8 Jun 2024, 13:48 UTC397 views0 reactionsread 13 August 2026 22:66
Bo‘ydoq odam uylanishni xohlaydi, uylangan esa ajrashishni.
Notanish odam mashhurlikni istaydi, mashhur inson esa uzlatga chekinadi.
Yosh bola tezroq katta bo‘lishni orzu qiladi, kattalar esa bolalikni qaytarishni orzu qiladilar.
Kambag‘al odam boy bolishni xohlaydi, boy esa oddiy hayotni istaydi.
Ishi ko‘p odam hech narsaga ulgurmayotganidan stressda, bosh vaqti ko‘p odam esa qobiliyati bo‘la turib hech n…
Signed Abdurahmon Karimov
30 May 2024, 09:55 UTC396 views0 reactionsread 13 August 2026 Inson kuchi amortizatsiyasi
Moliya, buxgalteriyada amortizatsiya (eskirish) degan tushuncha bor. Ya'ni, korxonadagi aktivlar eskirib, qanchadir yildan keyin ishdan chiqishi oldindan aniqlanib, har yil nechadir foizdan pul hisoblab boriladi.
O'ylab qarasam, insonlarda ham amortizatsiya jarayoni bor ekan. Biz ham yildan-yilga eskiramiz, to'g'rirog'i, kuchdan qolamiz. Lekin biz o'zimizga eskirish puli hisoblaymizmi?!
…
Signed Abdurahmon
10 May 2024, 13:23 UTC181 viewsread 13 August 2026 Rag‘bat
Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy aytdilar: "Bu olamda sabablardan natijalar paydo bo‘lganidek, misol uchun, issiq narsa iste'mol qilishdan issiqlik, sovuq narsa iste'mol qilishdan sovuqlik paydo bo‘lganidek, ba'zida natijalardan sabablar ham paydo bo‘ladi.
Masalan, ovqat yeyishga ochlik va rag‘bat sabab bo‘ladi, ya'ni ochlik va ishtaha sababli ovqatlanamiz. Lekin sut ichadigan bolani ko‘ring. Ota-onasi sutdan ch…
Signed Abdurahmon
7 May 2024, 08:07 UTC142 views2 reactionsread 13 August 2026 Photo
Ikki kitobxon birlashsa, oila boʻladi...
Ularning kitoblari birlashsa, kutubxona boʻladi...
@abdurahmons_blog
🔥2
Signed Abdurahmon
2 May 2024, 06:04 UTC152 views1 reactionsread 13 August 2026 ILMAL-YAQIYN va AYNAL-YAQIYN
Alloh taolo buyurdi:
كَلَّا لَوۡ تَعۡلَمُوۡنَ عِلۡمَ الۡيَقِيۡنِؕ
Kalla lav ta’lamuna ilmal-yaqiyn. Ya’ni: «Yo‘q! (Bu yo‘ldan qaytinglar! Baxt mol-dunyo, mansabda emas) Agar sizlar (buni) ilmal-yaqiyn (ilmiy asosda yaqindan, ya’ni haqiqatga binoan) bilganlaringizda edi.. (Takasur surasi, 5-oyat)
Oyatni shunday tafsirlaydilar:
- Agar mol-mulk va dunyoda
yetishish mumkin bo‘lgan narsalar …
👍1
Signed Abdurahmon
28 Apr 2024, 09:55 UTC167 viewsread 13 August 2026 Banan qoidasi
Agarda stolga banan, apelsin, kivi va shunga oxshash mevalar solingan idishni qo‘ysangiz, birinchi bo‘lib banan yeyiladi.
Banan sariq bo‘lgani yoki shirin bo‘lgani uchun emas, balki artib yeyilishi va tez hazm bo‘lganligi uchun u birinchi bo‘lib tanovul qilinadi.
Butun dunyoda shunday qoida bor va bundan yirik kompaniyalar o‘z marketing yo‘li sifatida keng foydalanib kelishadi. Misol uchun Netflix pl…
Signed Abdurahmon
26 Apr 2024, 16:18 UTC143 views2 reactionsread 13 August 2026 Photo
"Dunyo, ishlamasdan turib boyishni istaydigan ishyoqmaslardan va boyish yo‘lini bilmay tinimsiz ishlaydigan galvarslardan iborat"
Jordj Bernard Shou
@abdurahmons_blog
🔥2
Signed Abdurahmon
24 Apr 2024, 19:49 UTC222 views4 reactionsread 13 August 2026 Photo
Kimsasiz hech kimsa yoʻqdir, har kimning bor kimsasi.
Kimsasiz qoldim, madad ber, kimsasizlar Kimsasi!
Fotih Sulton Mehmet
@abdurahmons_blog
🔥4
Signed Abdurahmon
16 Apr 2024, 15:48 UTC127 viewsread 13 August 2026 Zikr va Basiyrat
Ashraf Ali Tahonaviyning oxirgi o‘rinbosarlari Abrorulhaq rohmatullohi alayhining muridi hikoya qiladi : «Men, bir birodarimiz va ustozimiz Abrorulhaq rohmatullohi alayh bilan bir ustozning ziyoratiga bormoqchi bo‘lib, uydan chiqdik. Boradigan joyimiz unchalik uzoq emasdi, lekin Abrorulhaq rohmatullohi alayh keksayib qolganlari uchun taksiga chiqsakmikin deb, uy oldida bir oz to‘xtab qoldik. O‘n-o‘n…
Signed Abdurahmon
13 Apr 2024, 10:09 UTC101 viewsread 13 August 2026 Photo
Haqiqiy namoz masjiddan chiqqach, Haj Makkadan qaytgach, Ramazon esa ro‘za tugagach boshlanadi.
©Najib Fozil
@abdurahmons_blog
Signed Abdurahmon
6 Feb 2024, 17:02 UTC140 viewsread 13 August 2026 Hara Hachi Bu
Yaponiyada eng keng tarqalgan so'zlardan biri bu "Hara hachi bu", ya'ni "to'yib ovqatlanma (qorningni faqat 80 foiz to'ldir)" degani bo'lib, ular bu so'zni doimo ovqatlanishdan oldin va
keyin aytishadi. Qadimiy falsafiy qarashlarga ko'ra odam to'yguncha ovqatlanishi kerak emas.
To'yib ovqatlanish natijasida hazm qilish jarayoni uzoq davom etadi va hujayra oksidlanishiga to'sqinlik qiladi. Okinavalikla…
Signed Abdurahmon
27 Jan 2024, 07:57 UTC127 viewsread 13 August 2026 Hozirda 4 yil davomida oladigan bilimni o‘zi qolmadi deb hisoblayman.
Sun'iy intellektlar, gadjet va texnologiyalar shu darajada kuchayib bormoqdaki, yangi o‘rganilayotgan bilim 1 yildan keyin eskirib qolmoqda.
Xatto, 5-7 yil o‘qilishi kerak bo‘lgan tibbiyot bilim yurtlarida ham uzog‘i 3 yilda kerakli bilimlarni olib ulgurish mumkin. Chunki, sun'iy intellekt shifokordan ko‘ra aniqroq diagnoz qo‘ymoqda.
Institutlar…
Signed Abdurahmon
Showing the 12 most recent of 19 posts we hold for @abdurahmons_blog. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.