6 Aug 2025, 16:31 UTC350 views27 reactionsread 11 August 2026 Photo
Ziyo Forum Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi tashkil etgan O’zbekistonning TOP-100 talabalari qatorida mening ismim ham yangradi.
“Hafiza Muxtorova Ixtiyor qizi”
Fond direktori Bobur Farmonov ta’kidlaganidek, ziyolilar ichida turish - faxr!
E’tirof uchun Ziyo Forum’ga tashakkur
❤🔥14👏4🏆2🔥2❤1🕊1🤓1🤩1
10 May 2025, 18:48 UTC810 views12 reactionsread 11 August 2026 Photo
🇨🇳 HUBEI XITOY HUKUMATI STIPENDIYASI 2025
Xalqaro talabalar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan imkoniyat!
🔶 Jami 35 mln yuan ($5 mln)
Eng yuqori stipendiya 40 ming yuan ($5,700)
🔶 Kimlar uchun?
• Xitoy fuqarosi bo‘lmaganlar
• 25-50 yosh oralig‘idagi talabalar (darajaga qarab)
🔶 Qamrab oladi:
• Bakalavr, Magistr, Doktorantura — 4 yilgacha
• Xitoy tili yoki almashuv dasturlari — 1 yilgacha
🔶 Asosiy universitetlar:…
❤5👍4🔥2❤🔥1
7 Mar 2025, 05:00 UTC914 views21 reactionsread 11 August 2026 Photo
Ozarbayjon davlatining Manevr nashri
O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi
❤🔥7🔥7❤3👍2👏2
28 Feb 2025, 13:39 UTC839 views15 reactionsread 11 August 2026 Photo
Albaniya davlatining Albspirit nashri
"O‘zbekiston - yoshlarsevar mamlakat"
❤🔥7👍3❤2🔥2👏1
27 Nov 2024, 16:28 UTC750 views14 reactionsread 11 August 2026 Forwarded from @scholaruzbPhoto
SCHOLAR | Free Lessons
#SirliSpeaker
⚡Muxtorova Hafiza sizlarga “Ilhom” mukofoti hamda A.Faynberg stipendiyasi uchun barcha sirlarni ochadi🤩🤩🤩🤩
🕰️ 22.00
😁😁😁😁
SCHOLAR - the key to your success
😎@scholaruzb
❤🔥6😍4👍2🔥2
26 Sept 2024, 19:21 UTC756 views9 reactionsread 11 August 2026 Photo
BOZOR VA MOZOR
Shu so’zlar yozilgan bozor peshtoqqa
Ko’zim tushib qoldi nogahon bir kun
“Halollik har qancha puldan qimmatli
Halollik har qanday foydadan ustun”
* *
Shu so’zlar yozilgan mozor peshtoqqa
Ko’zim tushib qoldi yana boshqa kun
“Kecha tirik edik, sizlar singari
O’ylagandik, biz ham yashaymiz bugun”
2021-yil
✍4❤2👍2😍1
18 Sept 2024, 19:02 UTC986 views34 reactionsread 11 August 2026 Photo
2024/2025-o’quv yili boshidan xushxabar!
O’zDJTU magistranti sifatida Aleksand Faynberg maxsus stipendiyasi sohibasi bo’ldim.
Ushbu yutuq yo’lida menga yordam bergan barcha yaqinlarimdan minnatdorman.
Ustozlarim Baxrom aka Kulmatov hamda Muxtorjon aka Baxtiyarov ko’magida o’quv yili yakuniga qadar yangi ilmiy yutuqlar, yuksak marralarni zabt etishimga ishonaman.
👏13❤7👍7🥰4🤩2🆒1
17 Aug 2024, 22:49 UTC870 views18 reactionsread 11 August 2026 Photo
BOMDOD
Zimiston, sog’inchlar botyapti dilga
Qatida ingragan hislar endi jim
Imon chechaklari nish urgan palla!
Visoling tong otib qaytmog’i tayin.
Deydilar, oshiqqa ishq ham ibodat
Tomirimda ishqing oqsa oqqaydir
Biz oshiqlaring-chun ishq masjidida
Muazzin azonin aytmoqqa shaydir.
Bomdod – Haqqa tomon eltuvchi bir yo’l,
Bomdod - Haq tomonga qo’yilgan qadam
Undan afzalini topolmas inson
Dunyoni bir umr kezib chiqsa…
👍9❤4🕊2🥰2🔥1
1 Aug 2024, 20:24 UTC684 views20 reactionsread 11 August 2026 Photo
IQRORNOMA
Aybga buyurmaysiz
O’zi shundayman!
Goh o’tdek chaqinkor,
Goh suvdek sokin.
Yurakni tindalab
Dard tirnog’i-la
Goh malham bosaman
Siypalab sekin.
Aybga buyurmaysiz
O’zi shundayman!
Oqni oppoq deyman
Qorani qora.
Istasam non yopiq
Qorin to’qlayman
Armonning hokidan
Olib zuvola.
So’ngra o’t yoqaman
O’tin – nafratim
O’tin – hasratlarim
O’tin – zahmatim.
Yoqib kul qilaman
Otash taftidan
Yetilar baxt nomli
Shirin…
❤10👍3👏3🤩2🔥1🕊1
30 Jul 2024, 21:17 UTC492 views14 reactionsread 11 August 2026 Video
SHAYTONGA QASD
Ming dard bilan kelsang ham
Darmonim-la yengaman.
Ming joyimga otsang o’q
Qalqonim-la yengaman!
Ming kecha-yu ming kunduz
Qulog’imga aytsang so’z
Bir kechalik namozim,
Imonim-la yengaman!
Ming xil tuhmat, ming yolg’on
Qilsang minglagan bo’hton
Bir tabassum, bir shirin
Kalomim-la yengaman!
Ming lashkar, ming askar-la
Men tomon ochsang urush
Bir boshim, bitta ezgu
A’molim-la yengaman!
Ming qaynatma …
👏6❤4👍2🔥1😍1
12 Jul 2024, 22:45 UTC626 views23 reactionsread 11 August 2026 Photo
Va bular bor yutuqlarimning bir qismi xolos! Albatta kattami-kichikmi, har bir yutug’imga Alloh tuhfa etgan ne’mat, ota-onam bergan imkoniyat, ustozlarim bergan saboq va birozgina mehnatim samarasi sifatida qarayman!
🔥11❤5👍5🕊2
12 Jul 2024, 22:45 UTC608 views12 reactionsread 11 August 2026 Video
2024-yil
Koinot - zabonsiz kitob, makonsiz mo’jizadir. Har safar boqqanimda oladigan zavqim - asli hayrat va g’ayrat! Nazar tashlasang shunchalar yaqinki, qo’l uzatsang olamiga tortib ketgudek… Ammo asliyatda shunchalar olis va ulug’vorki, zinhor yetolmasligingga iqroq qiladi.
👍8❤2🕊2
Showing the 12 most recent of 12 posts we hold for @HAFIZA_MUXTORZODA. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.