28 Jul 2026, 06:33 UTC16 views1 reactionsread 11 August 2026 O'sha videoni ko'rib ko'ngilda kechgan o'ylar:
Kim boʻlsang ham, kel!
Rumiy
Baxt nisbiy tushuncha. Ozodlikdagi odam eng baxtsiz, qamoqdagi odam eng baxtli inson bo'lishi ham mumkin.
Qozoqboy Yo'ldoshev
Inson o'z xato va kamchiliklarini o'zi tan olganida, ular boshqalarning qoʻlidagi qurolga aylanolmaydi.
Eslolmadim
Birgina diydor ularni dunyodagi eng baxtli insonga aylantirishi mumkin boʻlgan shuncha onalar bor…
🔥1
21 Jul 2026, 04:15 UTC27 viewsread 11 August 2026 "Odamlar yashamaydilar, balki odamlar tirikchilik qiladilar... Har qancha uzoq va har qancha urinib yashamagin, baribir u qanday yashashni o'rganishga yetadi. Bu ham umrning eng soʻnggi damida muyassar boʻladi".
© "Buzrukning kuzi"
@tafakkur_qilib
15 Jul 2026, 16:47 UTC35 viewsread 11 August 2026 Mening bir havoga, bir navoga ehtiyojim bor
7 Jul 2026, 19:42 UTC47 views1 reactionsread 11 August 2026 File
Gʻarib gʻaribga yigʻlar,
Biz gʻaribga kim yigʻlar?!
@tafakkur_qilib
👍1
30 Jun 2026, 10:27 UTC72 viewsread 11 August 2026 Video
#mutolaadansoʻng
Oʻlmoq bu hech narsa. ...Yashamaslik aslida dahshat...
© V. Gyugo "Xoʻrlanganlar"
@tafakkur_qilib
27 Jun 2026, 16:37 UTC44 views3 reactionsread 11 August 2026 Video
#😅😅😅
Anchadan beri bookblogerlik qilaman deb yurardim va bugun harakat qilib koʻrdim🤦♂️.
Mashhur bookbloger boʻp ketarmikanman menam😅?!
@tafakkur_qilib
😁3
23 Jun 2026, 12:51 UTC45 viewsread 11 August 2026 Photo
"Biz tiriklikning boshqa-boshqa oʻlchamli olamida yashayotganimiz sababli bir yostiqqa bosh qoʻyish imkonidan mahrummiz" deb boshlanadi Neʼmat Arslonning "Oʻzga oʻlchamdagi ishq" hikoyasi.
Haqiqatda durdona hikoya ekan, ruhingizni allalaydigan diltortar soʻz va jumlalar bor:
Gʻamzunuk;
Nomsiz va xokisor dala gullari;
O, naqadar shirin edi visol onlari;
@tafakkur_qilib
1 Jun 2026, 18:08 UTC56 views2 reactionsread 11 August 2026 "Hayotning maʼnosi - uni qidirishda emas, uni yashashda."
Balki koʻpchiligimizning fojeamiz ham shundadir.
@tafakkur_qilib
❤1🔥1
30 May 2026, 17:19 UTC62 viewsread 11 August 2026 #esse
Muhokama uchun
Oʻzimni kuchli esse mutaxassisi deb hisoblash yoqadi, garchi bunday boʻlmasam ham. Lekin bugun esse uchun juda ajoyib bir mavzu topdim.
1. Ayrim olimlar insonning tub instinktlari (ochko‘zlik, jinsiy mayl, tajovuzkorlik, hukmronlikka intilish) ming yillar davomida zarracha ham o‘zgargani yo‘q deb hisoblasa, ayrimlar esa tarixiy faktlar shuni koʻrsatadiki, insoniyat asrlar davomida ancha rahm-s…
25 May 2026, 18:51 UTC56 views5 reactionsread 11 August 2026 Yonidagi boshqa sotuvchida shunaqasi bor ekan, undan olishga oʻtdim. Besh minglik oʻlchab berishini soʻradim (Besh ming soʻmlik xaridim bilan onaning tirikchiligiga oʻzimcha yordam beraman deb oʻylaganimni qarang 😁 ). Buni koʻrib onam "studentmisan" deb soʻradi. Ha deb javob berdim biroz uyalib (olmoqchi boʻlgan narsam arzimagan pul, yana "talab" bilan borganim uchun xijolatsiragan boʻlsam kerak).
Pulini toʻlab keta…
🔥3👍2
25 May 2026, 18:22 UTC50 views0 reactionsread 11 August 2026 Photo
Hayitlik
Shaharda yashayvergan sari odam kamxarj va minimalist boʻlib borarkan (garchi shahar bunga yoʻl qoʻymasa-da). Balki talaba boʻlganim uchundir ishdan yoki oʻqishdan qaytishda doʻkondan faqatgina bir mahallik yeguligimni olaman. Hatto nonni ham "ertalab ham yeyman-ku" deb oʻtirmasdan faqat kechki ovqat uchun bitta olaman (Baribir ertalab odatda nonushta qilmayman).
Xullas, bugun Farxod dehqon bozoridan o…
21 May 2026, 15:24 UTC47 viewsread 11 August 2026 Photo
***
- Quloq sol, ularga taslim boʻlma. "Men odamman" deb takrorla. Axir sen ulardan balandsan!
- Yoʻq, men pastman, past, eshityapsanmi?! Yetti qavat yerning tagiga kirib ketganman.
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @tafakkur_qilib. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.