24 Dec 2023, 19:12 UTC≈2,640 views32 reactionsread 9 August 2026 Yuragimda yashayotgan gul
Qonimga rang qo'shayotgan gul
Seni aslo so'ldirib qo'ymam.
Yuragimda yashayotgan gul.
Suratingni qalbimga o'yib
Qo'ydim, endi qarayman to'yib.
Shu yerda qol, yubormam qo'yib.
Yuragimda yashayotgan gul.
Yolg'onlardan kuyib bo'lgandim.
Qadahga g'am quyib qo'ygandim.
Keyin sendan baxtni o'rgandim.
Yuragimda yashayotgan gul.
Alloh berdi, bir seni aynan.
Qurimasdan yashashga shaylan.
Bir umrli…
👍16❤7💋4❤🔥3🤯2
30 Nov 2023, 17:12 UTC≈2,540 views23 reactionsread 9 August 2026 MAYLI.....
Sog'inmaysiz qalbi yo'qdek.
Sevgimizni qadri yo'qdek.
Yuribsizda dardi yo'qdek.
MAYLI.
Hijron menga toshin otib.
Armon esa qoshin qoqib.
Qoldi ko'ngil yoshi oqib.
MAYLI.
Ayrilsammi deyman ammo.
Qanday baxtni yeyman ammo.
Xayolda yo'q mani, ma'no
MAYLI.
Xat-xabar yo'q daraksiz siz.
Nahot shuncha yuraksiz siz.
Balki sizga keraksizmiz.
MAYLI.
Yashayapman kutish bilan.
Orzuga yuz tutish bilan.
She'rim o'q…
👍14❤7💋2
31 Oct 2023, 18:47 UTC≈2,420 views25 reactionsread 9 August 2026 🍂
Fasllarning guli bahor
Nega senga kuz yoqadi.?
Balki uning bir dardi bor.
Sovuq yomg'irlar yog'adi
So'ngan yaproqlarni silab.
Qaytarmoqchisan rangini.
Sen mehribon unga qarab.
Artib qo'yarsan changini.
Men ham hazonday qizardim.
Lek ko'rsatmadim so'nishni.
Men juda-juda istardim
Kuzning o'rnida bo'lishni.
Nega senga kuz yoqadi.?
✍ Dilmurod TOJIBOYEV
👍12❤5❤🔥5💋2😁1
4 Oct 2023, 14:54 UTC≈2,400 views27 reactionsread 9 August 2026 YURAGIMNI ASRAYSANMI..?
Senga shuncha tashna bu jon
Bersam dilda saqlaysanmi
Tanim qilsam doim qalqon
Sen yurakni asraysanmi?
O'tkinchi his ko'ngling olsa
O'rtamizga nifoq solsa
Qayg'u bizni yo'qlab qolsa
Armonlarni aldaysanmi?
Ketsin desang baxting kulib
Hijronlarni dildan yulib
Vujudingga hokim qilib
Sog'inchingni saylaysanmi?
Qismatingni tanla bugun
Savolimni qilma tugun
Baxtimizga yetish uchun
Bor kuchingni …
👍17❤4🔥4💋2
17 Sept 2023, 14:29 UTC≈2,060 views20 reactionsread 9 August 2026 AQL BILAN TANLAB YURAK BILAN SEV....
Sevgisi zo'r emish qalbni tig'laganlar,
Ko'rdim keyin ko'ngil bilan yig'laganlar,
Bilib qo'ying baxt uyiga sig'maganlar
Aql bilan tanlab yurak bilan seving.
Xom hayolga umringizni botiryapsiz.
G'ururni bir joyda toshday qotiryapsiz.
Bog'lar qolib sahrolarga otilyapsiz
Aql bilan tanlab yurak bilan seving.
Ey ko'rpanga qarab oyoq uzat degan
Kibrlilar so'zi asli to'g'ri ekan.
Yolg…
👍10❤4💋3🔥2👏1
28 Aug 2023, 15:16 UTC≈1,930 views21 reactionsread 9 August 2026 Tez orada ,, Aql bilan tanla, yurak bilan sev'' nomli yangi she'rimizni e'tiboringizga havola qilamiz
👍10🔥7❤3💋1
18 Aug 2023, 04:08 UTC≈2,120 views25 reactionsread 9 August 2026 ONA DUOSI 🤲
Yuragim ko'rmadi hali g'am chekib
U suyanib turar bir baxtga tegib
Meni deb yashaydi keyin bosh egib
Ochiq bo'lsin deydi bolamning yo'li
Duoga ochilsa onamning qo'li
Taqdir qancha g'amlar berishga tayyor.
Shohim deganlari shaytondan ayyor
Hatto o'z dushmanim ichimda ham bor
Bo'stonga aylanar yurakning cho'li
Duoga ochilsa onamning qo'li
Mehrga nom izlab o'zimni yeyman.
Ummon deb atasam ozmikan deyman.…
👍13❤8👏2🔥2
26 Jul 2023, 04:38 UTC≈1,910 views18 reactionsread 9 August 2026 NILUFARGUL
Nilufargul yuzlaringni och
Yaproqlaring chehrang to'smasin,
Orzu degan go'zal chashmangda
Sendan boshqa gullar o'smasin.
Seni ko'rgan shunchalar suydi
Farishtaning bir husnidasan
Senga yaqin borsam qaniydi
Qo'l yetmaydi, suv ustidasan,
Hayotingdan dardni qochirib
O'z qalbinga o'zing qil shavqat,
Butun umr turgin ochilib.
Suvga cho'kib ketmagin faqat
Nilufargul yuzlaringni och
✍ Dilmurod TOJIBOYEV
…
👍10❤5👏2💋1
15 Jul 2023, 12:26 UTC≈1,820 views24 reactionsread 9 August 2026 YURAK FAQAT SENGA ATALGAN!
Yashnamoqda qalb degan maskan
Chunki unga isming qadalgan
Yigirma yil halolda o'sgan
Yurak faqat senga atalgan
Endi uni to'yib-to'yib quch.
Olar shunda muhabbatdan kuch.
Armonlarni qilib tashla puch
Yurak faqat senga atalgan.
Hijronlarga o'q uzib to'yma
Sayyod bo'l lek orzuni so'yma
Qizil jonni og'ritib qo'yma
Yurak faqat senga atalgan.
Yurgan edik ko'nglimiz muzlab
Baxt topmadik dunyon…
👍15❤3💋3🔥2👏1
20 Jun 2023, 06:59 UTC≈1,790 views22 reactionsread 9 August 2026 🌙🌙
Yurak exson qilishni to'xtat
O'z bag'ringni tilishni to'xtat
Bergan mehring daryo bo'lsa ham
Irmoqlardan kelmadi rahmat
Gunox kimga gulday yarashdi
Ko'zyoshlardan marjon yasashdi.
Shaytonga ham hojat yo'q go'yo
Ular shayton bo'lib yashashdi.
Ko'zlar to'ymas dunyo bilan band
Pul haqida so'zlasa hursand
Kibr baland sakrab izzatda
Samimiylik qilinmas pisand
Ammo kemang chiqar suzishga
Ishon g'amdan umid uzishga
Q…
👍13❤3🔥3💋2😢1
10 Jun 2023, 17:05 UTC≈1,720 views22 reactionsread 9 August 2026 «««« HAYRAT »»»»
Ishondim ko'zlarga ko'zlar yolg'onchi.
Ont bilan ichilgan so'zlar yolg'onchi.
Bilmayman, bilganim ekan bir tomchi.
Oy deb o'ylaganim loy bo'lib chiqdi.
Qahri qattiqlardan pandimni yerdim.
Lekin muloyimlar+ga ham tan berdim.
Pastkasht odamlarga nima xam derdim.
Oy deb o'ylaganim loy bo'lib chiqdi.
Muxabbat bog'idan bir gulni quchdim.
Lekin quchgan gulim ham so'nib chiqdi.
Makrini ko'rdim-u bir zumd…
👍12👏3❤2😢2💋1🔥1🥰1
2 Jun 2023, 11:12 UTC≈1,820 views22 reactionsread 9 August 2026 SUYMAGANGA SUYKALMAGIN.
Yuragingni g'amga berib
Behudaga qiynalmagin
Sen ham endi kelib-kelib
Suymaganga suykalmagin.
Qolar axir qadring tugab
Kerakmi ayt senga shu gap.
Aylamagin yo'lingni chap.
Suymaganga suykalmagin.
Yurak sevib xato qilar
Unutmasang ado qilar
Hali Haq baxt ato qilar
Suymaganga suykalmagin.
Bir xil sevsin ikki taraf
Qadr topgay mangu sharaf
Bu so'zlarim o'zinga naf
Suymaganga suykalmagin.
✍ T…
👍12❤5👏3💋2
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @Hayotiy_sheriyat. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.