9 Apr 2024, 14:10 UTC≈5,420 views12 reactionsread 10 August 2026 Sonlarning yozilishi
Ikki, olti, yetti sonlariga jamlikni bildiruvchi -ov, -ala, -ovlon qoʻshimchalari qoʻshilganda, oʻzak oxiridagi i unlisi tushib qoladi:
ikkala, oltov, yettov.
❌ ikkiala, oltiov, yettiov
✅ ikkala, oltov, yettov
Tartib sonlar raqam bilan yozilganda -nchi, -inchi qoʻshimchalari oʻrniga chiziqcha qoʻyiladi: 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 3-qavat.
❌ 2002 yil, 22 dekabr, 5 sinf, 3 qavat
✅ 2002-yil, 2…
👍5🥰5✍1❤1
4 Apr 2024, 15:41 UTC465 views8 reactionsread 10 August 2026 Ajratib yozish
Birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi joʻnalish kelishigida boʻlgan birikmalar ajratib yoziladi:
yildan yilga, tomdan tomga, kundan kunga kabi.
@xatoyozma
👍7❤1
2 Apr 2024, 15:12 UTC≈5,250 views2 reactionsread 10 August 2026 #izoh / #tilshunoslik
ABZAS
[Nemischa — Absatz ˂ absetzen – yangi satrdan boshlash]
1 Matnning dastlabki qatorini bir oz oʻrin (uch harf oʻrni) qoldirib boshlash; xatboshi, satrboshi.
Yangi abzacdan yozmoq.
2 Matnning bir xatboshidan keyingi xatboshigacha boʻlgan qismi.
Uch abzacni oʻqimoq. Bir abzac tashlab yozmoq
@xatoyozma
👍2
1 Apr 2024, 10:02 UTC≈6,100 views7 reactionsread 10 August 2026 Uxlamoq yoki uhlamoq?
Bularning ikkisi ham toʻgʻri yozilgan, faqat bular ikki xil maʼnoni anglatuvchi soʻzlar:
1. Uxlamoq — uyquda boʻlmoq, uyquga ketmoq.
2. Uhlamoq — uh tortmoq, “uh” deb qoʻymoq.
Misol:
Toshmat uxlayotganida birdan uhlab qoʻydi.
@xatoyozma
👍7
28 Mar 2024, 06:06 UTC≈12,600 views5 reactionsread 10 August 2026 Telefon raqamlari imlosi
(mening tilim)
Telefon raqamlarini yozish borasida hech qayerda aniq koʻrsatmalar berilmagan (yoki biz bilmaymiz), shu bois ularning imlosida koʻproq mantiqqa tayanishga toʻgʻri keladi.
1. Odatda avval telefon soʻzi yozilib, ikki nuqta qoʻyiladi, keyin esa bir joy tashlab raqam kiritiladi.
2. Telefon soʻzini qisqartirib yozish mumkin, bunda unga nuqta va ketidan ikki nuqta qoʻyiladi, ikki …
👏5
27 Mar 2024, 05:03 UTC463 views5 reactionsread 10 August 2026 Ketma-ket, qadam-baqadam
Tilimizdagi -ma va ba- qoʻshimchalari orqali tuzilgan takror soʻzlar chiziqcha bilan yoziladi: ketma-ket, zoʻrma-zoʻr, idorama-idora, qadam-baqadam, rang-barang, vosita-bavosita, zinhor-bazinhor.
Ahamiyat bergan boʻlsangiz, -ma qoʻshimchasi birinchi soʻzga qoʻshilib kelsa, ba- qoʻshimchasi ikkinchi soʻzning avvalida boʻladi.
Ket-maket ❌
Ketma-ket ✅
Qadamba-qadam ❌
Qadam-baqadam ✅
@xatoyo…
👏4👍1
25 Mar 2024, 07:26 UTC509 views5 reactionsread 10 August 2026 Ajratib yozish
👉Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi:
sarf qildi, ta’sir et, tamom bo‘l, sotib ol, olib kel, olib chiq, miq etma kabi.
👉Ko‘makchi fe’l va to‘liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi:
aytib ber, olib ko‘r, so‘rab qo‘y, ko‘ra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi.
Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o‘zgarishi bo‘lsa, bunday qismlar qo…
👍3👏1🥰1
24 Mar 2024, 05:48 UTC≈6,550 views3 reactionsread 10 August 2026 #tovush_oʻzgarishlari
Tovush oʻzgarishlari
Barg, pedagog, bugʻ, togʻ, sogʻ, ogʻ, sigʻ kabi soʻzlarga -ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina qoʻshimchalari qoʻshilsa, bu qoʻshimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qatʼi nazar, g yoziladi:
bargga, pedagogga, bugʻga, togʻga, sogʻgan, ogʻgan, sigʻguncha kabi.
@xatoyozma
👍3
23 Mar 2024, 08:37 UTC515 views4 reactionsread 10 August 2026 Chiziqcha bilan yozish tartibi
👉Juft so‘z va takror so‘z qismlari chiziqcha bilan yoziladi:
el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to‘rt, o‘n-o‘n beshta (10-15 ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-…
👏3👍1
22 Mar 2024, 11:40 UTC420 views4 reactionsread 10 August 2026 Poll
Qaysi biri to‘g‘ri?
- Afv59%
- Avf41%
Shares as published. No per-option vote count is published by Telegram, so none is shown.
👍3❤1
22 Mar 2024, 06:45 UTC≈5,680 views3 reactionsread 10 August 2026 #bilib_oling / #vaqt / #imlo
Soat va daqiqalar imlosi
1. Soatlar va daqiqalarni ikki nuqta bilan ajratgan maʼqul: 15:00, 09:30
2. Kompaniyalar saytlarida, jurnallarda, umuman, badiiy va norasmiy matnlarda ularni nuqta bilan ajratsa ham zarar qilmaydi: 15.00, 09.30
3. Yarim tunni ikki xil koʻrinishda ifodalash mumkin: 00:00 yoki 24:00
4. Kunning yakuni haqida gap ketayotgan boʻlsa, 24:00 shaklini, kunning boshi h…
👏3
22 Mar 2024, 04:55 UTC795 views4 reactionsread 10 August 2026 Asos va qo‘shimchalar imlosi
Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi:
1) a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla – saylov, sina – sinov, aya – ayovsiz; so‘ra – so‘roq, bo‘ya – bo‘yoq; o‘yna – o‘ynoqi, sayra – sayroqi kabi;
2) i unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’llarga -y, -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli u aytil…
👏3👍1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @xatoyozma. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.