9 Aug 2026, 13:04 UTC2 viewsread 14 August 2026 Senga ko‘ngil bergandima,
Menga ko‘ngil berolmading.
Seni chindan sevgandima,
Nega mandek sevolmading?.
Sevgin deya nido qildim,
Yuragimni ado qildim,
Nahot sevib xato qildim,
Nega mandek sevolmading?.
Yosh boshimda g‘amim ko‘mi
Boshqalardan kamim bormi,
Yashirmasdan aytgin ho‘pmi,
Nega mandek sevolmading?.
Yagonamsan derdim axir,
Bor-u yo‘g‘im berdim axir,
Yolg‘iz sani sevdim axir,
Nega mandek sevolmading?.
Tiki…
Signed 𝑸𝑶𝑹𝑨 𝑸𝑶𝑺𝑯
6 Aug 2026, 06:22 UTC2 viewsread 14 August 2026 Yaxshilarni duoda,
Yodimga olib qo‘ydim.
Yomonlarning barini,
Xudoga solib qo‘ydim.
Yo‘lim poylasa g‘anim,
Do‘stman degan dushmanim,
Yagona ishonganim,
Xudoga solib qo‘ydim.
O‘zini zo‘r bilganni,
Yuragimni tilganni
G‘iybatimni qilganni
Xudoga solib qo‘ydim.
Urushmay deb u bilan,
Talashmay deb bu bilan,
Teng kelmay deb shu bilan,
Xudoga solib qo‘ydim
Ketsa ham jondan o‘tib,
Yiqilmay o‘zim tutib,
Alamim ichga yutib…
Signed 𝑸𝑶𝑹𝑨 𝑸𝑶𝑺𝑯
2 Aug 2026, 08:59 UTC2 viewsread 14 August 2026 Hayot baland pastida,
O‘zingizcha zo‘rsizlar.
Boshqachamas aslida,
Hammangiz bir go‘rsizlar.
Siz deb bag‘rimni tildim,
Aytganingiz ko‘p qildim,
Ishim tushganda bildim,
Hammangiz bir go‘rsizlar.
Yaxshi desang urar do‘q,
Tillar zahar ko‘zlar o‘q,
Hech kimsaga ishonch yo‘q,
Hammangiz bir go‘rsizlar.
Akangman deganingiz,
Ukangman deganingiz,
G‘amimni yeganingiz,
Hammangiz bir go‘rsizlar.
Jonlarga bo‘lib jafo,
Qilasiz…
Signed 𝑸𝑶𝑹𝑨 𝑸𝑶𝑺𝑯
2 Aug 2026, 02:11 UTC3 viewsread 14 August 2026 Forwarded from @DoniyorNazarov_sherlari
Яхшилар кӯп ёнимда бӯлсин
Яхшилардан этмагин жудо
Ёмонлардан узоқроқ тутиб
Паноҳингда асрагин Худо
Дӯстлар қолсин ёнимда содиқ
Бор йӯғимда қабул қилгани
Бахт бӯлмайди булардан ортиқ
Келмаса бас бағрим тилгани
Ёрим бӯлсин вафода тенгсиз
Юрагида мен бӯлай танҳо
Кӯйлаклари бӯлмасин енгсиз
Бизнинг севги бӯлсин бебаҳо
ДОНИЁР НАЗАРОВ✍
Signed Дониёр Назаров 🇹🇯
1 Aug 2026, 08:42 UTC4 viewsread 14 August 2026 Forwarded from @samandar298
Rahmatli ustoz shoir Muhammad Yusuf sheridan ilhomlanib yozdim.
#Yangisi
Hudo hohlasa
Sabr qilganimiz balki bilgandur
Nasib duolarim oʼzin oqlasa
Bizga ham atalgan baxti qolgandur
Baxtli boʼpqolarmiz Hudo hohlasa
Yoʼqchilik yoʼqolib yursa naridan
Mansabmi?, boylikmi?, bari, baridan
"Ol qulim" deb berib gʼoyiblaridan
Baxtli boʼpqolarmiz Hudo hohlasa
Aliklar olishgan qoʼlning uchida
Jigarim dedirib pulning kuchida…
Signed 𝑸𝑶𝑹𝑨 𝑸𝑶𝑺𝑯
31 Jul 2026, 14:55 UTC3 viewsread 14 August 2026 Shu she'rga shunchaki xazilomus javob she'r😁
Seni ko‘rsam yuragim,
Boshqacha bo‘laverar.
Urishmayman desam ham,
Urishgim kelaverar.
Boshdan olib aqlingni,
Totayin deb zahringni,
Ko‘rgim kelib jahlingni,
Urishgim kelaverar.
Yoqar qovoq uyishing,
Lablaringni burishing,
Yana araz qilishing,
Urishgim kelaverar.
Mavrid-u, vaqtin poylab,
Kun ora, hafta oylab,
Zerikmay deb ataylab,
Urishgim kelaverar.
Xazillashib kuldi…
Signed 𝑸𝑶𝑹𝑨 𝑸𝑶𝑺𝑯
31 Jul 2026, 02:32 UTC3 viewsread 14 August 2026 Forwarded from @samandar298
Olib berardim!
Yillar qaritmoqda birma bir oʻtib
Avval yuzingizda shodlik koʻrardim
Sotilganda edi jonimni tikib
Ona sizga yoshlik olib berardim
Yoningizdan quvib, xastalik,dard,gʻam,
Faqat quvonch etsin koʻzlaringiz nam
Bozoriga oʻtlar qoʻyib boʻlsa ham
Ona sizga yoshlik olib berardim
Borsizki yuragim turar yorishib
Omadim gullaydi ishim yurishib
Ketmasdan sochingiz oqqa qorishib
Ona sizga yoshlik olib berardim
…
Signed 𝑸𝑶𝑹𝑨 𝑸𝑶𝑺𝑯
30 Jul 2026, 18:18 UTC2 viewsread 14 August 2026 Forwarded from @samandar298
#Yangisi
Sabrimga taqsin
Peshonamga bitgan baxti qarolik
Yo mening yangicha kulfatimmidi
Allakim qiladi aqli rasolik
Qarindoshim yoki ulfatimmidi
Bilganimcha yurdim taralli yallo
Hayot oʼzimniki dedim gerdayib
Xech bir oʼylaganim boʼlmadi aslo
Qismat qarshisida qoldim mungʼayib
Balki xatomidi orzu,rejalar
Balki yanglish maqsad qoʼlidan tutdim
Yoʼllarim soʼngida armon kuy chalar
Shu paytgacha faqat tajriba yutdim
…
Signed 𝑸𝑶𝑹𝑨 𝑸𝑶𝑺𝑯
29 Jul 2026, 16:56 UTC3 viewsread 14 August 2026 So‘rasang gar sira yo‘q demas.
Dasta dasta gullarni bersin.
Seni mendek oshiqlar emas.
Seni o‘zing kabilar sevsin.
Boqaversin boylar boylarga.
Ko‘z yoshimiz oqdi soylarga.
Boqib toldik sizdek oylarga.
Seni o‘zing kabilar sevsin.
Armonlarni quchmayman endi.
Yolg‘oninga uchmayman endi.
Ishq sharobin ichmayman endi.
Seni o‘zing kabilar sevsin.
Kambag‘alni nazarga ilmas.
Muhabbatning qadrini bilmas.
Va'dasiga hech vaf…
Signed 𝑸𝑶𝑹𝑨 𝑸𝑶𝑺𝑯
29 Jul 2026, 06:34 UTC4 viewsread 14 August 2026 Video
Tez kunda
Yana bir yangi taronamiz.😊
Asror_uz_🎙
Nimamni koʻrolmaysiz.🎵
Komila Qiz.✍
@Komila_Qiz_7848
Signed 𝑸𝑶𝑹𝑨 𝑸𝑶𝑺𝑯
27 Jul 2026, 16:13 UTC2 viewsread 14 August 2026 Video
Menga ketma desang nima bo‘ladi?,
Nahotki shunchalar qiyin bo‘lsa bu?.
Shu bitta so‘zingdan ko‘nglim to‘ladi,
Bu sho‘rlik dilginam senga oshiq-ku.
Menga ketma desang nima bo‘ladi?,
Yo mendan shunchalar kechdingmi oson?.
Hozir tik oyoqda turibman zo‘rg‘a,
Qara qiynalyapti yuragim yomon.
Menga ketma desang nima bo‘ladi?,
Netay arang ushlab turibman o‘zni.
Yuzinga tikilsam aylanmas tilim,
Yordam bergin deya aytolmas s…
Signed 𝑸𝑶𝑹𝑨 𝑸𝑶𝑺𝑯
27 Jul 2026, 03:31 UTC1 viewsread 14 August 2026 Forwarded from @samandar298
Ne'matillo akamizni Anjanli bollar she'ridan ilhomlanib Andijon shevada yozdim.
Anjon bollari
Devzirada oshti soladi
Koʼzladimi aniq oladi
Eshshakka ters mindirvoradi
Shustriyda Anjan bollari
Lavzi halol koʼcha koʼrganlar
Mexnat qilib risqin terganlar
Jigariga jonin berganlar
Oqibatli Anjan bollari
Luboy ishda ustasi farang
Yerda arslon suvdachi nahang
Gap tortishma qilasan attang
Soʼzga usta Anjan bollari
Olimp…
Signed 𝑸𝑶𝑹𝑨 𝑸𝑶𝑺𝑯
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @Dardlarim_ummon. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.