9 Aug 2026, 14:49 UTC63 views18 reactions1 Starread 10 August 2026 Photo
Kutdim, armonlarning qo'lin tutmasdan,
Baxtni yo'llaringga qilib intizor.
Shubhayu gumonlar zahrin yutmasdan,
O'tkazdim qorong'u tunlarni bedor.
Bir umid, bir ilinch kezdi sarsona
Yurakning eng chekka sarhadlarida.
Hijron bo'laverdi ishqqa parvona,
Zor yig'lab sog'inchning xilvatlarida.
Kelib ketaverdi sendan xabarsiz,
Rangini yo'qotgan qancha bahorlar.
Kutdim, kutaverdim hech bir samarsiz,
Qachondir qaytar deb f…
❤7🥰5🕊2💔1🔥1😢1🆒1
8 Aug 2026, 12:35 UTC99 views26 reactionsread 10 August 2026 Video
Chindan sevgan inson sevgisini boshqalar oldida ko'rsatishdan hech qachon uyalmaydi 🥹
❤13🔥4👏3🕊2🥰2😍2
8 Aug 2026, 06:11 UTC110 views21 reactionsread 10 August 2026 Photo
Yangilik bor guys 👀
Desam ishonmelar 😂
❤7🤔5😁5💯3🥰1
7 Aug 2026, 15:33 UTC112 views16 reactionsread 10 August 2026 Photo
#atalmagan
Bir kuni...
baxt kirib kelsa sen bilan,
O‘rin ham qolmasa shubha etgani,
Ko‘nsa, tayyor bo‘lsa shu ko‘ngilginam,
Istagan manziling tomon ketgani.
Bir kuni...
iztirob ketsa sen sabab,
Hojat ham qolmasa yoshim artgani.
Millionlar ichidan bir menga qarab,
Nigohing intiqsa sevging aytgani.
Bir kuni...
ko‘zlarim kulsa sen uchun,
Tashvishlar qolmasa mahv etil…
❤10🔥4👏1🥰1
6 Aug 2026, 01:05 UTC140 views16 reactionsread 10 August 2026 Photo
* * *
Men xonaga horgʻin kiraman,
Qadamlarim oʻyimdek ogʻir.
Qaydan buncha rasmiyatchilik,
Yashagani kelganmiz axir!
Atrofimni kuzataman jim:
Maydagaplik,
fikr talashlar.
Eng samimiy toza hislarni,
Boʻgʻib qoʻyar soxta qarashlar.
Kurashgani xohish yoʻq,
kuch yoʻq,
Koʻzlarda hech qolmagan uchqun.
Odam rostan sevmogʻi kerak,
Odamdayin yashamoq uchun…
Yoʻq,
Chigallik istamasman hech,
Faqat biroz yuragim ogʻrir.
Bosh k…
❤6🔥5👏4⚡1
4 Aug 2026, 16:49 UTC152 views14 reactionsread 10 August 2026 Bugun xullas bitta ijoddosh tanish bilan mushoira o'tkazdik. Kim javob yozolmay qolsa yutqazardi. Juft kupletlar meniki, toq kupletlar uniki. Atak men yutganman😎
*yana bu hayotiy emas tipidagi she'r a esizlardan chiqmasin 😁
❤10👏2😁2
4 Aug 2026, 16:46 UTC268 views25 reactionsread 10 August 2026 Posted without readable text
❤14👏5😢3🔥2💔1
3 Aug 2026, 13:39 UTC178 views22 reactionsread 10 August 2026 Photo
Har qadamdan izlaysiz xato,
Ham ustasiz ayblov qo‘yishga.
Adolatda tengsizday hatto,
Shoshilasiz hukm yo‘yishga.
Siz yaxshisiz, biz esa yomon,
Qayg‘urmaydi sizchalik hech kim.
Tuhmatlardan rangimiz somon,
Eshitishga majburmiz-da, jim.
Yaxshilikka burasiz yana
Atay qilgan ishlaringizni.
Biror xato topilgan sana
Yopolmaysiz tishlaringizni.
O‘tmish unut bo‘lmaydi sizga,
Ushlab olib, sudrab yurasiz.
“Sharmandaga sh…
❤9💯4🔥3💔2🆒2✍1🕊1
1 Aug 2026, 13:03 UTC214 views18 reactionsread 10 August 2026 Deydilar, oy ayni toʻlishgan mahal,
Qoʻzib qolar emish turfa xil kasal.
Bu-ku bor gap, shekilli, yuzingga boqsam
Adashib qolaman gapimdan har gal...
Abdulla Oripov
❤8👏4🔥3✍1🕊1🤯1
27 Jul 2026, 12:08 UTC341 views22 reactionsread 10 August 2026 Posted without readable text
💔8❤7🔥4✍2🤝1
25 Jul 2026, 19:49 UTC336 views25 reactionsread 10 August 2026 Umrimizning eng gavhari...
( Sinfdoshlarimga bag'ishlanadi)
Birga oʻtdik qancha yozu bahorlardan,
Birga yengdik barcha ogʻir sinovlarni.
Hecham afsus chekmaymizu qarorlardan,
Biroq sizday sevolmaymiz birovlarni.
Darrov yashab qoʻyibmizda yetti yilni
Oʻqish, test-u imtihonlar gashti bilan.
Mustahkam doʻst, oila boʻlib asli dilni
Toʻldiribmiz sof muhabbat tafti bilan.
Kamchiliklar aytib oshkor qilib emas,
Yash…
❤14👍4✍3👏3🔥1
24 Jul 2026, 11:33 UTC328 views23 reactions1 Starread 10 August 2026 Photo
"Boraymi?”
“Bormaymi?"
— ikkilanasan,
Tabiiy,
ushbu qaror — hal qiluvchi-da.
Oʻylanma,
boʻlin-u,
kelmoqchi boʻlgan
Boʻlaging bilan kel oyoq uchida.
Kel,
Kutib turadi boshqa tomoning,
Bekordir shu sabab dilni yanishlar.
Axir, insonlarni arra boʻlib teng
Ikkiga boʻladi ikkilanishlar!
Menam ikkilandim,
Sogʻinch teng boʻldi
Boshimga gurziday tushgan zamoni —
Bir boʻlagim kutib koʻzi ming boʻldi,
Seni izlab ketdi koʻzsi…
❤9✍5❤🔥5👏2⚡1🔥1
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @Dandelion_M0. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.