28 Jul 2026, 13:39 UTC141 viewsread 7 August 2026 Germaniyada yashayotgan ayrim o‘zbeklarning ijtimoiy tarmoqlarda Germaniya hayoti haqida juda saviyasiz Reelslar joylayotganiga ko‘zim tushib qoladi. Afsuski, ularning hammasi ham to‘g‘ri va xolis ma’lumot bermaydi. Natijada ko‘plab vatandoshlarimizda noto‘g‘ri tasavvur shakllanadi va ular shunday saviyasiz kontent tayyorlayotganlardan maslahat so‘rab, ularning yo‘lidan ketishni orzu qilishadi.
Aslida esa o‘z usti…
Signed Zafar Usarov
27 Jul 2026, 06:52 UTC182 viewsread 7 August 2026 Bugun ertalab ishga kelsam, monitorimda Xiva. 😊
Windows Spotlight avtomatik ravishda dunyoning turli go'zal maskanlari rasmlarini chiqaradi. Bugun esa navbat Xivaga kelibdi.
Germaniyada turib ish kunimni o'z yurtimning tarixiy shahri manzarasi bilan boshlash kayfiyatimni yanada ko'tardi.
P.S. Chet elda yashaydiganlarning ko'pchiligi uchun, "vohalik", "vodiylik", "xorazmlik" degan tushunchalar asta-sekin ikkinchi…
Signed Zafar Usarov
9 Jul 2026, 11:56 UTC311 viewsread 7 August 2026 Allohning izni bilan ko‘plab vatandoshlarimizning o‘qish, ish, Ausbildung va boshqa yo‘nalishlar uchun tayyorlagan hujjatlarini o‘z bilim va tajribamga tayangan holda ko‘rib beraman. Afsuski, ularda juda ko‘plab xatolar bor. Yuqoridagi postlarda ham qanday qilib to‘g‘ri hujjat tayyorlash haqida bir necha bor yozgan edim.
Meni o‘ylantiradigan jihat shuki, muammo odamlarning hujjatlarini noto‘g‘ri tayyorlashida emas…
Signed Zafar Usarov
1 Jul 2026, 14:36 UTC372 viewsread 7 August 2026 Germaniyada maktab tizimi qanday ishlaydi?
• 0–3 yosh — Krippe (yasli). Bolalar ayrim bog'chalarga 6–12 oylikdan qabul qilinadi. Ko'pchilik esa 1 yoshdan qatnay boshlaydi. Bu oilaning ehtiyoji va xohishiga bog'liq.
• 3–6 yosh — Kindergarten (bog'cha).
• 6 yoshdan — Grundschule (boshlang'ich maktab). Odatda 1–4-sinflarni o'z ichiga oladi.
Shundan so'ng o'quvchilar quyidagi yo'nalishlardan biriga o'tadi:
• Gymna…
Signed Zafar Usarov
30 Jun 2026, 10:07 UTC317 viewsread 7 August 2026 Assalomu alaykum!
Bugun kanalimiz uchun kichik o'zgarish bo'ldi.
Bu kanalni 2019-yil 7-yanvar kuni ochgan edim. Oradan 7 yil 5 oy o'tibdi ammo o'sha kun kechagidek esimda. Shu vaqt ichida kanalda 583 ta post yozilibdi. Ular jami 1 million martadan ortiq (taxminan 1 020 250) marta o'qilgan.
2020–2021-yillarda bu kanal nemis tilini o'rganish bo'yicha O'zbekistondagi eng faol va eng ko'p obunachiga ega kanallardan …
Signed Zafar Usarov
20 Jun 2026, 06:35 UTC405 viewsread 7 August 2026 Bugun tongda Germaniyaning Friedrich Schiller University Jena olimlari tomonidan o'tkazilgan qiziqarli bir ilmiy tadqiqotni Oxford Academic jurnalida o'qib qoldim.
Tadqiqot Global Burden of Disease (GBD) ma'lumotlari asosida tayyorlangan bo'lib, 1990–2016 yillar davomida ovqatlanish odatlarining yurak-qon tomir kasalliklaridan o'limga ta'sirini tahlil qilgan.
Men uchun eng qiziq joyi shundaki, tadqiqotda Oʻzbekis…
Signed Zafar Usarov
19 Jun 2026, 08:23 UTC325 viewsread 7 August 2026 Germaniyada oylik maoshning ikki xil ko‘rinishi mavjud: Brutto va Netto.
• Brutto — bu mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan umumiy oylik maosh. Undan hali soliq va ijtimoiy sug‘urta badallari ushlanmagan bo‘ladi.
• Netto — bu soliq va barcha majburiy to‘lovlar ushlangandan keyin bank hisobingizga tushadigan haqiqiy maosh.
Misol: Agar sizning maoshingiz 2.700€ Brutto bo‘lsa, soliq klassingiz (Steuerklasse) va oilavi…
Signed Zafar Usarov
17 Jun 2026, 14:34 UTC353 viewsread 7 August 2026 Photo
Germaniyada ko‘pchilik bu bayroq qaysi davlatga tegishli ekanligini ham bilmas, ammo biz imkon qadar O‘zbekistonni marketing qilishimiz shart.
2 yil oldin hozirgi ishxonamga kelganimda, 180 dan ziyod xodimdan atigi 5%igina O‘zbekiston haqida tushunchaga ega edi. Endi esa 90%dan ziyodi biladi va hattoki avgust oyida oilaviy guruh bo‘lib O‘zbekistonga borishyapti, nasib.
O‘zbekistonni marketing qilish nega kerak o‘zi…
15 Jun 2026, 08:57 UTC319 viewsread 7 August 2026 Germaniyada Soliq Klasslari (Steuerklassen).
Yuqoridagi postda talaba sifatida ishlaganda qanday soliqlar to'lashingiz mumkinligi haqida yozgan edim. Lekin avval Germaniyadagi umumiy soliq klasslari haqida ma'lumot bersam, mavzu yanada tushunarli bo'ladi.
Jami 6 ta soliq klassi (Steuerklasse) mavjud bo'lib, ular asosan shaxsning oilaviy holati va ish faoliyatiga qarab belgilanadi.
• Steuerklasse I
- Bo'ydoqlar,…
Signed Zafar Usarov
13 Jun 2026, 18:11 UTC298 viewsread 7 August 2026 Germaniyada talaba qanday soliqlar to'laydi?
Ko'pchilik o'ylaganidek, Germaniyada "talabalar solig'i" mavjud emas. Talabalar ham boshqa fuqarolar kabi asosan daromadiga qarab soliq to'laydi.
1. Einkommensteuer (Daromad solig'i)
Agar ishlasangiz va daromadingiz ma'lum chegaradan oshsa, Einkommensteuer to'laysiz. Ishchilarning maoshidan bu soliq odatda Lohnsteuer (ish haqi solig'i) sifatida ushlab qolinadi.
2. Kra…
Signed Zafar Usarov
10 Jun 2026, 08:08 UTC341 viewsread 7 August 2026 O'tgan haftalardan buyon Germaniya matbuotida va Germaniyadagi o‘zbekistonliklar orasida ham bir xabar keng muhokama qilindi va bu davom etmoqda. Tergov organlari bir guruh shaxslar tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalarni noqonuniy yo‘llar bilan rasmiylashtirish va keyinchalik soxta hujjatlar bilan ta’minlash sxemasi ma'lum bo'ldi.
Bu xabarni o‘qib ich ichimdan xursindim va ikki muhim jihat haqida o‘ylab qo…
Signed Zafar Usarov
9 Jun 2026, 06:40 UTC327 viewsread 7 August 2026 Nemis tilini o'rganishning eng katta foydasi nima deb o'ylaysiz?
• Yaxshi ish topishmi?
• Germaniyada o'qishmi?
• Yoki sertifikat olishmi?
Menimcha, bundan ham muhimroq foydasi bor — dunyoni boshqa nigoh bilan ko'ra boshlaysiz.
Yaqinda germaniyalik siyosatshunos va Yaqin Sharq bo'yicha ekspert Michael Lüdersning bir necha podcastlarini tingladim. Qiziq tomoni shundaki, u aytayotgan barcha fikrlarga qo'shilishing…
Signed Zafar Usarov
Showing the 12 most recent of 18 posts we hold for @Nemistili_uz. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.