18 Apr 2026, 17:40 UTC60 views9 reactionsread 11 August 2026 HAYOT
Chalkashliklar oʻylatar baʼzan,
Eski hislar kuylatar baʼzan,
Ortga boqma, degan tuygʻular,
Moziylardan soʻylatar baʼzan.
***
Koʻzlar goʻzal koʻzni qoʻmsaydi,
Qalb - parishon, xayollar - daydi.
Kimning yoʻli qay tomon bilmam,
Toʻpori dil sevgi istaydi.
***
Yuzdan oqqan ter ekan hayot,
Charchatib, soʻng yer ekan hayot,
Yurak oʻtir, dam ol deganda,
Ikkoving yur, der ekan hayot.
@Mardyurak
❤3🎉3👍3
Signed Jasurbek Qutbiddinov
1 Feb 2026, 20:30 UTC126 views12 reactionsread 11 August 2026 ###@@@
Bolaliging qani? shoʻxliging qani?
Qani maysalarni quchib yotganing?
Adirda uloqni chopib, yeldirib,
Qoʻlingda xas-xushak berayotganing.
Juda shoshganmiding katta boʻlishga,
Juda intiqmidi xohlaganlaring.
Endi-chi, baqirsang quloqlar garang,
Oʻzingga eshtilar ohlaganlaring.
Onangga xarxasha qilib qochasan,
Oʻzingcha zardalar qilasan yigʻlab.
Sen orzu qilasan, osmonlar bilan,
Taqdir yigʻlatadi seni qitiqlab.…
👍7❤3🔥2
Signed Jasurbek Qutbiddinov
4 Jan 2026, 15:32 UTC177 views20 reactionsread 11 August 2026 YAKUN
Judo boʻlar,
Ado boʻlar,
Bilsa, qoʻli yelkangda-yu
Bilmagani gado boʻlar.
Er boʻladi,
Sher boʻladi,
Qappayganda choʻntaklaring,
Tanimaslar joʻr boʻladi.
U boʻlarkan,
Bu boʻlarkan,
Bilak toʻla, yurak ursa,
Ishonganing shu boʻlarkan.
Kelib, ketar,
Bilib ketar,
Koʻzi kulib, ichi yonib,
Yarang oʻrnin tilib ketar.
Uni oʻtmas,
Tuni oʻtmas,
Ikki et va tirnoqlarni,
Qayramasa kuni oʻtmas.
Kamroq boʻlar,
Koʻproq bo…
👍10❤4🔥4🎉1👌1
Signed Jasurbek Qutbiddinov
24 May 2025, 08:25 UTC237 views20 reactionsread 11 August 2026 OʻTINCH
Koʻksin kerib yurmoq sharafdir,
Yigit qaddin buktirma Alloh.
Qalb tanlovi qaysi tarafdir,
Bandangga bosh egdirma Alloh.
Sinovlaring qiyin boʻlsa ham,
Yoʻlim sarob, oʻyin boʻlsa ham,
Halol molim tiyin boʻlsa ham,
Bandangga bosh egdirma Alloh.
Achchiq soʻzi oʻtar suyakka,
Minnati gʻam solar yurakka,
Belga quvvat, kuch ber bilakka,
Bandangga bosh egdirma Alloh.
Qanday xayol surari ayon,
Sendan nima soʻrari a…
👍11❤4👏3🔥1🤩1
Signed Jasurbek Qutbiddinov
10 Mar 2025, 15:54 UTC257 views9 reactionsread 11 August 2026 Yashayapmiz...
Oʻzi yashayapmizmi?
Menimcha, faqat yashayapmiz...
Murda ham sirtdan uxlayotgan odam kabidir aslida...
@Mardyurak
🔥6❤🔥1👏1💯1
Signed Jasurbek Qutbiddinov
8 Mar 2025, 19:47 UTC248 views13 reactionsread 11 August 2026 ***
Tun...
Atrofimda tentiydi jimlik,
Yastanadi yoʻlga toʻlin oy.
Poyoni yoʻq oʻy va sensizlik,
Koʻzga uyqu bermas hoynahoy.
Tun...
Tasavvurning oynasi siniq,
Qayta tarsakilaydi yot his.
Yoʻllar tanish...
Manzil noaniq...
Qaylarga odimlamoqdamiz?
Zim-ziyo tun...
Ayqash-uyqash tuygʻular hadsiz,
Savollar va saroblar daydi.
Fikrlar — tund,
Xayol — omadsiz,
Bu qalb goʻzal yakun istaydi.
@Mardyurak
❤🔥9🔥2❤1🎉1
Signed Jasurbek Qutbiddinov
3 Feb 2025, 21:04 UTC224 views11 reactionsread 11 August 2026 "Sukunat"
Yana xayollarni oʻgʻirlar sukut,
Koʻzga tomchi yoshni ilib ketar tun.
Kecha ulgʻayishni istagan yigit,
Qirdan yumalashni xohlaydi bugun.
Aldadi saroblar, aldadi hislar,
Oʻzidan nariga oʻtmadi toqat.
Tanada ne ayon? Ruh nima izlar?
Sukunat ezadi faqat sukunat.
@Mardyurak
❤🔥6👍3🏆1🔥1
Signed Jasurbek Qutbiddinov
2 Feb 2025, 17:50 UTC198 views7 reactionsread 11 August 2026 Sevgi – oliy neʼmat, zimistonga nur,
Ikki oshiq dilga intilar surur.
Dard ortga chekindi, oqsadi gʻurur,
Tafting-la qalbimni ilitding Quyosh...
@Mardyurak
❤4🔥2🎉1
Signed Jasurbek Qutbiddinov
2 Feb 2025, 16:52 UTC180 views8 reactionsread 11 August 2026 ★★★
Bizlar yaqin yurdik, ular naridan,
Yurakdan tingladik takror va takror.
Toʻgʻrisi charchadik, toʻydik baridan,
Koʻngil bor bizda ham, axir, koʻngil bor...
@Mardyurak
❤🔥5❤2🔥1
Signed Jasurbek Qutbiddinov
30 Jan 2025, 10:39 UTC556 views18 reactionsread 11 August 2026 ***
Yaralmagan ish uchun odam,
Baxt hissini tuysin, onajon.
Mehr-oqibatni yo‘qotgan,
Dunyolari kuysin, onajon.
Har qadamda turtkilab, chalib,
Kuygan mahal kelsa cho‘g‘ bo‘lib,
Boshni egib, yursang uyalib,
Dunyolari kuysin, onajon.
Qabihlikka buyurgan o‘sha,
Uchsang, qanot qayirgan o‘sha,
Do‘stni do‘stdan ayirgan o‘sha,
Dunyolari kuysin, onajon.
Ochirgani qo‘ymasa ko‘zni,
Tarsakilar og‘ritsa yuzni,
Chanqoq tomoq t…
👍6❤5🔥4❤🔥1🎉1💯1
Signed Jasurbek Qutbiddinov
22 Nov 2024, 08:38 UTC211 views17 reactionsread 11 August 2026 “OʻTMISH”
Toʻpori, shoʻx, gʻoʻr edim ona,
Ikki koʻzi koʻr edim ona,
Senga yuzim ters burib, biroq
Yotlarga gʻamxoʻr edim, ona.
Bolalikning zavqin tuymagan,
Issiq nonda qoʻli kuymagan,
Oʻyi kalta, tillari burro,
Nodonlarga joʻr edim, ona.
Bilmagandim shodlik nima u,
Alam sirdosh, yaqinim qaygʻu,
Yigʻingizga sababchi boʻlgan
Har kunimda xoʻr edim, ona.
Olis ketdim, bunchalar olis,
Qaytish qiyin, qiyindir qolish,
Ba…
❤🔥6👍5❤2🎉2👌1🔥1
Signed Jasurbek Qutbiddinov
28 Oct 2024, 20:45 UTC356 views17 reactionsread 11 August 2026 ERKAK...
Chidaydi. Erkak chidaydi. Har qanday ogʻir vaziyatlar uning ustiga chiqib, uni oʻlgudek darajada ezib yuboradi, erkak chidaydi. Muammolar, qiyinchiliklar yetmaganidek u haqida kurakda turmaydigan, gaplarning "dodaxoʻjasi" aytiladi, erkak chidaydi. Eh-h-h chidaydi, chidaydi-da boshqa nima ham qilsin. Bir joyda oʻqib qolgandim, ayol kishining kun-u tun yigʻlashi — erkak kishining bir marotaba chuqu-u-u-r xoʻr…
❤9👌2👍2🔥2⚡1👏1
Signed Jasurbek Qutbiddinov
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @Mardyurak. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.