9 Aug 2026, 06:00 UTC125 views16 reactionsread 9 August 2026 Photo
Bizning ishqimizning hikoyasi bor,
So‘zlab berayinmi boshidan boshlab.
Yoki oxiridan boshlay qolaman,
So‘ngida siz meni ketasiz tashlab!
Bizning ishqimizning hikoyasi bor,
Bir kuni quvonchda, bir kuni ko‘z yosh.
Ming bora urishib, ming bor yarashib,
Qattiq sog‘inchlarga berardik bardosh!
So‘zlab berayinmi boshidan boshlab,
Yashayotgan edim shu ishq bor uchun.
Ayromiz Oy bilan Quyoshga o‘xshab,
Chiroyli hikoya, ayan…
❤7❤🔥7💔2
8 Aug 2026, 19:35 UTC294 views53 reactionsread 9 August 2026 Photo
Baxtlimisan? Xotirjammisan?
Istaganing berdimi Xudo?
Mendan ketib borgan maziling,
Ayladimi gʻamlardan judo?
Topganlaring koʻnglingga taskin,
Beroldimi zarracha huzur?
Qismatingda boʻlganim uchun,
Ma’zur tutgin, soʻrayman uzur!
Vaqt yutdimi yoki sen uni?
Men yutqazdim yuragim kuydi.
Taqdir degan buyuk tegirmon,
Ikkimizni qayerda tuydi?
Biz yopilgan kitoblar boʻldik,
Varaqlari sargʻaygan, gung, lol,
Sen ochgan u ya…
❤21❤🔥18💔14
8 Aug 2026, 12:10 UTC409 views48 reactionsread 9 August 2026 Photo
Seni tinglamaganning aybi bor…
Tinglaganning - sevgisi)
©Dee Hanım
❤🔥27❤14🕊7
8 Aug 2026, 10:35 UTC420 views46 reactionsread 9 August 2026 Photo
Kelasan...
Aylanib ketar shar,
Yuragim poyimga tegadi.
Na qahrim keltirgan tuyg'ular,
Na rahmim keltirgan tuyg'ular,
Vahmimni keltirar negadir...
Va boshim egaman,
Har taraf
Ufurar go'daklik tiynating,
Chalajon-chalajon so'zlardan
Ma'nolar tutasan iymanib...
Qulardim!
Har tutgan yo'limni,
Izlarim toptasa betartib,
Kimsasiz ko'nglimni, kunsiz ko'nglimni,
Sen suyab turmasang netardim...
(Sen suyib turmasang netardim?…
❤24💔12❤🔥10
6 Aug 2026, 13:25 UTC546 views64 reactions1 Starread 9 August 2026 Photo
O‘zimning yo‘limga undamayapman,
Uqtirmayapmanku falsafamni ko‘p.
Meni tushunmaysan, indamayapman,
Seni tushunmasam, xafa bo‘lma, xo‘p?!
Sening ishing menga xatodir, xato,
Kulgingga sababchi men tushungan g‘am.
Yo‘llarimiz tersdir shu qadar, hatto
Kesishib qolmaydi ro‘yolarda ham.
Poyingga tillodan sochqi sochsalar,
Ishga tushmas hatto ko‘z qirim mening.
O‘ngimda uchragan sof mo‘jizalar
Hatto tushlaringga kirmaydi …
❤35❤🔥17🕊12
5 Aug 2026, 13:45 UTC543 views82 reactionsread 9 August 2026 Photo
Seni uzoqlardan izlab adashdim,
Duk-duk urib turgan yuragimsan, Baxt!..
❤🔥43❤21🕊18
5 Aug 2026, 11:20 UTC564 views60 reactionsread 9 August 2026 Photo
Odamzodga kelganday qirg'in,
Seni sevdim.
Kuyundim. Kuydim.
To'yib-to'yib yedim ich-etim,
O'z qonimning ta'mini tuydim.
She'rlar yozdim...diydiyolarin,
Arzon sotgan ayolday g'arib!
Senga qadar chekingan sarim,
So'zma-so'z o'limni axtarib,
Men ruhimga yuqtirdim chin dard,
Men hushimni olmadim yig'ib,
Dunyo degan eski hovlida,
Odamzodga kelganday qirg'in,
Hali hanuz sen-nurday halol!
Hali hanuz hijron-turgan gap!
Nech…
❤34❤🔥13💔13
4 Aug 2026, 07:45 UTC626 views60 reactionsread 9 August 2026 Photo
Darz ketgan yerimdan, singan joyimdan
Gullab ketadigan gulman, ehtimol.
❤🔥26❤17💔17
4 Aug 2026, 06:30 UTC607 views16 reactionsread 9 August 2026 Shaxsiy kanalim🧡
❤8❤🔥5🕊3
4 Aug 2026, 05:55 UTC715 views40 reactionsread 9 August 2026 Photo
Oldimda kulganlar,
Ortimdan mahzun,
Qaysi gunoh uchun, aytib ber Xudo,
Yoki men yomonga aylanganmidim?
Yaxshi doʻstlarimni qaytib ber Xudo.
Yoki ishonmaslik kerakmidi-ya,
Yoki men yashashni bilmaganmidim?
Ertakdagi oʻsha chin doʻstliklarni
Sendan soʻrab duo qilmaganmidim?
Suyanib boʻlmasdi moʻrt daraxtlarga,
Koʻnglimni kimlarga yoray Xudojon.
Sendan oʻzga hamma-hammaga bordim,
Endi Senga qanday boray Xudojon…
Topg…
❤21❤🔥13🕊6
3 Aug 2026, 15:20 UTC665 views54 reactionsread 9 August 2026 Photo
Qavs bog’lariga tun tushayotir,
Yurakni bir sog’inch o’rtadi yomon.
Hech kimga bildirmay,
uning yoniga
Borgim kelyapti,
Xudojon!
“Tush” deysan,
“Tush” emas,
Tushgin, deyaqol.
Jannat ko’klaridan tushib kelayin.
Umrining har daqiqasiga
Ishqimni, ko’nglimni qo’shib kelayin.
Yoki olib ketay Arshi a’lomga,
Yo qolayin uning qoshida omon.
Qayda qilsang, qilgin,
ne qilsang qilgin,
Meni undan mahrum etma, undan, Xudojon!
M…
❤32❤🔥13💔9
2 Aug 2026, 18:10 UTC630 views68 reactions1 Starread 9 August 2026 Photo
Hamon og'riqlarim o'zimga ayon,
Hamon, yuragimni tirnovchi his bor.
Men toshga aylanib borayotgan jon,
Xudojon, sen meni gullatib yubor...
❤🔥32❤23💔13
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @ignabarg. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.