26 Dec 2025, 01:37 UTC132 views6 reactionsread 12 August 2026 Hammasiga sekin-asta erishdim men,
Muhabbat ham keldi hayallab.
Bilim asta ortdi, aql kirdi shoshmay,
Tajriba ham keldi amallab.
Hamma narsa asta-sekin keldi,
U-bu ishga endi qodirman.
Bardoshim bor, hamma narsani men
Sabr bilan kutdim - sobirman.
Endi bu yog'i ham shunday bo'laversin,
Odat bo'lib qoldi sekin-astalik.
Qarilik ham kelsin sekinroq,
Shoshmay qo'ya qolsin xastalik.
O'lim qancha imillasa mayli,
Qancha …
👍6
Signed ROSTNAVIS
11 Dec 2025, 11:46 UTC145 views5 reactionsread 12 August 2026 SAYRAM GO‘ZALI
Yorim qoshi qayrilmadir,
Kipriklarda o‘q-o‘q.
Desam: — Kulib boqqin, axir!..
Nozlanadi: — Yo‘q-yo‘q!
— Aytgin, deyman, sevging chinmi,
Qilay ko‘nglim to‘q-to‘q.
Deydi: — Sevgi qilar jinni,
Ishqqa hushim yo‘q-yo‘q.
Faryod qildim: — Hajring aro
Yondi jonim, o‘h-o‘h!..
Kulib deydi u beparvo:
Mening ishim yo‘q-yo‘q!..
Dedim: — Nahot men chekib g‘am,
Sen o‘ynasang sho‘x-sho‘x?!
Deydi: — Xursand bo‘larsan h…
👍5
Signed ROSTNAVIS
2 Dec 2025, 04:40 UTC139 views5 reactionsread 12 August 2026 Шоир ёзар: мисралар – кўзёш,
Шоир ёзар: кулгулар – нуқта.
Шоир ёзар: шеърлари бардош,
Шоир ёзар: ўзи – гўрсўхта.
Кипригига қўндириб ойни,
Шоир ёзар: “Ойнинг юзи доғ”.
Тоғдек ўсган, қувлаган сойни,
Шоир ёзар, қуёш тинган чоғ.
Шоир ёзар: ёзилар достон,
Шоир ёзар, панду насиҳат.
Шоир ёзар: “Ватан – онажон”,
Шоир ёзар онасига хат.
Бу ҳаётнинг тинмас уммони -
Шоир, ёзар, ичи тўла дард.
Ҳақсизликдан оғрир виждони,
Шоир тўх…
🔥5
Signed ROSTNAVIS
5 Nov 2025, 05:28 UTC176 viewsread 12 August 2026 AGAR SHOIR BO‘LISHMAGANDA..
Tozalardi miyalarni qurtlardan,
Xurshid Davron ruhchi vrach bo'lardi.
Sirojiddin Sayyid jonon tutlardan
G 'ijjak yasab, usta Siroj bo‘lardi.
Chol-kampirlar mijoz Usmon Azimga,
Mashq qildirar Boysun folklor dastasin.
Qiyiq-salla zeb Sa’dulla Hakimga,
U — bozorqo‘m, buzar «Shapka rastasi»n.
A’zam O'ktam ishlar kutubxonada,
O'zi tinmay o'qir eshik qulflab.
Abduvali Qutbiddin — keng dalada,
U…
Signed ROSTNAVIS
2 Nov 2025, 05:24 UTC121 viewsread 12 August 2026 Qasam ich,
Osiyo,
Soro,
Maryam,
Fotimatuz Zahro,
Robiya
va Laylo haqqi...
Qasam ich,
bulgʻanmagan daryolar,
erimagan qorlar,
ochilmagan gʻunchalar,
toʻkilmagan yaproqlar,
ichilmagan buloqlar haqqi...
Qasam ich,
qindagi qilichlar,
teshilmagan zirhlar,
egilmagan yoylar,
otilmagan oʻqlar haqqi...
Qasam ich,
ochilmagan goʻrlar,
yirtilmagan qafaslar,
qonga belangan jasad ila
janoza oʻqilgan shahidlar haqqi...
qasam ic…
Signed ROSTNAVIS
24 Oct 2025, 06:02 UTC114 viewsread 12 August 2026 ЛЮБЛЯНДАН КЕЛГАН БОЛАЛАР БОШМОҚЧАЛАРИ
Шеър
Иоганнес Бехер, немис адиби
Ўзбекистон халқ шоири Усмон Азим таржимаси
Бу судда кўп далиллар, аммо
Уларни ёдингда сақлагин доим.
Бошмоқчалар залда бўлганда пайдо,
Ҳакамлар турдилар бош эгишиб жим.
Гувоҳлар ортидан келар гувоҳлар.
Балки эшитилди судга ҳам элас,
Болалар олисдан айтган нидолар
Мотам қўшиғидан таралган бир сас...
Шеърни шу ердан ўқинг:👇
https://telegra.ph/…
Signed ROSTNAVIS
23 Oct 2025, 10:16 UTC97 viewsread 12 August 2026 GʻAFUR GʻULOM HAQIDA HUJJATLI FANTAZIYA
Aprel. Olmaota. Tongotar. Jimlik.
Bir yengil shabboda oqadi ravon.
Mash’um bu xabarni yetkazdi kimdir —
Devorga suyandi G‘afur al G‘ulom.
Shoirga nima ham kerak aslida?
E’tibor, shon-shuhrat unga bir xasdir.
Boqib diyorining bo‘yi-bastiga,
Xalqini kuylamoq sharafi basdir.
Devorga suyandi G‘afur al G‘ulom,
Radio murvatin behol buradi.
"Toshkentda... Zilzila...
Bugun... Aprel.…
Signed ROSTNAVIS
22 Oct 2025, 18:52 UTC75 views5 reactionsread 12 August 2026 Titroq novdalarda uyg‘onar hayot,
Sarg‘aygan qor kabi erib bitar dard.
Yashin tuyg‘ulardan chayqalasan shod,
Fevral o‘tib borar, yaqinlashar mart.
Musaffo ruhingni olqaydi qushlar,
Maysalar – hayotning shirin tillari.
Uyqungni to‘ldirar eng go‘zal tushlar,
Oyning nurlarini silar qo‘llaring.
Kunlarning chiroyi ochilib borar,
Ochilib borasan kunlarday, go‘zal.
Ikki fasl sening ko‘nglingga qarar,
Ko‘nglingni avaylab q…
👍5
Signed ROSTNAVIS
22 Oct 2025, 03:57 UTC96 views5 reactionsread 12 August 2026 Ichikdim.
Sog‘indim seni, shekilli,
Tongim rangi sariq,
xasta kunduzim.
Ixrab quyosh chiqar,
o‘qchib oy sho‘rlik,
Osima –
Sen kimning qizi!
Ko‘rpaga burkansam, ko‘rpa ilvirar,
Yostiqqa yopishsam, ilvirar yostiq.
O‘y menga sig‘maydi,
uy menga sig‘mas,
bosiriq – bosiriq...
Zirillar borlig‘im yursam,
yo‘l ko‘nmas,
Qoyaga tirmashsam, puchmayar qoya.
Qarg‘asam,
qarg‘ishim duoga o‘xshar,
voooya.…
👍5
Signed ROSTNAVIS
21 Oct 2025, 18:38 UTC≈3,490 views5 reactionsread 12 August 2026 SINIQCHI
Mening otam bitta siniqchi edi,
Diplomi yoʻq edi,
Gar huzuriga
Bemor kelsa,
Dardin aniqlash uchun,
Koʻzlarini yumib,
Jarohat joyini
Barmoq uchi bilan
Paypaslardi jim.
Otam
Paypaslagan chogʻda bemorni,
Yumilganda horgʻin koʻz-qarogʻlari,
Oʻxshab ketar edi rentgenga,
Uning
Yumilgan koʻzlari
Va barmoqlari.
Mening otam bitta siniqchi edi,
Oyogʻi singanlar,
Qoʻli singanlar,
Boʻyni qayrilganlar
Kelardi bir-bir.
…
👍5
Signed ROSTNAVIS
21 Oct 2025, 17:43 UTC109 views5 reactionsread 12 August 2026 Manov osmon,
manov yulduz,
manov yaproq,
manov qushlar
sano aytar habibimga
mingta rangu ming tovushda.
Manov temir,
manov toshlar
aro nafsim ko‘zin xushlab,
manam borman,
man borarman —
jon hovuchlab,
ruh hovuchlab.
Kelar,
ketar,
tinar,
shoshar —
o‘ng tarafim,
so‘l tarafim...
ichimda bir daryo toshar:
zikri xafiy,
zikri xafiy.
Sassiz kishnar qayg‘ulanib
asovlarim,
ayg‘irlarim...
ulug‘ sevgi — pinhon sevgi:
hayqirmad…
👍4👏1
Signed ROSTNAVIS
15 Oct 2025, 06:17 UTC96 views5 reactionsread 12 August 2026 DORI
Qiz og‘ridi, badani yondi,
Holsizlanib tepar yuragi.
Nima qilsin doktor, bu qizga
Hech bir dori foyda bermadi ...
Yotar edi bemor to'shakda,
Dilda og‘ir tushlar vahmasi,
Eshik ochib, yo‘l kiyimida
Qaytib keldi qizning otasi.
Manglayida yaraning izi.
Va belida safar kamari.
Zoriqtirdi qizni ko‘p yillar
Shu otaning mehr-gavhari.
Tanish yuzni ko‘rib jilmaydi,
,,Ada!‘‘ deya o‘zini otdi.
Shu kechayoq qizdan ter c…
❤5
Signed ROSTNAVIS
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @nazmiy_sahifa. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.