6 Aug 2026, 15:05 UTC129 views13 reactionsread 7 August 2026 Video
Men shaftolini yaxshi ko’raman!
Garchi uni yegandan keyin yuzimga toshma toshsa-da.
Qizig’-a, biz yaxshi ko’rgan narsalar bizda albatta biror iz qoldiradi…
Xoh yaxshi, xoh yomon — ammo albatta biror iz qoldiradi…
✍🏻 Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official
❤8🕊2👏1🔥1😍1
Signed Mahliyo Karimova
4 Aug 2026, 13:59 UTC177 views19 reactionsread 7 August 2026 Photo
* * *
Qo’rqma!
Biz, albatta, baxtli bo’lamiz
Hayotimiz to’ladi nurga!
Bir bo’ladi yurgan yo’limiz
Yulduzlarni sanaymiz birga!
Rosti!
Biz, albatta, baxtli bo’lamiz!
Umidimiz bevaqt o’lmaydi,
Bu beshavqat taqdir azalning
Bizlar bilan ishi bo’lmaydi!
Ishon!
Biz, albatta, baxtli bo’lamiz!
Barcha g’amlar, sitamlar ketar,
Hayotimiz shaksiz-shuhhasiz
Bir-birovga termulib o’tar…
Azizim!
Biz, albatta, baxtli bo’lamiz
Sh…
😢7❤🔥3👏3🔥3💔2❤1
Signed Mahliyo Karimova
3 Aug 2026, 18:46 UTC193 views15 reactionsread 7 August 2026 Video
… Va bir paytlar biz, yuz marta ko’rgan multifilmimizni bir yuz birinchi marta ko’rish uchun ertalab choyimizni ham pala-partish ichib, so’ng kech qolsam ustoz urushadilar deb darsga yugurgan bolalar edik…
✍🏻 Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official
❤🔥7😢4💯2🕊2
Signed Mahliyo Karimova
1 Aug 2026, 19:22 UTC283 views23 reactionsread 7 August 2026 Video
* * *
Avgust oqshomi…
Salqin tushgandayin bugun salgina
Salgina bosildi quyoshning hovri…
Tavba
Hattoki quyoshning hovri bosilar
Hovri bosilmaydi insonning! To’g’ri!
Sababmi…?
Quyoshdan ortiqroq yondirar ko’ngil
Ko’ngil bir yondimi bitmagay dardi,
O’z o’tida o’zi qovrilaverar
Ko’ngil bog’lariga salqin tushmaydi…
✍🏻 Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official
😢6❤5💔4🔥4💯2⚡1🕊1
Signed Mahliyo Karimova
30 Jul 2026, 11:56 UTC327 views23 reactionsread 7 August 2026 Video
* * *
Baxtli kunlarimda eshik poyladim
Dardli kunlarimda eshik poyladim
Kelarsan deya...
Ba'zan uzun uzun anglatdim holimni
Ba'zan esa uzun-uzun jim bo'ldim
Bilarsan deya…
Boshimga nima kelsa ichimga otaverdim
Nima bo'lsa ichimga otaverdim
Sezarsan deya...
Va bir umr o’zgani ko’rmadim
Hech kimni sevmadim
Bir kun kelib qolsang sevarsan deya…
✍🏻 Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official
❤9😢6💔3🔥3👏2
Signed Mahliyo Karimova
29 Jul 2026, 13:52 UTC330 views20 reactionsread 7 August 2026 Photo
* * *
Robbim!
Menga tutgan gullaring uchun
Yorug’ kun va tunlaring uchun
Yonar bo’lsam kullaring uchun
Rahmat!
Sen uzatgan qo’llar hurmati
Sen ko’rsatgan yo’llar hurmati
O’tgan butun yillar hurmati
Rahmat!
Ko’rgan kunim quyoshim uchun
Oqqan bari ko’z yoshim uchun
O’zing bergan bardoshim uchun
Rahmat!
Bergan baxting va darding uchun
Bular bilan hikmating uchun
Marhamating — himmating uchun
Rahmat!
✍🏻 Mahliyo Ka…
❤8🕊5👏4⚡2❤🔥1
Signed Mahliyo Karimova
25 Jul 2026, 14:32 UTC513 views40 reactionsread 7 August 2026 Photo
Bugun mening qahramonlarim — Ota-onam “Qizil diplom” oldi!
Ha!
Bu diplomni men emas ota-onam oldi desam hech mubolag’a bo’lmaydi!
Har doim ishonganmanki, Yaratgan Egam menga nimaniki loyiq bilib bergan bo’lsa, demak qalbi va amali go’zal Otamni va Onamni mukofotlayapti aslida!
To’rt yil avval oliy ta’limga qadam qo’yganimda, albatta ularga “qizil diplom” hadiya qilaman deb niyat qilgandim!
Shukur!
Xudoyim meni yolg’…
❤🔥18❤7🕊6😍4👏3💯1🔥1
Signed Mahliyo Karimova
24 Jul 2026, 15:30 UTC424 views17 reactionsread 7 August 2026 Photo
Bilaman bu dunyo bir kam dunyo…
Tabiiyki bu bir kam dunyoda sening ham armonlaring bo’ladi…
Ammo va’da beramanki, armonlaringni eng chiroylisi va eng alamlisi o’zim bo’laman…
✍🏻 Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official
❤5💔4🔥3🕊3😢2
Signed Mahliyo Karimova
23 Jul 2026, 13:19 UTC461 views25 reactionsread 7 August 2026 Video
* * *
Charchashga haqqim yo'q
Ayolman axir!
Yig'lashga haqqim yo'q
Ayolman axir!
Haqiqat istayman, lekin uni yomon ko'raman
Oxiri ko'rinmas xayolman axir...
Ulgurishim kerak
Ayolman chunki!
Gul bo'lishim kerak
Ayolman chunki!
Qurib qololmayman - bunga huquq yo'q
Qurishga haqqi yo'q zilolman chunki...
Dardli bo'lishim shart
Ayolman axir!
Kuchli bo'lishim shart
Ayolman axir!
Ammo Tangrim meni aziz ("ojiz") qilib y…
❤🔥10😢6👏4🕊4🥰1
Signed Mahliyo Karimova
22 Jul 2026, 17:45 UTC325 views12 reactionsread 7 August 2026 File
………………………………………
@mahliyo_karimova_official
💔4❤🔥3⚡2😢2🔥1
Signed Mahliyo Karimova
22 Jul 2026, 12:27 UTC342 views21 reactionsread 7 August 2026 Photo
Biz sen bilan masofalarga qulmiz — ko'zlaring rangini ko'rsatmaydi ular...
Biz sen bilan masofalardan ustunmiz — qalblarimizni bir-biridan qo'porolmaydi ular...
Ajabo!
Biz sen bilan naqadar ojiz va naqadar kuchlimiz...
Biz sen bilan naqadar baxtsiz va naqadar baxtlimiz...
✍🏻 Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official
❤9💔4❤🔥3🔥3😢2
Signed Mahliyo Karimova
21 Jul 2026, 14:51 UTC362 views16 reactionsread 7 August 2026 Photo
Hamon oqayotir Jayhun to'lg'onib ✍🏻 Matnazar Abdulhakim
Amudaryolardan oshib Toshkentga
Toshqotgan qalbimni ochib boraman,
Xorazmdan emas, axir bilasan
Men o'zimdan senga qochib boraman...
Shu safar olib qol... Bu eng oxiri
Oxiri... Va undan keyin qolmayman,
Hozir yuragimga quloq tutdim-u
Ammo
Keyin men g'ururni yenga olmayman...
Ana oqayotir Jayhun to'lg'onib
Senga qochdim deya men…
❤🔥8🔥3💔2😢2🕊1
Signed Mahliyo Karimova
Showing the 12 most recent of 13 posts we hold for @mahliyo_karimova_official. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.