5 Feb 2022, 06:49 UTC≈27,500 views292 reactionsread 7 August 2026 Forwarded from @qaylardasanmendekoylovchi
Ichingga
dunyolar choʻkkani sayin,
Yelkalaring ogʻir, qoʻllaring ogʻir...
Qadamlar ogʻirdir, alamlar ogʻir,
Xatarlar ogʻirdir, xabarlar ogʻir...
Ichingga
in qursa ayriliq qushi,
Bahorlar ogʻirdir, chamanlar ogʻir...
Xijrondan har chechak qovjirab tursa,
Vodiylar ogʻirdir, vohalar ogʻir...
Ichingda
oʻzingni yoʻqotib qoʻysang,
Joningni topmasang izlab, izillab.
Isming ham xattoki, tanimay tursa,
Jismlar ogʻirdir, il…
👍172❤78😢25🔥9👏8
29 Oct 2020, 22:03 UTC≈42,500 views196 reactionsread 7 August 2026 Bizni sog‘inganlar omon bo‘lsinlar,
Bizni unutganni unutmoq kerak,
Mayli fe’limizni yomon desinlar,
Bizni kutmaganni kutmoq ne kerak.
Bizni sog‘inganga tilaymiz to‘zim
Va bir tong yelarmiz shabboda bo‘lib
Tomog‘imda bo‘zim tirnoqda bo‘zim
Dardlar ham sitilgay bir kurtak bo‘lib.
Bizni unutganni unutdik biz ham
Garchi xohlasakda kelmas xushlarga
Hatto ko‘z gavhari bo‘lolmas malham
Yetti uxlasakda kirmas tushlarga.
U…
👍114❤64🔥9👏5🥰4
12 Jul 2020, 09:18 UTC≈34,900 views124 reactionsread 7 August 2026 Photo
Dunyoda hech narsa bejiz boʻlmagay,
Bejizga sendan ham qolmagan koʻnglim!..
@farida_afruz
😢54👍36❤17🔥10👏7
8 Jul 2020, 21:30 UTC≈35,100 views129 reactionsread 7 August 2026 Dunyoda hech narsa bejiz boʻlmagay,
Bejizga sendan ham qolmagan koʻnglim.
Yoʻllarning oxiri tugangan misol,
Tugab bitdi,
axir,
daryoday mehrim.
Sababsiz sabablar sodir boʻlmaydi,
Axir besababmas, ayriliq, hijron.
Bir tomchi yosh kelmas, koʻzlaringga nam,
Kuning bitmasa
gar,
uzilmaydi jon.
Sharaflar, olqishlar, unvon, mukofot,
Kimlardir sen uchun boʻlgandir fido.
Har qilmish sababi, oʻzingsan, oʻzing,
Kimsan, bugun
…
👍71❤43🔥12🥰2👏1
9 Jun 2020, 22:13 UTC≈28,500 views46 reactionsread 7 August 2026 Photo
Mening,sening dardimizsiz ham,
Tonglar otar,quyoshlar botar.
@farida_afruz
👍30❤12🔥4
9 Jun 2020, 22:07 UTC≈28,400 views68 reactionsread 7 August 2026 * * *
Nega jimsan, nega darak yo‘q,
Xat tashuvchi kabutar qani?
Uzoqdirsan, kiprigimdan ham,
Chak-chak oqar sochlarim qoni.
Xiyonatga to‘yganmas dunyo,
U ajdardir, yamlamay yutar.
Mening, sening dardimizsiz ham,
Tonglar otar, quyoshlar botar.
Endi bizga sinovlar bekor,
Tog‘ bo‘lsa ham nuraydi toqat.
Yolg‘oningga ishontir meni,
Ne desang ham jim turma, faqat.
©️Farida Afroʻz
@farida_afruz
👍46❤19🥰2👏1
9 Jun 2020, 21:42 UTC≈27,700 views75 reactionsread 7 August 2026 * * *
Bir talpinsam sizga yetaman,
Bir zarb bilan eshik ochilur.
Ammo, nechun tashlab ketaman,
Sizni desam yurak sochilur.
Bir talpinsam, baxtni quchasiz,
Bir xo‘rsinsam qaytar daryolar.
Ammo nechun,daryo bo‘lolmam,
Umr o‘tar, o‘tar dunyolar.
Bir talpinsam, olam guliston,
Bir shahd bilan gina to‘kilur.
Ammo nechun,sirtmoqdir alam,
Oyog‘imga kishandir g‘urur.
Bir talpinsam, menikidirsiz,
O‘zim ekib, o‘zim o‘rgani…
👍52❤18🔥2🥰2👏1
23 May 2020, 05:11 UTC≈28,200 views82 reactionsread 7 August 2026 Endi kelma,
men yig‘lab bo‘ldim,
Ko‘z yoshlarim bir daryo bo‘ldi.
Bu daryodan o‘tolmaysan, sen,
Gunohlaring bir dunyo bo‘ldi.
Endi ko‘ndim,
qaytmayman, aslo,
Men yashayman, mag‘rur egmay bosh.
Eslamayman, unutmog‘im rost,
Zamin to‘xtab, so‘nguncha quyosh.
Endi shunday
yashamoq huzur,
Nafrat, g‘azab, intiqomlarsiz.
Isyon, o‘kinch ko‘ngilni tilmas,
Tonglar otar, taloto‘plarsiz.
Endi faqat
bir yumush qoldi,
B…
👍36❤28😢13🔥4🥰1
7 Feb 2020, 15:48 UTC≈29,100 views39 reactionsread 7 August 2026 Bir ishq bo'lsa,
Ko'ksing tilsa,
Yuraging kaftingda tutolsang unga.
Olib keta olsang jon chiqar qadar,
Oyga o'yib bersang ismimni tunga.
Bir ishq bo'lsa
Ko'ksingni tilsang...
Bir tun bo'lsa,
Tugalmas, yaldo,
She'rlar bitib olsang, beto'lg'oq, besas,
Sukunat kuy chalsa,
Kuylasa masrur.
Jimgina tinglasang, Ololmasdan nafas...
Bir tun bo'lsa,
Tuganmas yaldo...
Bir oh bo'lsa…
👍22❤10🔥5🥰2
13 Oct 2019, 09:58 UTC≈32,200 views42 reactionsread 7 August 2026 Bilsang edi
ketmas eding
bir qadam ham
sochlarimning soyasidan.
Bilsang edi
topar edik
hatto qorning
qalovin ham.
Bilsang edi
o'tar edik
bu tog'larning
bu tig'larning orasidan.
Bilsang edi
berar edik
Munkarnakir
savoliga javobni ham.
So'ngra...
So'ngra...
Ketar edik
…
👍31❤8🔥3
13 Oct 2019, 09:46 UTC≈25,700 views26 reactionsread 7 August 2026 Photo
Jismingi kiyib ketasan nochor...
Ammo, qaytib kelar darhol yonimga,
Menga o'rgangan ko'ngling.
© Farida Afruz
@farida_afruz
👍20🔥5❤1
13 Sept 2019, 20:00 UTC≈25,300 views29 reactionsread 7 August 2026 Photo
@farida_afruz
👍16😢12❤1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @farida_afruz. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.