7 Aug 2026, 00:20 UTC106 views17 reactionsread 8 August 2026 Photo
#kids
Autist bolalar nimaga kechasi uxlamay chiqishlarini mana endi tushungandayman.
Kecha bogʻchasida bolalar bilan oʻyinchoq talashib urushishgan ekan. Qovogʻi koʻkarib keldi. Umumiy hisobda 2 soat uxladi. Va mana oʻzini tinchlantirish uchun soat 3 dan beri shuni qayta-qayta terib oʻtiribdi.
Oddiy bolalar uchun salgina taʼsirga ega boʻlgan asabbuzarliklar autistlarga juda qattiq taʼsir qilar ekan.
@bayt-ul hikm…
😢12❤5
6 Aug 2026, 16:00 UTC119 views12 reactionsread 8 August 2026 Photo
#fam
#art
Uzoqda yurgan ukamga rasmlaringdan tashlab tur desam, mendan battar sanʼatsevar bu janobni tashlagan rasmlari...
@bayt-ul hikma
😁10❤2
5 Aug 2026, 11:30 UTC133 views14 reactionsread 8 August 2026 Photo
#daily
Kitob qopini albatta oʻziga oʻxshagan yana bir kitobsevar hamtovogʻi boʻladi. Oxirgi xaridlardan keyin boshqa kitob olmiman deb echki qasamini ichgan men kitob doʻkonidan kitobsiz chiqishga uyaldim.
@bayt-ul hikma
❤8😁6
4 Aug 2026, 16:47 UTC138 views11 reactionsread 8 August 2026 #frombook
Yolgʻiz ovsarlargina aktyorlar haqida valdiraydi va ularning askiyalarini takrorlaydi, har kuni sayr-u tomoshalarda qafasdagi hayvonlardek girdikapalak boʻladi, rost, ozodlikda maydon katta, boshqalarning koʻzini oʻynatish uchun bashang kiyinadi, nom chiqarish uchun ziyofatlar beradi. Nasldor otlari yoki yangi chiqqan kolyaskasi bilan maqtanadi. Vaholanki, uni qoʻshnisidan naq uch kun oldin sotib olishga m…
👍6❤5
4 Aug 2026, 12:24 UTC150 views12 reactionsread 8 August 2026 #myread
Shu kunlarda Onore de Balzak ijodiga juda qiziqib qoldim.
"Gʻoyib boʻlgan durdona" (The unknown Masterpiece) qissasini eshitib chiqqandim bugun. Ayni sanʼat shaydolari, sanʼatshunoslar uchun ajoyib, qiziqarli hikoya.
Balzak bu qissasi orqali Picassoni juda ilhomlantirgan ekan degan xulosaga keldim. Chunki unda isteʼdodli rassom umrining soʻnggi oʻn yilini mukammal asar chizishga bagʻishlaydi. U shunchalik …
❤6🔥6
4 Aug 2026, 12:15 UTC147 views16 reactionsread 8 August 2026 #daily
Badiiy kitob oʻqishdan oʻzimni cheklab qoʻygan vaqtlarim oʻzligimni unutib qoʻyaman. Jamiyat yaratib bergan qolipga tusha boshlayman. Oʻzimni, asliyatim istaklarini unutib, olomon ketayotgan oqim boʻyicha suza boshlayman.
Siz ham oʻzligingizni unutib qoʻymaslik uchun ham badiiy kitoblar oʻqib turing.
@bayt-ul hikma
❤8🔥8
3 Aug 2026, 16:11 UTC170 views7 reactionsread 8 August 2026 Photo
#art
John Falterning "Sunday Gardening" (1961).
Odamlar rasmga turlicha baho berishadi:
Tartib va nazoratga intilish bilan erkin yashash o‘rtasidagi qarama-qarshilik.
Jamiyatning "mukammal bo‘lish" haqidagi bosimi va oddiy insoniy hayotning tabiiy tartibsizligi.
Tashqi ko‘rinish va ichki xotirjamlik o‘rtasidagi farq.
Yoki yoshi oʻtib, faqatgina oʻzi bilan mashgʻul inson va oʻrta yoshlardagi boʻynida masʼuliyati …
👍4❤3
3 Aug 2026, 09:19 UTC138 views18 reactionsread 8 August 2026 #just
Oʻzidan Tolstoy asarlaridagi zodagon, oʻqimishli oqsuyak xonimini yasab olgan duganang:
- sohildagi dam olish maskanlarida, kemalarda nimaga shoʻx estrada qoʻshiqlarini baland qilib qoʻyib qoʻyishlariga tushunmadim. Shunaqa ham didsizlik boʻladimi. Shunday sokin, shunday ulugʻvor dengiz yonida Joep Beving, Ludovico, Bethoven piano musiqalarini qoʻyib olib, qumda bekor yotmasdan "Dyuna" ni oʻqishsa, yoki boʻlm…
😁14❤3👍1
3 Aug 2026, 06:45 UTC186 views13 reactionsread 8 August 2026 #onbooks
"Dahriyning ibodati" qissasini oʻqiganimdan soʻng isteʼdodli insonlarga har tomonlama yordam berish kerak degan fikrga kelgan edim. Bu yordam xoh moddiy xoh maʼnaviy boʻlsin hech qachon yerda qolib ketmaydi. Qissadagi taqvodor chol ham hech qanday manfaatsiz, yoʻqchilikda qiynalayotgan talabaga eng katta yordamini berib keladi umrining soʻnggi yillarigacha. Va u olgan yagona manfaat (erishgan eng katta yutu…
❤8🔥5
2 Aug 2026, 06:28 UTC202 views14 reactionsread 8 August 2026 Photo
#daily
Mutolaa ilovasiga kirishimga takliflar boʻlimida chiqib qoldi shu kitob. Oʻzi motivatsiya beradigan bu turdagi kitoblarni oʻqib vaqtimni ketkazmaslikka qaror qilganman. Ammo, oʻqish va ishlarim koʻpayib ketgan ayni mahalda juda kerakli kitob boʻldi.
Kitobda men kanalda eng koʻp taʼkidlaydigan fikrni yanada kengaytirib, tahlil qilib bergan ekan muallif. Yaʼni vaqtni toʻgʻri boshqarish va uni faqat foydali ish…
👍8❤6
31 Jul 2026, 09:41 UTC209 views21 reactionsread 8 August 2026 #fam
Tajvid kursingni toʻlovini qilish yaqinlashayotganida, IELTS kursingni ham toʻlovi kutib turganida, illustratoringni pulini berishing kerakligida, bosmaxonaga oldindan toʻlov qilishing kerakligida sherigingga qarab shunday gap boshlaysan:
Bilasizmi, eng baxtli erkaklarning oʻqishi, loyihalari hech qachon tugamaydigan tinmas ayoli boʻlar ekan...
@bayt-ul hikma
😁19❤2
30 Jul 2026, 10:27 UTC236 views8 reactionsread 8 August 2026 #myread
F. S. Fitsjerald: Buyuk Getsbiy✅
Buyuk. Nima sababdan Getsbiyga bu nom berilgan edi? Gap shundaki, qanchalar qing'ir yo'llar bilan boylik to'plagan bo'lmasin Getsbiyning qalbi mehr-muhabbatga to'la edi. U samimiy seva olgan edi. Inson o'zidan boshqa biriga borini berib, chin ko'ngildan seva oldimi demak undan yomonlik chiqmaydi.
Ammo, me'yoridan ortgan muhabbat oxir-oqibat qadrsizlikka duchor bo'ladi.
Get…
👍8
Showing the 12 most recent of 14 posts we hold for @bayt_ul_hik_m. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.