7 Aug 2026, 17:42 UTC498 views35 reactionsread 24 August 2026 Photo
Bolalarimning hamma kiyimlari ular qoʻli yetadigan joyda turadi. Bugun birinchi marta kiyimlarni joyiga ilishni bajarib koʻrishdi. Ularga bu ish yoqdi. Hammasini ilib chiqqach, shuni atrofida oʻynab yana qaytadan hammasini pastga tushurib ham yuborishdi.
Undan tashqari yechgan va kir kiyimlarini oʻzlari kirga tashlashadi. Bu ishni qayta va qayta mazza qilib bajarishadi. Qaytishda yangi ishtoncha olib kelishadi (kir …
👍27🕊7🐳1
7 Aug 2026, 02:52 UTC526 views51 reactionsread 24 August 2026 Photo
Q: Voy, qumga oʻtirib oldi.
M: Hech narsa qilmaydi.
Q: Usti kir boʻladi-yu.
M: Yuvsa ketadi.
(men va qoʻshni oʻrtasidagi qisqa suhbat).
Qum oʻynash uchun moʻljallangan oʻyinchoqlarni olib maydoncha oʻrtasiga bordim, qulay joy topib oʻtirdim. Keyin bolalar ham yonimga kelib oʻtirishdi. Atrofda ayollar va bolalar bor. Qoʻshnilardan biri bizning egizaklarga ham shunaqa oʻyinchoqlar olgandik, lekin hech eplab oʻynashmad…
👍28🕊12🐳11
1 Aug 2026, 18:09 UTC787 views21 reactionsread 24 August 2026 Photo
Kitoblarimni uch guruhga ajratdim. Birinchi guruhi, sohamga oid men doim murojaat qiladigan kitoblar. Ikkinchisi, men albatta qayta oʻqib koʻraman degan kitoblar. Uchinchisi, esa shu yerda turibdi.
Bu kitoblarni oʻqib men oʻzimga kerakli xulosalarni olganman va ularni javonda chang bostirib qoʻygandan koʻra, undan foyda olishi mumkin boʻlgan boshqa zamondosh insonga berishni toʻgʻri deb topdim.
Kitobni bemalol olib…
👍20🐳1
24 Jul 2026, 18:45 UTC≈1,040 views23 reactionsread 24 August 2026 Bolalarimni jismoniy energiyasi qaynar humcha kabi qaynab, tugamaydigan davrlar boshlangan. Shuning uchun koʻchaga koʻp chiqamiz, u maydonchadan bunisiga oʻtib shu energiyalarni sal sarflab uyga qaytamiz. Agar bir kun olib chiqmasam, bu energiya manbayi meni asablarimni yeb ado qiladi.
Dadamizni hayollarida ikkita bola bilan bogʻma-bogʻ yursam, men aylanib, dam olib, oʻynab kelgan boʻlar ekanman. Ularga ham ikkita i…
😁21🐳1🕊1
22 Jul 2026, 06:50 UTC≈1,020 views24 reactionsread 24 August 2026 Bu haqida oʻylab yurgan edim. Insonlar sogʻlom turmush tarzi, ilm olish, diniy amallar va jismoniy harakatni ham online qiladigan boʻlib ketgan. Qisqa reels va shorts'da koʻrgan videolari taʼsirida ruhlanishadi-da, "oooo" deb turib keyingisiga oʻtkazib yuborishadi.
Kitob oʻqishga vaqt yoʻq, hech boʻlmaganda uyda yarim soat sport bilan shugʻullanishga vaqt yoʻq. Koʻchada telefonga tikilmasdan, shunchaki atrofni tomos…
😢15🕊6👍2🐳1
22 Jul 2026, 06:44 UTC797 views2 reactionsread 24 August 2026 Forwarded from @Baxtiyor_Abdugafur
Сўнаётган инсонлар ҳақида сўз очган эдик (https://t.me/Baxtiyor_Abdugafur/663). Давомини ўқишга қизиққанлар кўп экан. Давом этамиз.
Одам вужуди ўзини ўзи тиклаш — регенерация қилиш хусусиятига эга. Бу жараён соғлом яшашда ўта муҳим аҳамиятга эга. Жараённи таъминлаш шарти эса учта: меъёридаги уйқу, тўғри овқатланиш ва жисмоний ҳаракат!
Уйқу ва тўғри овқатланишни қўйиб, жисмоний ҳаракат ҳақида фикр юритмоқчиман.
Буг…
🕊2
20 Jul 2026, 08:48 UTC≈1,090 views31 reactionsread 24 August 2026 Uchinchi bosqichda paytimiz patfiziologiya fanidan maʼruzaga judayam qattiqqoʻl inson kirardi. Bilmayman, nega u kishidan hammamiz qoʻrqar edik. Boʻlmasa oldimizga kelib joningni olaman demagan, lekin oʻzimizga bizdan oldingilardan yetib kelgan gap soʻzlarni eshitib shunaqa qilardik.
Bir kuni maʼruzada shu kishi hammaga bitta qoʻlini yuqoriga koʻtartirib qoʻydilar. Oradan daqiqalar oʻtyapti. Hamma qoʻlini koʻtarib t…
👍31
15 Jul 2026, 18:31 UTC964 views5 reactionsread 24 August 2026 Photo
Bugungi postga mos video. Birinchi marta 3 yilcha oldin, video Youtubega tekin koʻrishga qoʻyilganda koʻrgandim. Lekin video hozirgichalik taʼsirli va yaqin tuyulmagan. Shu vaqt orasida oʻzgargan qarashlar hisobiga umuman boshqa insaytlar oldim.
Hozir haqiqiy minimalism qanday boʻlishini oʻrganish va his qilish ustidaman. Ha, his qilish.
Izohlarni qarang.
@muhayyoumar
👍3🐳2
15 Jul 2026, 03:00 UTC935 views41 reactionsread 24 August 2026 Hozirgi reklama tizimi insonlar hayotini shunchalik oʻzgartirib yuborgan-ki, ehtiyojlar allaqachon qondirilib, istaklar oʻz tizginini yoʻqotgan. "Koʻproq sotib olish uchun koʻproq ishlashim kerak" degan halqa ichiga tushib qolganday hamma.
Yilda yangisi chiqadigan telefonlar, hadeb yangi funksiya qoʻshilib yangilangan turli jihozlar-u kompyuterlar, javonimizga sigʻmay ketayotgan kiyimlar ustiga har mavsumda harid qi…
👍40🐳1
10 Jul 2026, 07:15 UTC≈1,080 views22 reactionsread 24 August 2026 Ancha oldin menga kimdir qanday qilib biografik kitoblarni oʻqiysiz, zerikib ketmaysizmi deb savol bergan edi. Qiziq menga. Toʻgʻri tanlab oʻqilsa koʻp savollarga javoblar olsa boʻladi. Kimningdir butun hayotini bitta kitobda varoqlash, bu yaxshi. Aksincha, oʻzimni badiiy kitob oʻqishga hech majburlay olmayapman.
Yaqinda kitob javonimni tartibga keltirgandim. Ancha oldin olgan, lekin hali oʻqimagan kitoblarim talayg…
👍21🕊1
10 Jul 2026, 07:08 UTC≈1,090 views15 reactionsread 24 August 2026 Photo
Dr Shepherd sudmed ekspert. Karyerasini endi boshlaganida ayoli Jenni uchratadi va oila qurishadi. Jen hamshira boʻlib ishlardi, ammo shifokor boʻlishni har doim xohlagani va oilasini bunga imkoni yetmaganini aytganida, Shepherd bu borada uni qoʻllashni istaydi.
Jen oʻqiydi, Shepherd ishlaydi va ularning oilasida ikki farzand dunyoga keladi. Kitobda ular oila bilan bu ishlarni qanday amalga oshira olgani haqida soʻz…
👍14🕊1
7 Jul 2026, 04:47 UTC≈1,140 views21 reactionsread 24 August 2026 Photo
Savol: Assalomu alaykum. Mahliyo opa sizdan maslahat olmoqchi edim.
Men 4-kursni tugatdim. Ingliz tili b1,rus tili chala qolgan a1. Tibbiy bilimni sayoz deb hisoblayman. Undan boshlayman ,bundan boshlayman deb chala tashlab keyingisiga oʻtib ketyapman. Miyamda bir paytning oʻzida barchasi muhimday hammasidan oz ozdan qilib kunimga vazifa tayyorlaymanu,ikki kundan uzoqqa choʻzilmayapti ishtiyoq. Menga tavsiya bera ol…
👍19🕊2
Showing the 12 most recent of 18 posts we hold for @muhayyoumar. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.