, xokisor, kamtar,
Bolamdek ko‘ngli pok doim Vatanim!
Tongda seni ko‘rib yashnaydi yuzim,
Bog‘laringdan to‘yib olaman nafas.
Tinchlik, omonlikda uyg‘onar ko‘zim,
Azondek yangraydi shukrona bir sas.
Bag‘ringda ulg‘aygan o‘g‘il-qizlaring,
Butun vujudida yashar sadoqat.
O‘rxun, Enasoydan topib izlaring,
Ko‘zi…
👍2❤1
31 Dec 2024, 18:27 UTC447 views4 reactionsread 10 August 2026 Photo
QUSHDAY YENGIL BO‘LING!
Taqdir hazilimi o‘tayotgan kun?
Orzular ekadi har on yo‘limga.
Kim neni istaydi, tilaydi bu tun?
Qalbimda borini tutar qo‘limga.
Ne tilasam bari bo‘lmas muhayyo,
Bu ham hayotimning buyuk hikmati.
Go‘zallik qilarkan doim mahliyo,
Haqiqatning esa bo‘lar zahmati.
Nozu ne’matlarga to‘la dasturxon,
Atrofida turar butun oilam.
Ezgu tilaklardan nurli xonadon,
Kelajakka mag‘rur boqadi bolam.
Ahir,…
👍2❤🔥1🕊1
16 Nov 2024, 21:01 UTC606 views4 reactionsread 10 August 2026 Photo
TALABALIK
Yoshlikning navqiron onisan,
Betakror yillarning tojdori.
Umrimiz mehmoni-shonisan,
Kelajak umidim sardori.
Dillardan tillarga dostonsan,
Hali hech o‘chmagay izlaring.
Ko‘nglimiz bog‘ qilgan bo‘stonsan,
Yod etar yigitu qizlaring!
Egdingu egilmas boshimiz,
Kitoblar qoshida ming bora.
Yengmoqchi bo‘lasan doshimiz,
Imtihon chog‘ida tobora.
Orzularga ziyo, osmonsan,
Boshimizda doim parvona.
Parvoz uchun ber…
❤2🕊2
16 Nov 2024, 17:28 UTC504 views3 reactionsread 10 August 2026 YURTIM BAYROG‘I
Moviy osmon uzra yuksalsin shoning,
Amir Temur tutgan tug‘ning bor ruhi.
Mangu yuraklarda erur makoning,
Bor senda donishmand xalqim shukuhi.
Muqaddas iymonim pokligicha oq,
Porloq kelajakning orzulari bor.
Buyuk maqsadlarga bo‘lib bir mayoq,
Hilpira bayrog‘im, solgancha viqor.
Navqiron yoshlikning o‘zing timsoli,
Bizlarni boshlaysan g‘oliblik sari.
Sendan kuch oladi umid niholi,
Erkim, istiqbolim,…
❤2🕊1
15 Nov 2024, 04:42 UTC441 views1 reactionsread 10 August 2026 KUTISH
Vokzal. Temir yo‘l bo‘yida odamlar,
Betoqat qimirlar tinmay qadamlar.
G‘arbga tomon botar kun boshi asta,
Sharqqa tikilgancha ko‘zlar shikasta.
Kunlar, soatlarda lahzalar sanab,
Tunlarni tushlarda o‘tkazar damlar.
Goh shirin, goh achchiq tashvishda sinab,
SHafaqdek yo‘qolib bormoqda g‘amlar.
Talpinar, potirlar qush kabi yurak,
Qadrdon uyiga oshiqib har kim.
Yuzingga o‘zini urib yelvizak,
Ayriliq va visol ar…
✍1
29 Sept 2024, 10:46 UTC584 views3 reactionsread 10 August 2026 TAMADDUN SARBONI
Botil yo‘qoladi haq kelgan chog‘i,
Zulmatni yoritar to‘lishganda oy.
Ustozlar mehridan ma’rifat bog‘i,
Bahor gullaridan oladi chiroy.
Quyoshdan charog‘on ilm ziyosi,
Koinotdan cheksiz tafakkuri bor.
Saodatli uning ikki dunyosi,
Haqqa eltar yo‘li, qalbda nuri bor.
Asli qadri osmon tog‘lardan ulug‘,
Lekin ko‘rinadi doim xokisor.
Xizrdek har qo‘ygan qadami qutlug‘,
Ilmidan cho‘llar ham yashnagan gulz…
❤1👍1🕊1
2 Sept 2024, 19:45 UTC560 views2 reactionsread 10 August 2026 Photo
ULUG‘ NE’MAT
Dunyo keng – bepayon zamin naqadar,
Adog‘siz samoga tutashgan go‘yo.
Olis manzillarga ketsam men agar,
Sensiz xalovat yo‘q, topganim ro‘yo.
Hatto sog‘inaman giyohlaringni,
Ko‘changdan o‘tar hur qizlaringni ham.
Sira tinchlik bermas nigohlarini,
Begona ko‘zlardan izlayman bir dam.
O‘zga yurtlar qancha bo‘lmasin sirli,
Topolmayman undan izlarin onam.
Tog‘lari ulug‘vor, bog‘lar sehrli,
Lekin bolalikdan a…
❤1❤🔥1
6 Aug 2024, 00:35 UTC562 views3 reactionsread 10 August 2026 BITIRUV OQSHOMI
Shom aro ufqning yuzida shafaq,
Rom etar, naqadar, gulgun chehralar.
Baxmal lolalardan rangin zavqu shavq,
Dillarga ulashar cheksiz bahralar.
Talabalar gavjum ayriliq oni,
Lekin ko‘kdan ko‘ngil oydin, to‘lin oy.
Yanada charog‘on nurli osmoni,
Yulduzlar yer uzra kezar, hoynahoy.
To‘rt yil qadrdonim, bilim makonim
Bag‘rida ulg‘ayib, ko‘kka bo‘y cho‘zdik.
Kamolot tojisan ilmu urfonim,
Aql zakovatda bi…
👍3
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @Muhammad_Rahmatullayev. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.