10 May 2026, 03:49 UTC87 views1 reactionsread 8 August 2026 Muxammas
Qismatim ne bo‘lg‘usin ey ko‘kda shohim bilmadim,
Ul falak yo ishqda rohim yoki chohim - bilmadim,
Sezmadim jon og‘rig‘in hajringni tokim bilmadim,
Ne uchun tarki muhabbat qildi mohim bilmadim,
Bu g‘azabkim ayladi mohim, gunohim bilmadim.
Senki, qancha aylading jabru sitam - ko‘ndim, visol,
Bir arosat dard ichinda nay kabi to‘ldim, visol,
Tirilg‘aymen, lab qo‘yg‘il labni ol - o‘ldim, visol,
Oshiq o‘ldim,…
❤1
26 Mar 2026, 03:00 UTC181 views3 reactionsread 8 August 2026 Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
O‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.
Qut bir bodom-u yerim go‘shayi mehrob edi,
G‘orati din etti nogah bir balolig‘ ko‘z-u qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhning bot-bot dami andoqki aylar mehr fosh.
Bo‘saye qilmas muruvvat, asr-u qattiqdur labing,
Desam, og‘zi ichra aytur, la’l ham bor navi tosh.
Novaking ko‘nglumga kirgach …
❤3
25 Mar 2026, 16:52 UTC158 viewsread 8 August 2026 Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon,
Ko‘p yemak birla bo‘lmag‘il hayvon.
© Alisher Navoiy
🍃 @navoiyshunoslik
24 Mar 2026, 15:00 UTC164 viewsread 8 August 2026 Photo
Kishi xanzal eksa, achig‘ bar topar,
Va gar nayshakar eksa, shakkar topar.
©️ Alisher Navoiy
⚡️ @navoiyshunoslik
1 Mar 2024, 16:53 UTC≈2,780 views10 reactionsread 8 August 2026 Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim
Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
G‘am bila jonimg'a yettim, g'amgusore ko‘rmadim,
Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim.
Ishq aro yuz ming mahmal o‘qiga bo‘ldim nishon,
Bir kamon abro‘da tuzlukdin nishona topmadim.
Ko‘nglum ichra sarv o‘qdur, g'uncha paykon, gul tikon,
Dahr bog'i ichra mundog' gulsiton…
❤5👍5
26 Feb 2024, 16:40 UTC≈2,300 views2 reactionsread 8 August 2026 Dushman aldoviga uchma; maddoh xushomadini chin dema. Dushmanning g’arazi o’z yomon niyatiga yetmoqdir; maqtovchining maqsadi — xorlik bilan sendan in'om olmoqdir. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va qabul qilishni lozim bilmasang, biri o’z maqsadining ijrosidan to’xtaydi va tadbiri mujmal bo’ladi va ikkinchisining maqtovi hajvga aylanadi.
© Alisher Navoiy
🍃 @navoiyshunoslik 🕊
👍2
26 Feb 2024, 15:41 UTC≈2,140 views3 reactionsread 8 August 2026 SHOIRLAR XIYOBONIDA
Har mahin laylida
jonlanar haykal,
jon kirar Navoiy hazratlariga.
Tongacha dunyoni aylanib qaytar,
bezib haykallarning hasratlaridan.
Ayniqsa,
bahorni xo’b ko’rar hazrat,
jannatday shaharning harir shablari,
bulduruq shu’lalar yoshartgan ravza
ancha ravshan qilar nozik ta’blarin.
Istaklar
shabiston qavatlarida
ishqu noz mayidan bo’lganda luchchak,
xo’bro’ylar zulumot valatlariga
bargak lablar…
🥰3
10 Feb 2024, 02:28 UTC≈1,830 views1 reactionsread 8 August 2026 Video
Alisher Navoiyning oylik maoshi qancha bo‘lgan!
Ajoyib ma'lumot
Manba: Darvish nod
🍃 @navoiyshunoslik
👍1
9 Feb 2024, 13:00 UTC≈1,710 views3 reactionsread 8 August 2026 La’ling, ayo, ne ajab rangindur
La’ling, ayo, ne ajab rangindur,
So’zi aning ne balo shirindur.
Ham qoshing taqvovu toatqa balo,
Ham ko’zung ofati aqlu dindur.
Hulla ichra badaningkim ko’rinur,
Go’yo gulbarg aro nasrindur.
Qatlu tirguzmak erur oyining,
Olloh- Olloh, sanga ne oyindur?!
Soqiyo, hajrida tutqil manga may—
Kim, bu sudin o’tuma taskindur.
Mayu vasl ahliki bu davr ichra,
Bizga xunobi jigar ta’yindu…
👍3
9 Feb 2024, 07:00 UTC≈1,570 viewsread 8 August 2026 Photo
Sadbarg, binafsha, yo‘qsa nargis, yo gul,
Ichmak bo‘lmas bular havosi bila mul.
To hajr yelidin o‘ldi oshufta dimog‘,
Yuz noxuna ko‘z ichravu yuz pora ko‘ngul.
© Alisher Navoiy
🍃 @navoiyshunoslik 🕊
9 Feb 2024, 03:00 UTC≈1,740 views0 reactionsread 8 August 2026 Mamlakatimizda 9-fevral – buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlash an’anaga aylangan. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 583 yilligi keng nishonlanadi.
Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan. Chunki alloma qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror so‘z san…
8 Feb 2024, 15:56 UTC≈1,510 views2 reactionsread 8 August 2026 Photo
O‘lsam yasamang munda mazorimni mening,
Yuklab eliting jismi figorimni mening.
O‘tru chiqarib ahli diyorimni mening,
Ko‘yida qo‘yung tani nizorimni mening.
© Alisher Navoiy
🍃 @navoiyshunoslik 🕊
👍2
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @navoiyshunoslik. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.