3 May 2023, 07:02 UTC≈15,400 views37 reactionsread 7 August 2026 Photo
🎊 Chellenj nihoyalandi, navbat mukofotlarni topshirishga!
Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan e'lon qilingan “Mendirman Jaloliddin” seriali uchun chellenjning 4 ta nominasiyalari bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi.
Unga ko‘ra:
1⃣ “Eng yaxshi “Mendirman Jaloliddin” saundtreki ijrochisi nominasiyasida: O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, “Navbahor” ashula va raqs ansambli xonandasi Guljahon Xolxo‘jaeva;
2⃣ “Eng yaxshi…
👍37
2 May 2023, 04:45 UTC≈13,400 views16 reactionsread 7 August 2026 Video
Sevgi va nafrat, hayot va o‘lim, shafqat va razolat orasi bir nafaslik fursat, aslida...
Ana shu fursat sizning odamiyligingiz sinovi, jasoratingiz, sevgingiz, zakovatingiz imtihoni hamdir. Eng muhimi, ana shu imtihonda maqsading, tanlagan yo‘lingning ezguligidir.
O‘tgan vaqt davomida Vatan tuprog‘i himoyasi, millat sha'ni, yurt bayrog‘ining ulug‘vor hilpirashi uchun jonini tikkan, ona zamin tuprog‘iga ko‘z tikkanl…
👍16
26 Apr 2023, 07:35 UTC≈14,000 views23 reactionsread 7 August 2026 Video
Dunyoga hukmronlik qilish, bir xalqning moddiy boyligini kuch bilan tortib olish, yuraklarga qoʻrquv va vahima solish har kimning qoʻlidan keladi. Ammo ona zamin sevgisi, millat qaygʻusi bilan toʻla yuraklarni mahv etish imkonsizligini yana bir karra namoyon etgan Turon farzandlari haqida hikoya qilayotgan serialni kuzatishda davom eting...
Har shanba soat 21:20da "ZOʻR TV" da
💬 Telegram
🌐 Instagram
👍23
16 Apr 2023, 10:45 UTC≈15,300 views21 reactionsread 7 August 2026 Video
Tarix hamisha yurtini sotganlarning jazosi muqarrar boʻlganiga guvohdir. Shuningdek, bir millat farzandlarining misli koʻrilmagan jasoratlariga ham...
Oʻzga yurt tuproqlariga koʻz tikkan Chingizxon magʻlubiyatni qanday qabul qiladi? Jaloliddinchi? Uning endigi rejalari qanday?
Har shanba soat 21:20da ZOʻR TVda efirga uzatilayotgan “Mendirman Jaloliddin” serialining voqealar rivojini kuzatib boring...
💬 Telegram
…
👍21
6 Apr 2023, 09:20 UTC≈11,100 views16 reactionsread 7 August 2026 Video
Birdamlik, hammaslaklik bo‘lmagan joyda muvaffaqiyatga ham g‘alabaga ham erishib bo‘lmaydi. Bir maqsad va g‘oya atrofida birlasha olmaslik nafaqat, saltanat yoki jamiyatni, balki kichkina bir oilani ham turli bo‘hronlar girdobiga tashlaydiki, o‘nglanish uchun bir necha bahorlar qaytgulik fursat ham yetmaydi...
Voqealar rivoji tobora keskin tus olib borayotgan "Mendirman Jaloliddin" tarixdan so‘zlashda davom etadi…
👍16
1 Apr 2023, 06:25 UTC≈7,850 views10 reactionsread 7 August 2026 Photo
Turon sultoni bo‘lmoq bir tomonu, otalik, farzandlik va zavjlik mas'uliyati bir yon, muhimi adolatli bo‘lmoq...
Ammo hayot atalmish muallim ba'zan shunday saboq beradiki, aslo unutilmaydi. Sulton Alouddinning ayrim xatolari har bir ota uchun ibrat maktabi deyish mumkin.
💬 Telegram
🌐 Instagram
👍10
30 Mar 2023, 06:22 UTC≈9,260 views11 reactionsread 7 August 2026 Photo
Dunyoni o‘z qarichi bilan o‘lchamoqlik ham kishi ma'naviyatining tarozidagi vaznini oshkor qilib qo‘yadi. Fikrlash, mulohazadan yiroq, har neni kuch bilan hal etmoq va itoatda bo‘lmoqdan boshqasi ahamiyatsiz bo‘lgan hayotning asl fojiasi ham ilmsizlikdir...
“Mendirman Jaloliddin” serialini ko‘rish asnosida mo‘g‘ul sarkardalarining hayoti ayni shunday xulosalar qilishga undaydi.
💬 Telegram
🌐 Instagram
👍11
29 Mar 2023, 17:40 UTC≈8,350 views13 reactionsread 7 August 2026 Photo
Har bir zamonda kuchli ilm sohiblari fitratda tug‘ilib, ulg‘ayishlari, har qadamda o‘qib, o‘rganib ma'rifat, ziyo tarqatishga intilishlari bilan Vataniga xizmat qilishgan. Ilmu fanni qadrlagan yurt otalari esa bunday insonlarni qo‘llab- quvvatlab, ulug‘lashgan.
Tarixdan hikoya qilayotgan “Mendirman Jaloliddin” serialida Najmiddin Kubro hazratlari siymosida ayni shu jihatlar yanada yorqinroq namoyon etilgan, desak ya…
👍13
29 Mar 2023, 13:00 UTC≈5,960 views16 reactionsread 7 August 2026 Video
Ba'zan taqdir yozug‘i shunday mavhumlikka tashlaydiki, bu sinovdan faqat kuchli iroda, aql-idrok va birdamlik bilangina o‘tish mumkin...
Har shanba 21:20da ZO‘R TV telekanalida efirga uzatilayotgan "Mendirman Jaloliddin" tarixiy seriali moziydan hikoya qilishda davom etadi.
💬 Telegram
🌐 Instagram
👍16
29 Mar 2023, 07:43 UTC≈7,250 views21 reactionsread 7 August 2026 Photo
Jahon fotihining suyukli rafiqasi bo‘lsada, asl boylikni tarbiyada, ma'rifatda deb bildi. G‘animlarning fitnalari, saroydagi turli chirkin o‘yinlar uning Jaloliddindek vatanparvar avlodni tarbiyalashiga halal bermadi...
Zotan, “Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialida targ‘ib qilingan g‘oyalardan biri ham aynan har bir ona uchun farzand tarbiyasiga oid ibratlar ulashish edi...
💬 Telegram
🌐 Instagram
👍21
28 Mar 2023, 05:25 UTC≈7,250 views19 reactionsread 7 August 2026 Photo
Tashqi ta'sirlaru, turli fisqu-fasodlarga qaramay o‘z hayotiy falsafalarini saqlab qolish, ham mardlikning bir ko‘rinishidir...
"Mendirman Jaloliddin" tarixiy seriali ijodkorlari kichik shaxzoda obrazi orqali chin insoniy fazilatlarning eng nozik nuqtalarinida namoyon eta olishdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
💬 Telegram
🌐 Instagram
👍19
21 Mar 2023, 12:05 UTC≈7,270 views22 reactionsread 7 August 2026 Video
Jang maydonidagi ayovsiz kurashlar, asir tushish azobi, yo‘qotishlardan tinkasi qurigan askarlar va qayta oyoqqa turish...
Voqealar rivoji yanada qizg‘in tus olayotgan "Mendirman Jaloliddin" tarixiy serialini har shanba 21:15da tomosha qiling...
💬 Telegram
🌐 Instagram
👍22
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @jaloliddin_tv. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.