18 Jul 2026, 16:06 UTC1 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgi
Oʻlayda!
Kuymaganni kuydirgan
Suymaganni suydirgan
Mani jondan toʻydirgan
Koʻzginanga oʻlayda
Koʻrishganda har safar
Jonim deyolsang agar
Novvoti qandu shakar
Soʻzginanga oʻlayda
Vaʼdalar mayin mayin
Sevgini qildi tayin
Osmondagi oydayin
Yuzginanga oʻlayda
Sogʻinib qolgan damda
Kelgin gulim oʼshanda
Bitta bitta qadamda
Izginanga oʻlayda
Sevaman deya qancha
Izingdan yursam ancha
Yurak degan bir parcha
Muzginanga …
Signed Кунглим
15 Jul 2026, 12:50 UTC2 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgi
Sen jonim.. ko‘p yasha menga achinma,
Mening hasratlarim o‘la-o‘lguncha.
Kelmagin sog‘inib kelma iltimos...
Sening iltifoting yoring kelguncha.
Arazlab uyingga kelsang yoringdan,
Meni yod aylashing mengadir alam.
Minnatli lahzalik e’tiboringdan,
Mehring uvog‘idan kelar o‘zga tam.
Ketganding haddingni bilmay kekkayib,
Meni bechoraga tenglab o‘shal on.
Kelarsan sabrimni sinash bahona,
Sevganing, kuyganing barchasi yo…
Signed Кунглим
12 Jul 2026, 02:05 UTC2 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgiPhoto
Ko‘p hadingdan oshma janon,
Haydab solsam bo‘lma hayron,
Asling bilsang qadri osmon,
Yuragimga kelgindisan !
Nechun chekay, darding-la g‘am ?
Arazlaring bas qil erkam,
Ishq bog‘imda, fasli ko‘klam,
Yuragimga kelgindisan !
Sensiz yashash jonim mushkul,
Bo‘lmayman lek, xajringda qul,
Hushyor bo‘lgin, ey Ismigul,
Yuragimga kelgindisan !
Baxtim bo‘lgin, har dam har on,
Mehring tansiq, ey mehribon,
Jonim kabi jismimda …
Signed Кунглим
1 Jul 2026, 15:42 UTC3 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgi
Kechirdim, deb aytolmayapman.
Xazon misol qoldim sarg‘ayib
Aro yo‘ldan qaytolmayapman
Dil og‘ritgan insonlarim ko‘p
Kechirdim deb aytolmayapman.
Qo‘lim siltab ketdim bariga
Orzum chorlar yetolmayapman
Shuncha nozik bo‘larmi ko‘ngil
Kechirdim deb aytolmayapman.
O‘zgalarni dunyosi o‘zga
Soxta mexr kutolmayapman
Qolgani shu alamli yurak
Kechirdim deb aytolmayapman.
Dil ozorim, dilozorlarim
Ozorizdan kecholmayapman
U…
Signed Кунглим
19 Jun 2026, 16:48 UTC3 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgi
Oy gulim!
Hayolim o'zingda
Qop qora ko'zingda
Oymomo aksi bor
Oy gulim yuzingda
Shirinsan bunchalar
Labingda g'unchalar
Kundan kun ozgina
Sevyapman shunchalar
Oy gulim oy dedim
Sho'xligi soy dedim
Nozlaring dastidan
Jonim voy voy dedim
Sochlaring dormikan
Jonga ozormikan
Bunchalar qiynading
Yo qasding bormikan
Daryolar bo'yida
Muhabbat ko'yida
Kel birga o'ynaymiz
Sevgining to'yida
O'larman qolarman
Olovday yona…
Signed Кунглим
21 May 2026, 16:22 UTC5 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgi
Yozganlarim bejavob,
Qiynab ketti yuragim.
Chektim rosa istirob,
Goʻyo yoʻqdek keragim.
Yozganlarim bejavob,
Sukut yutdi kechamni.
Kulib yurgan koʻzlarim,
Sogʻinch tildi ichimni.
Yozganlarim bejavob,
Dardim boʻldi hamrohim.
Bir “qalaysan?” degan soʻz
Yoritardi dunyoyim.
Kutdim yana yozarsiz,
Deb termuldim yoʻllarga.
Ammo javobsiz qoldim,
Koʻmildim xayollarga.
Balki men ortiqchaman,
Yuragingiz uchun jim.
Lekin shu…
Signed Кунглим
3 May 2026, 02:07 UTC5 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgiPhoto
XATOLIGIN BILIB SЕVDIM
Kulib sevdim seni jonim kulib sevdim
Yuragimdan alamlarim yulib sevdim,
Peshonamga bitilmagan ey suluv qiz,
Seni sevish xatoligin bilib sevdim.
Kulgularing ipakdayin mayin edi,
Ozoringga chidash shuncha qiyin edi,
Taqdiring ham o‘zi shundoq tayin edi,
Sen sevish xatoligin bilib sevdim.
Yuzi gulgun, nigohlari sho‘hlikkinam,
Hijroni bor, vasli mudom yo‘qlikkinam,
Bir umrga armon bo‘lgan ko‘hli…
Signed Кунглим
13 Apr 2026, 17:16 UTC6 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgi
YORIM
Yuragimni boʻlib nondek
Yerga sochdi uvogʻini
Lablarini burib andek
Yorim ochmas qovogʻini .
Boshlarida qora bulut
Yomgʻir yogʻar koʻzlaridan
Yorim tomon xavfli xudud
Doʻllar yogʻar soʻzlaridan .
Qoʻllarida xanjarlari
Yaqin borib boʻlmas aslo
Gʻazabdan bor lashkarlari
Borsam boʻladi muammo .
Boshimdagi gumbir gumbir
Yorimning qaysarliklari
Yurak etar jimir jimir
Uzilar asab iplari .
Tigʻdan oʻtkir poshnala…
Signed Кунглим
16 Mar 2026, 16:35 UTC6 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgi
Gʻiybatimni qiling yotvolib,
Tuhmat toshin otib-otvolib,
Barbir bir kun boʻlaman gʻolib,
Oʻzim baxtli boʻlsam boʻldi-da!
Qorsiz oʻtgan nurli qishim bor,
Uch-toʻrt dona yaqin kishim bor,
Silar bilan nima ishim bor?
Oʻzim baxtli boʻlsam boʻldi-da!
Hammasini bilib yuraman,
Ustizdanam kulib yuraman,
Bilmaganga olib yuraman,
Oʻzim baxtli boʻlsam boʻldi-da!
Boʻlolmaysiz itdek jim-jima,
Oʻzingizcha kimsiz ey kim-a?
Sizga…
Signed Кунглим
6 Mar 2026, 08:04 UTC7 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgi
Yomgʻir.☔️
Mayin yomgʻir ezib yogʻmoqda.
Dardlarimni sezib yogʻmoqda.
Tomchi yomgʻir ostida qara,
Bir oshigʻing esdan ogʻmoqda.
Sen yomgʻirni sevarding bilsang.
Qara yomgʻir: qaniydi kelsang.
Necha kunki toʻxtagasi yoʻq,
Qani edi yonimda boʻlsang.
Qaylardasan, qay manzil tomon.
Sogʻinaman har lahza hamon.
Ayriliqqa kungisi kelmas,
Seni sevgan ha oʻsha yomon.
Oshiq edim kulishlaringa.
Yomgʻirda hoʻp yurishlaringa.…
Signed 💎 SaBrLiGiM🔥🔥🔥
1 Mar 2026, 11:28 UTC5 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgi
SЕNSIZ YASHAYMAN
Taqdir menga bitgan muhabbat,
Dilda saqlab unsiz yashayman,
Endi bizga shu ekan qismat,
Seni sevib sensiz yashayman.
Ey umrimga nur bergan malak,
Ayro qildi bizlarni falak,
Qon yig‘laydi ko‘ksimda yurak,
Seni sevib sensiz yashayman.
Sevishgandik ko‘klarda uchib,
Ahdlashgandik qasamlar ichib,
Seni emas xayolni quchib,
Seni sevib sensiz yashayman.
She’rlar bitib o‘zingga atab,
Hamon isming ko‘ks…
Signed 💎 SaBrLiGiM🔥🔥🔥
23 Feb 2026, 05:25 UTC4 viewsread 15 August 2026 Forwarded from @sherlari_sevgi
Sevgingizni yer yutsin!
Bizdan yaxshi bo'lganlar
Endi sizga gul tutsin
Sevgim oʻyin qilganlar
Sevgingizni yer yutsin
Sevmagandim joʻrtaga
Jonim qoʻshib oʻrtaga
Mayliga bir martaga
Sevgingizni yer yutsin
Qoʻlim choʻzsam yetmagan
Ketdik desam ketmagan
Bizga nasib etmagan
Sevgingizni yer yutsin
Kambagʻalni qoʻymadi
Boylar bilan oʻynadi
Bunchalar ham qiynadi
Sevgingizni yer yutsin
Boshga boʻldi balolar
Bizni qildi a…
Signed 💎 SaBrLiGiM🔥🔥🔥
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @gtsccv. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.