11 Aug 2026, 16:08 UTC491 views33 reactionsread 12 August 2026 Photo
1948-yilda Floridada odamlarni dahshatga solgan ulkan izlar paydo bo‘la boshlaydi. Izlar shunchalik katta ediki, ayrimlar plyajlarda bo‘yi 4,5 metr keladigan ulkan pingvin yoki noma’lum maxluq kezib yuribdi, deb o‘ylashgan. Aslida esa buning ortida oddiy hazilkash turgan. U taxminan 13 kilogrammlik, uch barmoqli cho‘yan “oyoq kiyim” yasab, kechalari plyaj bo‘ylab yurib iz qoldirgan.
Eng qizig‘i, bu hazil bir martali…
🤣26❤4🤯2👍1
11 Aug 2026, 08:14 UTC661 views7 reactionsread 12 August 2026 Video
Bu — Xitoydagi Matou tog‘larida joylashgan “Flying Ferrata” ekstremal yo‘li.
Bu yo'l dengiz sathidan qariyb 1 200 metr balandlikda joylashgan. Sayohatchilar qoyalar orasiga o‘rnatilgan tor ko‘priklar, metall zinapoyalar va osma yo‘llardan o‘tishadi. Pastga qarashga esa hammaning ham yuragi betlamaydi.
Bu balandlikni tasavvur qilish uchun: go‘yo uchta Eyfel minorasini bir-birining ustiga qo‘yib, liftni butunlay unut…
👍5🤩2
8 Aug 2026, 14:00 UTC963 views10 reactionsread 12 August 2026 Photo
▶️YANGI VIDEO CHIQDI
https://youtu.be/Zz1LCOeAT4I?si=mcsxx
Bugungi videoda Siz:
— Beriyaning hokimiyatga ko‘tarilishi;
— NKVD va Stalin repressiyalari;
— Katin qirg‘ini;
— Chechenlar, ingushlar va Qrim tatarlarining deportatsiyasi;
— Gulag tizimi;
— Sovet atom bombasi yaratilishidagi roli;
— Beriyaning shaxsiy jinoyatlari;
— Stalin bilan munosabatlari;
— Stalin o‘limidan keyingi hokimiyat kurashi;
— Beriyaning hibsg…
👍6❤2👌2
7 Aug 2026, 16:04 UTC≈1,230 views32 reactionsread 12 August 2026 Photo
📜Dunyodagi eng qadimgi tug‘ilganlik guvohnomasi
Arxeologlar qadimgi Shumerning Nippur shahrida taxminan 4 ming yillik loy taxtachani topishdi. Unda bolaning tug‘ilgani qayd etilgan bo‘lib, ota-onasining ismi, bolaning ismi va jinsi yozilgan.
Eng qizig‘i, hujjat bilan birga chaqaloqning oyoq izi tushirilgan yana bir loy taxtacha ham saqlanib qolgan.
Demak, insonlar tug‘ilishni rasmiy qayd etish an’anasini minglab y…
🔥16👍5❤4🫡4😎3
7 Aug 2026, 07:31 UTC≈1,180 views22 reactionsread 12 August 2026 Video
🦔Yangi tug‘ilgan jayra bolasi shunday ko‘rinadi.
Qizig‘i shundaki, u tug‘ilgan paytda ignalari yumshoq bo‘ladi. Bu ona jayraning tug‘ruq vaqtida jarohatlanishining oldini oladi. Oradan bir necha soat o‘tgach esa ignalar qotib, o‘zining asosiy himoya quroliga aylanadi.
Tabiatning yana bir ajoyib mo‘jizasi. 🌿
Xuddi shunday ☑️
😇11👍4❤3🤯3🔥1
6 Aug 2026, 16:07 UTC≈1,300 views11 reactionsread 12 August 2026 Photo
Gruziyaning Kutaisi shahridagi botanika bog‘ida g‘ayrioddiy ibodatxona bor. Uning devorlari toshdan emas, balki qariyb 400 yillik ulkan eman daraxtining tanasidan iborat.
Daraxt tanasidagi kovak o‘tgan asrda tabiiy ravishda hosil bo‘lgan. 2014-yilda esa bu joy kichik Arxangel Mixail ibodatxonasiga aylantirilgan. Ichkarisiga bir vaqtning o‘zida uch kishi bemalol sig‘adi. Qariyb 2 metr diametrga ega bu ulkan daraxt bu…
🤓6👍3😍2
6 Aug 2026, 06:58 UTC≈1,100 views20 reactionsread 12 August 2026 Video
Sokinligi bilan hayratga soladigan ulkan jonzot — kit akulasi. 🦈
Sulavesi oroli sohillarida uchraydigan bu gigant baliq faqat plankton bilan oziqlanadi va odamlar uchun deyarli hech qanday xavf tug’dirmaydi. Shu sababli g’avvoslar unga juda yaqin suzib, noyob lahzalarni kameraga muhrlashadi.
Tabiatning eng yirik baliqlaridan biri bo’lishiga qaramay, kit akulasi o’zining muloyim fe’l-atvori bilan mashhur. Ba’zida en…
👍16❤2🤓2
5 Aug 2026, 16:08 UTC≈1,240 views52 reactionsread 12 August 2026 Photo
🌟Tarixdagi eng yosh “jinoyatchi”
1893-yil 17-oktabrda fransuz politsiyasi arxivida g‘ayrioddiy “jinoyatchi” qayd etilgan — 23 oylik Fransua Bertilyon.
Uning “jinoyati” esa ochko‘zlik edi: kichkintoy savatdagi barcha noklarni birma-bir tishlab chiqqan. Shu tariqa Fransua tarixdagi eng yosh va, ehtimol, eng yoqimtoy “jinoyatchi” sifatida mashhur bo‘lib qolgan.
Xuddi shunday ☑️
🥰36👍6❤3🔥3💯2🤣2
5 Aug 2026, 10:15 UTC≈1,150 views15 reactionsread 12 August 2026 Video
😊Kaliforniyada itlar o‘rtasida syorfing bo‘yicha an’anaviy jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy yulduzi besh yoshli labrador Rozi bo‘ldi. U bir nechta yo‘nalishda, jumladan sapbord poygalarida g‘alaba qozondi va inson bilan tandem bahsida ham jamoasiga birinchi o‘rinni olib berdi.
Turnir o‘n yildan beri o‘tkazib kelinadi. Tadbir davomida yig‘ilgan barcha mablag‘lar hayvonlar boshpanalari va xayriya l…
❤5👍4👏3🤣2🤯1
4 Aug 2026, 16:06 UTC≈1,180 views22 reactionsread 12 August 2026 Photo
Tashqaridan qaraganda bu oddiy, yopiq Injil kitobiga o‘xshaydi. Aslida esa uning ichiga yashirin to‘pponcha mexanizmi o‘rnatilgan: maxsus xatcho‘p tortilganda qurol o‘q uzgan. Bu noodatiy buyum Venetsiya dojlaridan biri — Franchesko Moroziniga tegishli bo‘lgan. U 1619–1694-yillarda yashagan harbiy va siyosiy arbob edi.
Xuddi shunday ☑️
🤨14👍5🔥2👏1
4 Aug 2026, 10:24 UTC≈1,160 views10 reactionsread 12 August 2026 Video
Braziliya va Argentina chegarasida joylashgan Iguasu — dunyodagi eng ulkan sharsharalar majmualaridan biri.
Iguasu daryosi bo‘ylab turli balandlik va kenglikdagi qariyb 275 ta sharshara joylashgan. Ular Braziliyaning Parana shtati va Argentinaning Misiones provinsiyasini ajratib turadi.
Majmuaning eng mashhur qismi — “Iblis bo‘g‘zi”. Bu yerda ulkan suv oqimi balandlikdan qulab, atrofni kuchli shovqin va qalin suv t…
❤5👍4🔥1
3 Aug 2026, 16:05 UTC≈1,150 views18 reactionsread 12 August 2026 Photo
1948-yil 21-avgustda ishchilar Berlinning Potsdamer-Plats maydonidagi asfaltga bo‘yoq bilan chiziq tortib, Sovet sektori bilan unga tutash G‘arb sektorlarining chegarasini belgilashdi.
Suratdagi oddiy chiziq o‘sha paytda hali devor emasdi. Ammo u shahar tobora ikki qarama-qarshi dunyoga ajralib borayotganining dastlabki belgilaridan biri edi. Oradan 13 yil o‘tib, 1961-yilda Berlin devori qurildi va bu bo‘linish beto…
👍10❤8
Showing the 12 most recent of 22 posts we hold for @xuddi_shunday. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.