17 Feb 2026, 13:03 UTC147 views2 reactionsread 9 August 2026 Yanvar . Bahorgacha hali ancha bor ,
Quyosh chiqar lekin nurlarda cho'g' kam .
Daraxtlar sukutda , atrofda jimlik ,
Sovuq o'z isidan ko'rmoqda baham .
Yosh bodom gullashni qildi ixtiyor ,
Boshqa daraxtlarga solmayin quloq .
Aytdilar :"Hali-ku gullashni qo'ygin ,
Xatto barg surishga ancha ertaroq " .
"Gullayman , siz meni ko'rolmayapsiz ,
Men hali mevalar tugaman serob .
Siz o'sha bahorni kuting jingina ,
Lekin men …
🔥2
17 Feb 2026, 07:37 UTC147 views3 reactionsread 9 August 2026 #Kun_Hazili
ДИНДОРГА ЎХШАШ УЧУН
(Анвар Обиджонга пародия)
Диндорга ўхшаш учун
Фейсбукка ҳам кирволдим.
Профилга арабча
Ҳикматлардан қўйволдим.
«Савалашдим» дин учун
Тагимда пар ёстиқча.
Энди фақат иймон кам
Ва чекишим ортиқча.
© Хуршид АБДУРАШИД.
⚡2🏆1
8 Feb 2026, 11:29 UTC146 views3 reactionsread 9 August 2026 She'rlarimda balqimas ma'no ,
Satrlari nobob , to'zg'igan .
Men yozmayman , meniki emas ,
So'zlar chiqar qalam bo'g'zidan .
She'r -chevarsiz tikilgan ko'ylak ,
Qofiyalar bermaydi bichim .
Men , ha , afsus , shu she'rlar bilan ,
O'z-o'zimdan olaman o'chim .
Yuragimga otavermang tosh ,
Shudir qismat , shu taqdir , netay .
Parvo qilmang , qo'ying jimgina :
Qog'ozlarga ko'milib ketay .
❤2❤🔥1
7 Feb 2026, 05:36 UTC144 views5 reactionsread 9 August 2026 Maqsadlarni qo'yardim katta ,
Yuragimda jo'shardi kuchim .
Hayolimni to'xtatib shartta ,
Mag'lublikdan olsaydim o'chim .
Yulduzlarga zumda yetardim ,
Menga yaqin edi osmonlar .
Jur'atimni baxshiy etardim ,
So'nib-bitsa borki tug'yonlar .
Ne insonlar chiqdi yo'limdan ,
Ne insonlar soldilar uvvos .
Ammo hozir afsus qo'limdan ,
Orzu qilish kelyapti xolos ...
🔥5
4 Feb 2026, 13:23 UTC147 views3 reactionsread 9 August 2026 #Kayfiyat
-Nimalar qilib qo'yding , tirrancha ?
-Uzr ming bor , kechiring amaki .
-Ha,mayli , hammamiz ham xom sut emgan bandamiz .
-Iye , amaki , men kasha yeb katta bo'lganman ...
🤯3
3 Feb 2026, 03:17 UTC146 views4 reactionsread 9 August 2026 -Tahoratni buzar "sigaret" ,
-Yo'q buzmaydi , nima deyapsan ...
Shu alfozda tortishdilar hop ,
Hech birlari olmadilar tan .
Yoqalardan ushlandi nogoh ,
Ko'tarildi baland ovozlar .
Ikki yaqin do'st o'rtasida ,
Paydo bo'ldi tubsiz , ulkan jar .
Janjal cho'g'i lovullagan payt ,
Kelib qoldi uchinchi bir do'st .
Ajratishga tirishdi birdan ,
...Va aytildi unga hamma so'z .
"Sizlar inson , ikki xo'rozdek ,
Bir-biringiz c…
🔥4
28 Jan 2026, 04:30 UTC155 views3 reactionsread 9 August 2026 Qaysi yoshdaligim aslo so'ramang ,
Yosh hech raqamlarga qarab o'lchanmas .
Taqdir ko'chasida yuribman arang ,
Qadamim burishga intilmang , yo'q ,bas !
Ichimda yosh bola kuladi ba'zan ,
Ba'zan bir qariya ingraydi ,bilmam !
Goho olamondan nariroq yurib ,
Yolg'izlik uyida hayollarim jam .
Har va'da amalga ko'chmasligini ,
Bugun vujudimda tuyib turibman .
Avval oshiq bo'lib , sevganim emas ,
Meni sevganlarni suyib turi…
❤2👏1
21 Jan 2026, 06:19 UTC173 views3 reactionsread 9 August 2026 #Kayfiyat
#Haqiqat
Kaminajon ko'p narsalarni ,
Bilmasligin o'zi biladi .
Lek negadir tushunib emas ,
Tushuntirib mazza qiladi ...
😁3
18 Jan 2026, 06:38 UTC188 views4 reactionsread 9 August 2026 Photo
YECHIM .....
Quchoqladim tizzalarimni ,
Muammoyim hal bo'larmi deb .
Lek yechimdan darak bo'lmadi ,
Kuyindim ming pushaymonlar yeb .
Qo'llarimni qo'ydim belimga ,
O'ylanishda etdim men davom .
Natijalar ko'rinmadi hech ,
Rad etildi bu galgi da'vom .
Yuragimga bosdim kaftimni ,
Berar deya biror ishora .
Hech bir foyda topmadim , afsus ,
Sabr kosam to'ldi tobora .
Ammo bir zum bari yechildi ,
Javob oldim so'roqlari…
👏4
17 Jan 2026, 15:43 UTC158 views7 reactionsread 9 August 2026 Zanjir ....
Yerni yeydi chuvalchang ,
Uni baliq yutadi .
Dunyo shunday tuzilgan ,
Kunlar shunday o'tadi .
Ko'klamni yanchar qo'ylar ,
Ular bo'riga yemish .
Bir asrlik daraxtga ,
Qunduzlar qayraydi tish .
Xatto tinch emas sichqon ,
"Mosh" solar tinmay panja .
Mushuklarga ham tinch yo'q ,
Ularga it iskanja .
Qirg'iydan qochar chumchuq ,
Burgut yutar ilonni .
Har harvon urush ochar ,
Janggoh qilib maydonni .
Hamma …
❤7
4 Jan 2026, 05:13 UTC196 views4 reactionsread 9 August 2026 Photo
"Oy ne uchun gardlardan forig' ?
Qaraganni asir qiladi .
Nega uning yuzlari yorug' ? "
Chunki tunga sabr qiladi ...
🔥4
9 Dec 2025, 12:40 UTC312 views11 reactionsread 9 August 2026 Sensizlik men uchun jahannam ,
Umrimni bekorga sovurish .
Sensizlik o'zimdan chiqqan shu
Olovda o'zimni qovurish .
Sensizlik - go'yoki qurolni ,
O'zimga qarata otishdir .
Sensizlik - manzilsiz , bir yerda ,
Abadiy azobda yotishdir .
Sensizlik - qayg'uli bir kitob ,
Daxshatga soluvchi hikoya .
Hasratim arishi uchun bir :
Sen meni tanlasang kifoya .
Cheksizlik nurlarin quchardim ,
Bo'lmasdi bu poyim zulmatda .
Gar o…
❤6👏5
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @yuraknashidasi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.