1 Aug 2026, 02:34 UTC572 views41 reactionsread 7 August 2026 Photo
#tavsiya
Aytgancha, o'zim bolalar aravachasi tanlashga rosa ko'p vaqt sarflaganim uchun tavsiya yozib qo'ymoqchi edim, kimgadir kerak bo'lar. Men 3-4 yil xizmat qiladigan, notekis yo'lda sakramaydigan aravacha izlagandim.
Arzon va qimmat aravachalar haqida iste'molchilar fikrlari, texnik xususiyatlari va boshqalarni rosa o'rganib, Carrello Bravo Carbon tanladim. 4 oyga yaqin foydalandik, hozircha menga yoqyapti.
G…
👍29❤10🔥2
1 Aug 2026, 02:12 UTC548 views54 reactionsread 7 August 2026 Photo
#life
Oyposhxon soat 3:30 da turib oldilar. Hovlini supurish tushiga kirgan, shekilli. Hali hovliga ko'chmagandik lekin (remont tugamay ketdi).
Xullas, 2 soat uyda "gaplashdik", ovqatlandik, taglik almashtirdik, ko'tardim, keyin saharlab ko'chaga chiqishga qaror qildik. Aylanma yo'llar bilan Korzinkaga borib qaymoq bilan non oldik, qaytishda ham aylanma yo'llar bilan qaytdik: bu ko'zchalarga uyqu insa qani🥲 Oxiri u…
❤39😁7👍6🔥2
25 Jul 2026, 16:22 UTC≈1,010 views123 reactionsread 7 August 2026 #baby_language
Buxanka
Avstriyadan qaytganimizga roppa-rosa 1 yil bo'ldi shu oy. Monstrcha nemischani unutib, o'zbekchada professional bo'lib ketdi, deb yurgandik. Tushki uyqudan uyg'ongan monstrcha ertalab bo'ldi deb o'ylab:
- Mommy, tost qilib bering? Nimaga hech Venadagidek tost qilib bermayapsiz?!
- Bo'pti, qilaman. Bor do'kondan buxanka olib kel.
- Buxanka? Nima u?
- Tost qiladigan nonda shu.
Birinchi qav…
😁104❤15👏3🔥1
16 Jun 2026, 03:52 UTC≈1,950 views116 reactionsread 7 August 2026 #mood
Mazza qilib, iforidan rohatlanib qahva ichgim kelyapti.
Lekin Oyposh tug'ilganidan beri bir qultum ham qahva ichmadim. Kola ham ichmayapman. 6 oylikkacha chidab tursam, qo'shimcha ovqat yeya boshlaganda qahva ichmoqchiman. Chunki chaqaloq tanasi kofeinni hazm qilolmaydi va kofein uning tanasida to'planib borib, uyqusiga va ishtahasiga ta'sir qilishi mumkin ekan.
Monstrcha chaqaloqligida ertalab kuniga 1 mar…
😁92❤20🔥4
12 Jun 2026, 16:08 UTC≈2,250 views147 reactionsread 7 August 2026 Photo
#monstrcha
Bugun monstrchani bog'chadan olgani borsam, tarbiyachisi faxriy yorliq tayyorlab turgan ekan. Endi har guruhdan 3 bolaga beradigan bo'lishibdi.
A'lo baholari va namunali xulqi uchunmish🥴 Uyda ko'rsatmaysanmi shu xulqingni?! Har doim aytaman: uyda yaxshi bola bo'l, bog'chada yoki ko'chada bilganingni qilishing mumkin. Bu uyda asl yuzini ko'rsatadi-da, ko'chada mo'min-qobil.
***
Ravon o'qishni o'rgatish v…
😁86🤣36❤19🤩5🥰1
11 Jun 2026, 11:39 UTC≈1,890 views57 reactionsread 7 August 2026 #life
Vaksinalar qimmat ekan😭 Geksaksim bitta dozasi 850 ming so'm. Uni 4 marta olish kerak...
Ba'zi vaksinalar xususiy emlash markazlarida ham yo'q ekan. Ya'ni pulga ham ololmaysan. Masalan, meningitga qarshi olinadigan Bexsero hech qayerda yo'q.
Hamma vaksinani monstrchaniki bilan bir xil qilib olmoqchidim..
❤45👍7🔥5
11 Jun 2026, 11:34 UTC≈1,690 views61 reactionsread 7 August 2026 #baby
Chaqaloqni 1 oylik tekshiruvga olib borganimda, nevropatolog vahima qilib, "miyada gematomalar bor ekan, Penta-1 vaksinaga medotvod yozaman, olmaysizlar" dedi. O'sha payt tortishib o'tirgim kelmadi. Indamay ketdim.
Aslida tug'ruqdan keyin aksariyat bolalarda yengil gipoksiya va miyada mitti gematomachalar bo'ladi. Neysonografiya qilgan yoshi katta vrach ham vahimali narsa emazligini, o'zi so'rilib ketishini a…
❤46👍7🔥6😭2
21 May 2026, 07:05 UTC≈1,830 views121 reactionsread 7 August 2026 #life
Monstrcha dadasining birga bir kopiyasi edi. Hozir yuzi cho'zilib, ko'zlari kattalashib, bobosiga ham o'xshab ketyapti.
Oyposhshaxonim (ismi Oyposhshamas, suzilishiga Oyposh deyman😆) esa menga o'xshaydi. Kserokopiya. Faqat kiprigi kaltaligi va sochi dadasiniki. Kiprik o'stiradigan vositalardan izlashni boshlayveraymi? Effekti bormi?😁
😁95❤18🔥8
13 May 2026, 09:27 UTC≈2,380 views142 reactionsread 7 August 2026 #mood
Ozarbayjonlik ayolning hazil videosini ko'rib qoldim. "Qaynonamning o'g'li" deb eri yegan-yechgan narsasini joyida tashlab ketaverganini ko'rsatgan: yerda yotgan paypoqlar, stolda qolgan ovqati yeyilgan idishlar va hkz.
"Mening o'g'lim" deb 5-6 yosh o'g'ilchasi kir paypoqni kirga, bo'shagan kosasini idish yuvish mashinasiga solib, o'zining narsalarini yig'ishtirib yurganini ko'rsatibdi.
O'ylab qarasam, bizni…
🤣106😁21❤12🔥3
8 May 2026, 09:57 UTC≈2,520 views124 reactionsread 7 August 2026 #life
Monstrcha 5,5 yosh. Ertalab chaqaloq uyg'onib, e'tiborni tortish uchun ozgina "A, ah, aa" deb qo'ysa:
- Mommy, chaqaloq yig'layapti. Olmaysanmi? Yoki bolasiga qaramaydigan ayamisan, a?!
Tuni bilan ota-o'g'il mazza qilib uxlaganda, bolani ko'tarib chiqqan, 1 oydan beri deyarli ko'chaga chiqmagan men:
- Ha, shunaqa ayaman, shekilli..
- Vaaay, ts, ts, ts..
🤣87😁19❤18
8 May 2026, 03:43 UTC≈2,290 views111 reactionsread 7 August 2026 #poliklinikada
Poliklinikadan chiqib, hovlisida o'tirsak, bir bolacha onasi bilan (2-2,5 yosh bo'lsa kerak) qon tahlili topshirib chiqdi. Barmoqchasiga paxta qo'ygan, tinimsiz yig'lab yotibdi. Onasi:
- Bo'ldi, mana qara, qon yo'q. Yarasi ham yo'q, tuzalib ketdi.
-Yooo'😭
- Yig'lama, qara, chaqaloqcha uxlayapti ekan. Yig'lamasang, morojniy olib beraman.
- Mayojniiii, ettalabtanmi??? Aaaa...
- Ha, ertalabdan moroj…
😁102❤7🎉1🔥1
20 Apr 2026, 17:16 UTC≈2,540 views115 reactionsread 7 August 2026 #life
Ispaniya va O'zbekiston tug'ruqxonasining farqi bormi?
Ha, bittasida shifokorlar faqat ispancha gapirardi😁
Monstrcha Covid-19 karantini avj olgan paytda Isppaniyada tug'ilgandi. Ikkinchi farzandimiz Toshkentdagi Akusherlik va ginekologiya institutida tug'ildi. Birinchisida tug'ruq payti turmush o'rtog'im yonimda edi, palataga olishgandan keyin ham birga qolgan. Bu safar ham shu imkoniyat borligi uchun yuqori…
❤88🔥19🥰8
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @yevropa_sarguzashtlari. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.