12 Jul 2026, 10:52 UTC435 viewsread 11 August 2026 Photo
#Jahon_adabiyoti
"Three Bags Full: A Sheep Detective Story"
"Detektiv qo'ylar tarixi" — nemis yozuvchisi Leonie Swannning 2005-yilda nashr etilgan detektiv romani. Asar dastlab "Glennkill: Ein Schafskrimi" nomi bilan chop etilgan bo'lib, keyinchalik 30 dan ortiq tillarga tarjima qilingan xalqaro bestsellerga aylangan.
Voqealar Irlandiyaning kichik Glenkill qishlog'ida yashovchi qo'ylar suruvi atrofida kechadi. Ula…
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
30 Jun 2026, 16:41 UTC578 viewsread 11 August 2026 Photo
#poeziya
Musaffo ko‘zlarning derazasidan
Chiqsang-u ishq qolsa sendan arazlab.
Suhbatlashi-i-ib ketsang soyabon bilan –
Odamlar tentak deb o‘ylashsa… mazza!
Hech kimni sevmasang,
O qandayin erk!
Sayr etsang xazonrang poyondozlarda.
Yo‘lingga ko‘z tikib, saqlagancha kek
Uzumlar yig‘lasa zardama-zarda.
O, bu Kuz!
Bu yomg‘ir gurungidaman,
Osmon qizg‘onarkan meni tobora.
Tobora tomchilar va yaproqlar ham
Ko‘ylagim ran…
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
8 Jun 2026, 08:18 UTC776 viewsread 11 August 2026 Photo
#Jahon_adabiyoti
"Rim tarixi"
"Rim tarixi" (Römische Geschichte / The History of Rome) - nemis tarixchisi va yozuvchisi Teodor Mommzen tomonidan 1854–1856-yillarda yaratilgan monumental tarixiy asar bo‘lib, qadimgi Rim sivilizatsiyasining eng nufuzli tadqiqotlaridan biri hisoblanadi. Mazkur asar muallifga jahon miqyosida katta shuhrat keltirib, uning 1902-yilda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishida …
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
7 Jun 2026, 19:18 UTC670 viewsread 11 August 2026 Photo
#poeziya
Qoshlaring – Buxoro,
Ko‘zing – Xorazm,
Yuzingni, diloro,
Chizganga ta’zim!
Na ko‘lman, na sahro,
Na shahri azim,
O‘rgilsun quling!
Lablaring atirgul bargidan mayin,
Gaplaring mayizdek – muloyim, shirin.
Olovsan, sovutmas yelpig‘ichlaring,
Ingichka belingda belbog‘ichlaring,
Ko‘zimga qadalsin to‘g‘nog‘ichlaring –
O‘rgilsun quling…
Pariga evrilding, Farg‘ona bo‘ldim,
Va kuylab o‘ltirding, chordona qurdim,
H…
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
6 Jun 2026, 14:56 UTC789 viewsread 11 August 2026 Ibrohim G‘ofurov tarjimalari:
1. Ernst Xeminguey. “Chol va dengiz”, qissa.
2. Ernest Xeminguey. “Alvido, qurol”, roman.
3. Konst. Paustovskiy. “Olis yillar”, roman.
4. Vadim Kojevnikov. “Qilich va qalqon”, roman.
5. Mirzo Ibrohimov. “Bo‘ron qushi”, qissa.
6. Sulaymon Rahimov. “Mohitobon”, roman.
7. Mirzo Ibrohimov. “Parvona”, roman.
8. Gi de Mopassan. “Azizim”», roman.
9. Fedor Dostoyevskiy. “Jinoyat va jazo…
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
6 Jun 2026, 14:52 UTC459 viewsread 11 August 2026 Photo
O‘zbekiston Qahramoni, taniqli publitsist va tarjimon Ibrohim G‘afurov 89 yoshida vafot etdi.
U iste’dodli adib va atoqli adabiyotshunos olim sifatida ko‘plab badiiy va adabiy-tanqidiy asarlar muallifi hamdir. Faoliyati davomida, shuningdek, 1995 yilda “Millik tiklanish” partiyasiga asos solgan va Oliy Majlis deputatligiga saylanib, partiyaning parlamentdagi fraksiyasiga raislik qilgan.
U inson o‘zbek adabiyotshuno…
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
6 Jun 2026, 06:30 UTC534 viewsread 11 August 2026 Photo
Agar maktab yo oliygohda sevgi degan fan o'tilsa, men bu fanga 1-sinf 1-soat va 1-daqiqalaridan qadam qo'yganman.
Bu fandan oraliq, yakuniy imtihon baholarim 2 yo 3, balki 0 dir. Bunga sabab uyda yaxshi tayyorlanib o'yinda omadim kelmagan. Gap shundaki bu fandan o'zlashtirgan ko'nikmalarim qayg'u va a'zob. Baxt va muhabbat ko'chalaridan yolg'iz o'tganman.
Aytgancha bunga sabab Sevgi shartnomasida "Sevgan" rolidaman…
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
5 Jun 2026, 19:29 UTC503 viewsread 11 August 2026 Photo
#Personaj
Guinplen (Gwynplaine) – Viktor Gyugoning “Kulayotgan odam” (L'Homme qui rit, 1869) romani bosh qahramoni.
Guinplen bolaligida odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi komprachikoslar tomonidan ayovsiz qiynoqqa uchraydi. Ular uning yuzini jarrohlik yo‘li bilan shunday o‘zgartiradilarki, yuzida umrbod kulgiga o‘xshash dahshatli chiziq paydo bo'ladi. Natijada Guinplen qanchalik qayg‘uga botmasin, odamlar uni doim …
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
5 Jun 2026, 18:54 UTC509 viewsread 11 August 2026 Photo
#Jahon_adabiyoti
"Forsaytlar sulolasi"
"Forsaytlar sulolasi" (The Forsyte Saga) — ingliz yozuvchisi Jon Golsuorsi tomonidan 1906–1921-yillar oralig‘ida yaratilgan romanlar turkumi bo‘lib, XX asr boshlaridagi ingliz jamiyatining eng mukammal badiiy portretlaridan biri hisoblanadi. Ushbu asar muallifning jahon miqyosidagi shuhratini mustahkamlab, uning 1932-yilda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishida …
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
1 Jun 2026, 11:51 UTC753 viewsread 11 August 2026 Photo
#Jahon_adabiyoti
"Dehqonlar"
"Dehqonlar" (The Peasants) polyak yozuvchisi Valdislav Reymont tomonidan 1904–1909-yillarda yozilgan to‘rt qismli roman. Ushbu roman jahon adabiyotidagi eng yirik qishloq eposlaridan biri hisoblanadi. Ushbu asar muallifga 1924-yilda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olib kelgan.
Asar voqealari XIX asr oxiridagi Polshaning Lipse qishlog‘ida kechadi. Roman markazida qishloqning eng bada…
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
13 May 2026, 12:18 UTC≈1,030 viewsread 11 August 2026 Haftalikda ko'rishguncha)
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
13 May 2026, 06:06 UTC≈1,060 viewsread 11 August 2026 Photo
#Jahon_adabiyoti
"Veronika o'lishga qaror qildi"
"Veronika o'lishga qaror qildi" - Paolo Koelyoning 1998-yil yozilgan romani.
Asar Lyublyanalik 24 yoshli Veronika haqida. U zerikarli va ma'nosiz hayotidan depressiyaga tushib, ko'p miqdorda uyqu tabletkalarini ichish orqali o'z joniga qasd qilishga qaror qiladi. Reja amalga oshmay u ruhiy shifoxonada ko'zini ochadi. Biroq shifokorlar qizga yurak shikastlanishi tas…
Signed 𝓓𝓲𝓵𝓻𝓪𝓫𝓸 𝓑𝓸𝔂𝔁𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
Showing the 12 most recent of 17 posts we hold for @wikiadabiyot. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.