1 Aug 2026, 08:50 UTC547 views40 reactionsread 6 August 2026 #Nasrul_manzum
Bir dovyurak bo‘lgan ekan. Odamlar uning ko‘ksini ochib ko‘ribdilar. Nega deysizmi? Chunki, bu dovyurak boshqalar kabi emas ekan-da. Shu yuzdan uning inson o‘g‘li ekaniga shubhalanibdilar... Qarasalar, ko‘ksida yuragi bor ekan.
«Xato ko‘ryapmiz, shekilli. Axir u odam emas-ku. Unda yurak bo‘lmasligi kerak», – deb nima bo‘lishini kutib o‘tiribdilar. Bir payt yurak ichidan qon chiqibdi.
Ammo shunda ham…
💔16😭10🔥9❤5
31 Jul 2026, 22:25 UTC635 views40 reactionsread 6 August 2026 Sheryurak
Ko‘p yig‘ladim o‘ksinib —
bir sheryurak bor ekan,
Yorishganda ko‘ksini
unda yurak bor ekan.
Xato o‘tdi g‘olibo,
Balki oz kutish kerak...
Qon oqibdi. Ajabo,
unda ham jon bor demak.
To‘xtang, oqqan suyuqlik
qon emas, bir musallas.
Mana iching, o‘simlik
ta’mi kelyapti... xullas!
Qon bo‘libdi qoramtir
o‘xshab odam qoniga,
Ishonmabdi baribir
dunyo – Turkistoniga.
✍️ Shamsuddin Sadruddin (01.08.2026)
@Vahmi…
💔14👍9❤8🔥4😢4🕊1
31 Jul 2026, 19:10 UTC703 views14 reactionsread 6 August 2026 #Davra1
✍️ «She’r san’ati» nomli davramizni (kursni) boshlaymiz!
Agar siz she’r yozishga qiziqsangiz,
📖 1️⃣ Aruz ilmini;
🎼 2️⃣ Qofiya sirlarini;
✨ 3️⃣ She’riy bezaklarni bosqichma-bosqich o‘rganamiz.
• Bu faqat nazariya bo‘lmaydi!
📚 O‘rganamiz;
📜 She’r yozamiz;
🔎 Yozganlarimizni birgalikda tahlil va tas’hih qilamiz.
📲 Davrada qatnashish istagida bo‘lsangiz, izohlarda + belgisini qoldiring. O‘zimiz (@Bayanullisan…
❤11🔥3
31 Jul 2026, 08:42 UTC780 views35 reactionsread 6 August 2026 Endi aytilgan «davra» (kurs)ni ochsak bo‘ladi. Keyinroq to‘liq ma’lumot tashlayman.
❤17👍12🔥6
30 Jul 2026, 15:36 UTC≈2,960 views82 reactionsread 6 August 2026 Demak, mana shu xabarga qo‘yilgan «yopishmalar» (stickers) soni 200 tadan oshsa, she’riy «davra»mizni ochamiz. (😉)
❤61🔥13🕊4😢2👍1🤨1
30 Jul 2026, 15:28 UTC≈1,090 views301 reactionsread 6 August 2026 Sahifada she’riyatga qiziqadiganlar ko‘p bo‘lsa kerak. Aruz va she’riy san’atlar haqida kurs ochilsa, nima deysizlar?
🔥178❤41❤🔥36👍25✍7👏5🕊3👨💻2
30 Jul 2026, 13:42 UTC≈1,080 views13 reactionsread 6 August 2026 🚀 @Vahmiy sajifasini qo‘llab-quvvatlang!
Agar sizda Telegram Premium bo‘lsa, quyidagi havola orqali kanalimizga «Boost» berishingiz mumkin. Bu sahifa uchun yangi funksiyalarni ochish, uni yanada rivojlantirishga yordam beradi.
🔗 https://t.me/boost/Vahmiy 👈
Har bir «boost»ingiz biz uchun katta yordam!
👍10❤3
29 Jul 2026, 08:59 UTC≈1,350 views85 reactionsread 6 August 2026 Qaror sizniki
Menga mozor yaqin, bozor sizniki,
Menga bir chaqa ko‘p, dinor sizniki,
Bergan qilichingiz bilan posbonman,
Qal’a sizlarniki, devor sizniki.
Devordan o‘zimni otib beraman,
Zaharni birinchi totib beraman,
Ariqda mast bo‘lib yotib beraman,
Shunda ham may, qadah, xumor sizniki.
Bobom meros qilgan osorni oling,
Momom terlab ekkan gulzorni oling,
Burnimga o‘rnashgan iforni oling,
Hatto boshimdagi g‘ubor si…
😢38🔥24❤10👍8✍2❤🔥2🕊1
26 Jul 2026, 20:03 UTC≈1,300 views53 reactionsread 6 August 2026 Ilhom
(«Ilhom qayerdan keladi?», deb so‘ragan birodarimga)
Erta tong
noma’lum eshikdan
sizilib
dimoqqa urilgan,
yoqimli,
bebaho,
ham arzon
kulchalar...
Yopkannon oldiga qo‘yilgan
husayni uzumlar,
yerlarga to‘kilgan,
shimilgan
o‘riklar,
olchalar...
Dalada,
oftobda yiltirab,
ayvonda
sirg‘algan teridan,
ko‘zyoshdan
namiqqan,
hidlangan
sholchalar...
So‘qoqda
hech kimga ko‘rinmay
hammani kuzatgan,
savatni gullarga to‘…
🔥24❤14👍13✍2
22 Jul 2026, 21:31 UTC≈1,410 views55 reactionsread 6 August 2026 Meni daydi itdek xorlamoq oson,
Jonimga o‘t qo‘yib porlamoq oson,
Xatoyimdan yongan cho‘g‘ni kul qilib
Xudoyimga meni yorlamoq oson.
Osondir - tanamni olovli chohga
tashlamoq, so‘ng osmoq Musaviy shoxga.
Baridan osoni - aylanaman men
xatolarim uchun qiyomatgohga.
✍️Shamsuddin Sadruddin (23.07.2026)
@Vahmiy
💔33🔥11❤🔥5😢5❤1
20 Jul 2026, 22:10 UTC≈1,760 views95 reactionsread 6 August 2026 Nega?!
Nega umrimizni tor etdi Xudo?!
Nega qiyin ishlar kor etdi Xudo?!
Nega boy uyiga yog‘dirib yomg‘ir,
faqirga yomg‘irni qor etdi Xudo?!
Nega haqiqatni chor etdi Xudo?!
Nega yaxshi safni mor etdi Xudo?!
Yaxshi odamlarning ustida yomon
odamlarni nega sor etdi Xudo?!
Nega meni buncha xor etdi Xudo?!
Nega dorda yorga zor etdi Xudo?!
Nega men «negalar» aytaman Unga!?
Axir meni yo‘qdan bor etdi Xudo...
✍️Shamsuddin…
🔥35❤26😭16👍6✍4❤🔥3😢3🕊2
17 Jul 2026, 20:00 UTC≈1,910 views31 reactionsread 6 August 2026 Og‘ir-o ta’til o‘zim
Ey odamiy, boshingga tushgan og‘ir-o ta’til o‘zim,
Shakling etib sen ko‘p chiroy so‘ng oxir-o tashkil o‘zim.
Avval hayotingdan beri yolg‘on to‘qib, ey shoriho,
Bo‘lding mufassir zuxrufiy, shul onda haq ta’vil o‘zim.
Sen fasli olam ichra hur o‘sding, ayo, gul sarmadiy,
Barging yulib, ildiz oyog‘ingdan uzar tafsil o‘zim.
Ahyon haqiqat izlading dunyo ishin anglash uchun,
Keldim shitob oldingga m…
❤15👍7🔥5✍2🕊2
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @Vahmiy. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.