8 Aug 2026, 18:30 UTC91 views18 reactionsread 9 August 2026 Photo
Sen kelding...
Sen kelding, surating oʻynadi nurda,
Bir zum tinib qoldi qonim tomirda.
Juda zerikkandim, jonim, yomgʻirdan,
Yaxshiyam, Sen kelding!
Koʻzlaring isitdi yoʻgʻ-u borimni,
Kurading boshimga yoqqan qorimni,
Zarga aylantirib oh-u zorimni
Yaxshiyam, Sen kelding!
Toʻrtta tomonimga qoʻrgʻon boʻlgani,
Dilimga gʻam yetsa toʻgʻon boʻlgani,
Ey, manim mardim, koʻz ochib koʻrganim,
Yaxshiyam, Sen kelding!
Yerimni…
❤11🥰3👍1👏1😍1🙏1
31 Jul 2026, 11:46 UTC266 views29 reactionsread 9 August 2026 Photo
"Onamga dil izhorim" tanlovida 1- oʻringa loyiq koʻrilgan va munosib taqdirlangan maqolani koʻpchilik soʻragan edi.
"Yangi Fargʻona" gazetasida chiqqan variantini sizlarga ham ulashgim keldi.
Oʻqing, yozganlarimning hammasi oʻzimning ONAM haqida...
@Guzal_Oxunova
🥰16❤🔥5🔥3👏2👍1😭1🙏1
29 Jul 2026, 14:55 UTC231 views14 reactionsread 9 August 2026 Photo
QACHONDIR
...ga
Qachondir ertakka doʻnar hammasi
Oymomo sirgʻalib koʻksingga choʻkar.
Bir sirli, bir oydin, oppoq kechada
Koinot boshingdan injular toʻkar!!!
Oʻtar nur qidirib yurgan kunlaring,
Quyosh "uchib" kelar quloching ochsang.
Kipriklaring guldek ochila boshlar,
Bossang loydek yumshab ketadi toshlar.
Chumchuqlar tushlaring terib don kabi,
Koʻkka shaylanadi - qanoti tarang.
Sening atrofingda y…
❤10🥰2👏1🔥1
27 Jul 2026, 07:03 UTC256 views13 reactionsread 9 August 2026 Forwarded from @fargona_y_uPhoto
SURATLAR SO‘ZLAGANDA...
2010 йил. “Дўрмон” ижод уйи.
Ёш ижодкорларнинг биринчи семинари.
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
👍10🔥2🥰1
22 Jul 2026, 14:58 UTC326 views16 reactionsread 9 August 2026 Photo
****
Sillasi qurigan bogʻlar boshidan,
Yomgʻirlar shovullab quydi-yu tindi.
Oftob dami oʻtgan togʻlar toshiga,
Oyoqlari tegib kuydi-yu tindi.
Diydalari qattiq qalbimga yogʻdi,
Bardoshimga yogʻdi, sabrimga yogʻdi.
Keyin... duolarim Rabbimga yogʻdi,
Iloho, ijobat boʻladi endi!
Goʻzal OXUNOVA
22.07.2026.
@Guzal_Oxunova
👍11❤2👏1🔥1🙏1
21 Jul 2026, 11:20 UTC293 views24 reactionsread 9 August 2026 Photo
HARORAT
Orolangan tunning etaklarini
Silkitsam qoshimga qamar keladi.
Titratib bir qizning yuraklarini
Oʻsha haroratli damlar keladi.
Sochimga taqilgan billur yulduzlar,
Saraton koʻksini kuydirgan izlar
Va qattiq, shiddatligʻ tikilgan koʻzlar,
Ishq oldida boshi xamlar keladi.
Toshlarning qum boʻlib eriganlari,
Oylarning lim boʻlib eriganlari,
Dilning shirin boʻlib eriganlari,
Ruhimga obi zam-zamlar keladi.
Toshqi…
❤10👍6👏3🔥2🕊1🥰1🙏1
9 Jun 2026, 09:14 UTC425 views18 reactionsread 9 August 2026 Forwarded from @fargona_y_uPhoto
SURATLAR SO‘ZLAGANDA...
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
👍9❤3🥰2👏1💘1🔥1🙏1
25 May 2026, 06:34 UTC≈1,800 views24 reactionsread 9 August 2026 QUSH HAQIDA ERTAK
(Bugun koʻplab oʻquvchilar maktabning issiq bagʻridan olis-olis manzillarga qushdek qanot qoqadilar. Bu yogʻi katta hayot. Bu yogʻi sarhadsiz osmon. Oldinda qancha yutuqlar, toʻsiqlar kutib turibdi ularni...
Yaxshi kunlar, yomgʻir-u qorlar ostida hali koʻp eslashadi qadrdon maktablarini, mehribon ustozlarini... Xuddi biz kabi...
Ushbu sheʼr bugunning hayajoni kechaning shirin xotiralari bilan yoz…
🔥14❤3👏2🥰2🕊1😍1🙏1
24 May 2026, 12:03 UTC≈1,010 views18 reactionsread 9 August 2026 Photo
Даҳоларим, донишмандларим, бировнинг боласини ўз фарзандидек кўрган дарёларим!
Барчангизга, берган билимларингиз, меҳрингиз, тарбиянгиз, ҳамон дилбандларингиз қаторида бизни ҳам қўшиб қилаётган дуоларингиз учун катта раҳмат.
Aллоҳим икки дунёда Сизларни сийласин, мукофотласин, азиз қилсин. Умрингиз, илмингиз зиёда бўлсин. Бизни “Устозларингга раҳмат”, деган сўзларни кўп-кўп эшитишга қодир қилсинки, Сизларга Раббимн…
👏9❤4🔥2🥰2🙏1
24 May 2026, 11:59 UTC843 views13 reactionsread 9 August 2026 Photo
#Ustozlarim_ulugʻlarim
... Aна мактабимиз директори узоқни кўра оладиган, қатъиятли, бир сўзли Холисхон опа Усмонова, ҳар доимгидек уларнинг ёнида елкадош бўлиб турган устозимиз Муҳаббат опа Болтабоева, бизга ватанпарварлик сабоқларидан дарс бериш билан бирга, саҳна маданиятини ҳам ўргатган ўқитувчимиз Жайнақов домла...
Информатика устозимиз Дилшод домла...
Бугунги шифокорларнинг энг зўрларига устозлик қилган фи…
❤5👍3👏2🥰2🔥1
Showing the 10 most recent of 10 posts we hold for @Guzal_Oxunova. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.