27 Apr 2025, 11:44 UTC≈1,130 views18 reactionsread 9 August 2026 Imom Qurtubiy rohimahulloh Ibn Abbosdan naql qilib aytadi:
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytgan ekanlar:
Sulaymon alayhissalomga : hohlasang ilm, hohlasang mol-dunyo, hohlasang podshoxlikni tanla deb 3 narsaning birini tanlashlik ihtiyori berilganda U kishi ilmni ihtiyor qilgan ekanlar.
(Natijada) U kishiga ilm bilan birga mol-dunyo ham podshohlik ham berilgan.
#konspekt
✍️ @tolib_ilmlar_uchun
👏7❤6😢2👍1💯1🔥1
27 Apr 2025, 05:35 UTC≈2,750 views11 reactionsread 9 August 2026 Alloh senga mansab bersa, bu mansabdan unumli foydalanib, zaiflarga yordam qil.
Alloh senga ilm bersa, bu ilmni ishlatib, johillarga taʼlim ber.
Alloh senga mol dunyo bersa, bu mol dunyoni ishlatib, kambagʻallarga rahm qil.
Alloh senga hikmat bersa, ikki kishining orasini isloh qil.
Alloh bilagingga kuch quvvat bersa, uni zaiflarga yordam yoʻlida ishlatgin.
✍️ @tolib_ilmlar_uchun
👍5🔥4🎉1🥰1
23 Apr 2025, 11:40 UTC≈2,720 views11 reactionsread 9 August 2026 Yorituvchi chiroq bo’ling!
Ilm o’rgangan kishi atrofni yorituvchi chiroqqa o’xshaydi. Qayerga borsa oʻzidan nur taratadi. Mehmonga boradimi, qoʻshnisinikiga chiqadimi yoki unikiga kimdir mehmonga keladimi, vaqtdan unumli foydalanib, oʻzidagi ilmni yetkazib, insonlar qalbiga ziyo sochadi.
✍️ @tolib_ilmlar_uchun
👍6🔥2❤1🤩1🥰1
22 Apr 2025, 12:33 UTC≈1,730 views13 reactionsread 9 August 2026 Ibn Qoyyim rohimahulloh dedi:
“Kim ilmini tarqatmasdan va uni birovga ham oʻrgatmasdan oʻzida saqlab oʻtirsa, Alloh uni qilmishiga yarasha shunday bir jazoga mubtalo qiladiki, u bilgan ilmini unutadi va undan ilm chiqib ketadi”.
(“Miftahu daris saoda”, 1/172).
✍️ @tolib_ilmlar_uchun
😢6⚡2💯2🔥2👍1
22 Apr 2025, 04:03 UTC≈3,620 views9 reactionsread 9 August 2026 Imom Ibn Qayyim rahimahulloh aytadi:
«Kim farzandiga (ilm va kasb-xunar kabi) foydali narsalarni oʼrgatishga beparvolik qilib, uni oʼz holiga tashlab qoʼysa, unga nihoyat darajada yomonlik qilgan boʼladi. Koʼpchilik farzandlarning noqobil boʼlishlariga sabab otalarining masʼuliyatsizliklari va ularga dinning farzu sunnatlarini taʼlim bermasliklaridir. Otalari ularni yoshlik chogʼlaridanoq zoe qiladilar. Oqibatda ula…
💯4👍2⚡1🎉1🔥1
21 Apr 2025, 09:22 UTC≈1,720 views11 reactionsread 9 August 2026 Photo
Amalsiz ilm uqubatdir. Har qachon insonning ilmi koʻpayib, amali kamayar ekan, u iblisga monand boʻladi. Agar ilmi koʻpayib, amali ham koʻpayadigan boʻlsa, paygʻambarlarga monand boʻladi.
Shayx Abdulaziz Torifiy hafizahulloh
✍️ @tolib_ilmlar_uchun
⚡5👍3🎉1💯1😢1
20 Apr 2025, 16:31 UTC≈2,140 views6 reactionsread 9 August 2026 Photo
📌 Kim izzat, qadr-qimmat, adolat va istiqomat yo‘liga yursa, u yo‘lda xilof chiquvchilarning aziyatiga sabr qiladi hamda balo-musibatlar sabab ilm va saboti ziyoda bo‘ladi.
Shayx Sulaymon Ulvon
✍️ @tolib_ilmlar_uchun
👍3⚡1🎉1💯1
20 Apr 2025, 08:51 UTC≈2,120 views9 reactionsread 9 August 2026 Photo
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar:
"Besh narsani besh narsadan oldin g‘animat bil:
Yoshligingni – qarishingdan oldin,
Salomatligingni – kasalligingdan oldin,
Boyligingni – qashshoqligingdan oldin,
Bo‘sh vaqtingni – bandligingdan oldin,
Hayotingni – o‘limingdan oldin."**
📲 https://t.me/tolib_ilmlar_uchun
💯4⚡1❤🔥1👍1🔥1😢1
20 Apr 2025, 02:55 UTC≈2,780 views7 reactionsread 9 August 2026 Photo
Umar raziyallohu anhu aytadilar:
-Ilm olinglar va unga qo‘shib bosiqlik-halimlikni ham ta'lim olinglar.
-Ta'lim oladigan kishinglarga kamtar bo‘linglar.
-Va siz ham ta'lim beruvchi kishingizga tavozuli bo‘ling.
-Zo‘ravon olimlardan bo‘lmang !
-Ilminglar johilliginglarni ko‘rsatib qo‘yuvchi bo‘lmasin!"
(Az-zuhd, Ahmad)
📲 https://t.me/tolib_ilmlar_uchun
🤩3⚡1👍1👏1💯1
19 Apr 2025, 16:03 UTC≈3,600 views9 reactionsread 9 August 2026 "Agar bir narsani yodlay olmasam, ikki rakat namoz o‘qirdim..."
— Shayxul Islom Ibn Taymiyya (rahimahulloh)
Ilm – qalbga tushadigan nurdir. Har qanday mashaqqatda Allohdan yordam so‘rab, ibodat bilan unga yaqinlashgan zotlar ilmda baraka topganlar. Ibn Taymiyya rahimahullohning bu so‘zlari, bizga shuni eslatadiki:
Yodlashda qiynalayapsanmi? Avval tahorat ol, ikki rakat namoz o‘qi, so‘ngra ixlos bilan davom et.
Allo…
👍3❤2⚡1🎉1👏1💯1
19 Apr 2025, 16:03 UTC516 viewsread 9 August 2026 Photo
Photo, posted without a caption
19 Apr 2025, 10:21 UTC≈2,920 views8 reactionsread 9 August 2026 Photo
Imom shofe'iy rahimahulloh aytadilar:
"Kishida ilm ko‘p bo‘lsa, hech qanday oliy maqom uni kibrga ketkaza olmaydi. Chunki og'ir to‘g' hech qachon shamol bilan silkinib qolmaydi !
Ammo yengiltak, past odamlargina ozgina boshliqlik tegib qolsa uchib ketadi ! Ular hashak kabidir. Har qanday shabada ham uni uchirib yuboraveradi..!"
(Al-favaid val-axbor)
📲 http://t.me/Tolib_Ilmlar_uchun
💯4⚡2🎉1👍1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @tolib_ilmlar_uchun. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.