10 Apr 2022, 09:21 UTC950 viewsread 10 August 2026 Assalomu alaykum hurmatli do‘stlar!
Kanalga egalik huquqi bor Telegram profilim "udalit" bo‘lib ketgani sabab yurtmayotgan edim.
Shuncha vaqtdan beri kanalda qolgan insonlar bor ekan. Qo‘llab turganingiz uchun rahmat.
Va endi Qulmatovni @Qulmatovlive dan topishingiz mumkin😁.
Xullas yangi kanal ochdim. Sizni
T.me/qulmatovlive da kutaman!
T.me/Qulmatovlive
Signed Nodir Qulmatov
2 Feb 2022, 06:57 UTC≈1,030 viewsread 10 August 2026 "Oqibat" nomli mitti hikoyam Qirg‘iziston adabiy nashrlaridan birida chop etilibdi:
Нодир КУЛМАТОВ: Акыбет
Коңшу үйдөн баланын ыйы угулду.
Айылда:
— Тынччылыкпы?
Шаарда:
— Тынчтык барбы?
***
"Oqibat"
Qo‘shni uyda bola yig‘isi eshitildi:
Qishloqda:
-Tinchlikmi?
Shaharda:
-Tinchlik bormi?
Boshqa hikoyalarni o‘qish uchun 👇👇
http://ruhesh.kg/ky/category/show/news/2569/ozbek-zhash-kalemgerlerinin-chakan-angemeleri
Signed Nodir Qulmatov
8 Sept 2021, 19:22 UTC≈1,140 viewsread 10 August 2026 Photo
Энди бўй қиз эмас отинг,
Энди бўйним чўзилмайди.
Чунки боғда пишган олма
Икки марта узилмайди.
Энди мен ҳам бўйдоқ эмас,
“Қуш” им билан кетар бўлдим.
Сен ўлгудай қайсар эдинг,
Мен сенданда ўтар бўлдим.
Биз дуч келдик, салом бердинг,
Бутун олам гувоҳ бўлди.
Алик олди хотиралар,
Менга сўзлаш гуноҳ бўлди.
Мана энди катта ҳаёт,
Катталашиб борар қамров.
Ҳа, фақатки битта ҳисни,
битта сўзни босар қиров.
Севардимов?!....…
Signed Nodir Qulmatov
1 Sept 2021, 10:44 UTC858 viewsread 10 August 2026 Bayram nishonlash bilan Mustaqillikni mustahkamlab bo‘lmaydi.
18 yoshli amakimning o‘qishga imkoni bo‘lmagan o‘g‘lini Rossiyaga kuzatib qo‘ydim. Xursand, bilmaydi u yerda o‘zini nima kutayotganini, o‘qishni xohlardi, sportga juda qiziqadi. Yangi O‘zbekiston farzandi. Endi Rossiyada ishlab, uy-joy qilib, o‘zining to‘yidan bir ikki kun oldin yetib keladi. To‘y o‘tib, bir oydan keyin qarzlarini qaytarish uchun yana qay…
Signed Nodir Qulmatov
31 Aug 2021, 21:39 UTC686 viewsread 10 August 2026 Video
📹 1991-yil 31- avgust Islom Karimov tamonidan mustaqilligimiz e'lon qilingan lahzalar!!!
Mustaqilligimizga ko‘z tegmasin!!!
@adabiy_minbar
Signed Nodir Qulmatov
31 Aug 2021, 21:37 UTC624 viewsread 10 August 2026 Photo
Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin! Uni asrash siz-u bizning burchimiz!
@adabiy_minbar
Signed Nodir Qulmatov
17 Aug 2021, 08:58 UTC624 viewsread 10 August 2026 Agar sen qaysi avlod vakilisan deyishsa, men baralla "Sen yetim emassan", deb hatto nemisning bolasiga bag‘rini ochganlarning farzandlariman deyman, mana sizga 3-renessans.
Signed Nodir Qulmatov
17 Aug 2021, 08:38 UTC602 viewsread 10 August 2026 Photo
#tahrirsiz
Afg‘on elda qolib ketgan bir o‘zbegim
Chegarada simto‘siqdan mo‘ltiraydi.
Yolg‘on ekan o‘zligimga men bekligim,
Sho‘rpeshonam ko‘z yoshlari yaltiraydi.
Kechir, inim, og‘am, singlim, enaginam,
Sen ham o‘zbek, men ham o‘zbek - begonamiz.
Seni sarson qilganlarga bor jahannam,
Ikkimiz ham bir Xudoga inonamiz!
Qorni to‘ymay yig‘layapti chaqalog‘ing,
Ko‘kragingdan suting qochib ketganmidi?
Otishmalar ovozidan…
Signed Nodir Qulmatov
3 Aug 2021, 09:21 UTC577 viewsread 10 August 2026 Photo
Bu qiz Rayhona Qodirova(ikkinchi rasmda kuk forma). Qashqadaryo qizi. Oilasi oddiy ekan. U dunyoning eng katta musobaqasi bo‘lgan Olimpiadada chorak finalda mag‘lub bo‘ldi. U uch raund urishib, ham urdi, ham tayoq yedi. Oxirida yig‘lab chiqib ketdi. Uning ko‘zidagi nigoh shunchaki achinarli. U medaldan va mukofot pulidan quruq qolgani uchun emas, u ketma-ket zarbalarga turib berib, ularning og‘rig‘idan emas, Vatanini…
Signed Nodir Qulmatov
1 Aug 2021, 17:35 UTC440 viewsread 10 August 2026 Facebookda 2400 taga yaqin "do‘stlar", Instagramda 1700 taga yaqin obunachi, telefonda va Telegramda minga yaqin raqamlar, Twitterda 150 ta obunachi... Ammo yordam kerak bo‘lganida telefon ham ishlatmaydigan ota-onamdan boshqasini topolmayman. Hamma narsani ham ularga aytib bo‘lmaydi. Suhbatdosh kerak bo‘ladi. Ko‘pincha u o‘zim bo‘laman yana.
@adabiy_minbar
Signed Nodir Qulmatov
29 Jul 2021, 18:01 UTC454 viewsread 10 August 2026 Photo
Qorong‘u beshikdagi chumolining rizqini unutmagan Robbing, seni unutarmidi!?
Xotirjam bo‘lsang-chi!
Facebook: Abdurahim Alamov
@adabiy_minbar
Signed Nodir Qulmatov
27 Jul 2021, 16:02 UTC445 viewsread 10 August 2026 Ko‘zga bir ko‘rinib-ko‘rinmay qoladigan hamma ham farishta emas, do‘stman deganlar bo‘lishi ham mumkin.
Signed Nodir Qulmatov
Showing the 12 most recent of 18 posts we hold for @Adabiy_minbar. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.